Tillabaeva Umida Maxsumovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt7624
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ishanxodjaeva Dildora Aleksandrovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat salohiyatini baholash metodologiyasi raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ta’siriga ko‘ra raqamli ko‘nikma, texnologik o‘zgarishlarga moslashuv darajasi va uzlyuksiz ta’limga qobiliyat kabi yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
ish bilan bandlikning egiluvchan modellari raqamli transformatsiyaga moslashishning muhim vositasi ekanligi asoslangan hamda ular mehnat unumdorligi, xodimlar faolligi va ish bilan bandlik barqaror-ligini oshirishga xizmat qilishi isbotlangan; 
sun’iy intellekt texnologiyalari va katta ma’lumotlar tahlili integratsiyasiga asoslangan holda mehnat resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvi taklif etilib, shunga ko‘ra mashinali o‘qitish algoritimlari va prognoz tahlillarining personalga oid boshqaruv qarorlarining aniqligini oshirish va mehnat bozorida kompetensiyalar tanqisligini kamaytirish mumkinligi aniqlangan;
innovatsion iqtisodiyot sharoitida xodimlar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan mehnat salohiyatini rivojlantirish strategiyasi davlat, biznes va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka ko‘ra kasbiy ta’limni tizimli integratsiyalash, ilmiy-texnikaviy ijodkorlikni rag‘batlantirish va raqamli iqtisodiyot talablariga mos kadrlar tayyorlash infratuzilmasini yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mehnat salohiyatini baholash metodologiyasi raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ta’siriga ko‘ra raqamli ko‘nikma, texnologik o‘zgarishlarga moslashuv darajasi va uzlyuksiz ta’limga qobiliyat kabi yondashuvlar asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son “O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026- yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bo‘limi va 1-ilovasi 4.6-bandida aks ettirilgan va kimyo sanoati korxonalari, jumladan “Navoiyazot” va “Maksam-Chirchiq” korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 1-avgust 2025-yildagi 23-684-sonli ma’lumotnomasi). Taklif xodimlarning raqamli kompetensiyalar darajasi o‘rtacha 24,0 % ga oshishiga va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish aniqligini 18,5 % ga yaxshilashga muayyan darajada xizmat qilgan;
ish bilan bandlikning egiluvchan modellari raqamli transformatsiyaga moslashishning muhim vositasi ekanligi asoslangan hamda ular mehnat unumdorligi, xodimlar faolligi va ish bilan bandlik barqarorligini oshirishga xizmat qilishi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son “O‘zbekiston Respubli-kasining 2022–2026- yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi 4.2-bandida aks etgan hamda «Farg‘onaazot» va “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi qator korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 1-avgust 2025- yildagi 23-684-sonli ma’lumotnomasi). Taklif raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda “aqlli” sanoatni rivojlantirish zarurligi qayd etilgan. «Farg‘onaazot» va “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarda mehnat unumdorligini 13,2 %ga oshrish, uskunalarning vaqtincha to‘xtab qolishlari 9,5 %ga kamaytirish va xodimlar faolligini 16,0 % ga ko‘tarishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sun’iy intellekt texnologiyalari va katta ma’lumotlar tahlili integratsiyasiga asoslangan holda mehnat resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvi taklif etilib, shunga ko‘ra mashinali o‘qitish algoritimlari va prognoz tahlillarining personalga oid boshqaruv qarorlarining aniqligini oshirish va mehnat bozorida kompetensiyalar tanqisligini kamaytirish mumkinligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son “O‘zbekiston Respubli-kasining 2022–2026-+yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi 7-bo‘limi 4.2-paragrafida foydalanilgan hamda “Navoiyazot” va “Kimyogarlar” korxonalari faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 1-avgust 2025-yildagi 23-684-sonli ma’lumotnomasi). Taklif kadrlar tanlovidagi xatoliklarni 22,0 % ga kamaytirishga, bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish muddatini 30,0 %ga qisqartirishga va xodimlarning ish vazifalariga mos kelishi aniqligini 20,5 % ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgapn;
innovatsion iqtisodiyot o‘aroitida xodimlar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan mehnat salohiyatini rivojlantirish strategiyasi davlat, biznes va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka ko‘ra kasbiy ta’limni tizimli integratsiyalash, ilmiy-texnikaviy ijodkorlikni rag‘batlantirish va raqamli iqtisodiyot talablariga mos kadrlar tayyorlash infratuzilmasini yaratish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son “O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojla-nish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonning 1-ilovasi 4.6-bandida aks etgan hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti va “O‘zkimyosanoat” AJ hamkor-ligida korporativ ta’lim platformasi yaratilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 1-avgust 2025-yildagi 23-684-sonli ma’lumotnomasi). Taklif ta’limda innovatsion yondashuvlarni maqsadli joriy etish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnoparklar, akseleratsiya dasturlari, stajirovkalar orqali kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash holatini yaxshilashga ko‘ra xodimlarni qayta tayyorlash qamrovini 34,0 %ga oshirish, tashqi o‘quv markazlariga bog‘liqlikni 28,0 %ga kamaytirish va ta’limdan qoniqish darajasini 19,0 % ga ko‘tarish imkonini kengytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish