Usmonov Azimjon Aziz ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qarindosh jigar transplantatsiyasidan keyingi bemorlarda mahalliy infraqizil spektrometriyaning (NIRS liver) samaradorligini baholash», 14.00.32 – Transplantologiya va sun’iy a’zolar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  №B2024.2.PhD/Tib4728.
Ilmiy rahbarlar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Umid Ravshanovich, tibbiyot fanlari doktori; Suyumov Azamat Sayfullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Ilmiy-tadqiqot instituti — professor S. V. Ochapovskiy nomidagi 1-son O‘lka Klinik shifoxonasi» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tirik qarindosh donordan olingan ortotopik jigar transplantatsiyasidan keyin yuzaga keladigan transplantat funksiyasi va tomir asoratlarini monitoring qilishda regional infraqizil spektrometriya (NIRS-liver) usulini qo‘llash samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
NIRS-liver usuli orqali jigar transplantatining regionar oksigenatsiyasini baholash ahamiyati va jigar transplantatsiyasida uchraydigan qon-tomir asoratlari bilan bog‘liq ichki a’zo gemodinamikasining buzilishlarini erta aniqlash imkoni mavjudligi aniqlangan;
jigar transplantatining mikrotsirkulyasiyasi va funksional holatini monitoring qilishda yuqori klinik ahamiyatiga ega jigar to‘qimasining regionar oksigenatsiya saturatsiyasi ko‘rsatkichi (LSrO₂) va qonning morfofunksional parametrlari hamda tizimli va mahalliy gemodinamika ko‘rsatkichlari bilan ishonchli korrelyasion munosabat mavjudligi aniqlangan;  
resipientning gepatoperfuzion va regionar to‘qima oksigenatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasida klinik ahamiyatga ega bo‘lgan korrelyasion bog‘liqliklar, shuningdek ularning arterio-portal qon oqimini baholash va transplantat disfunksiyasining rivojlanish xavfini prognostik baholashdagi ahamiyati aniqlangan;
jigar transplantatini monitoring qilish uchun mul`tidissiplinar yondashuvga asoslangan va qon tomir asoratlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda differensiatsiya qilish imkonini beruvchi yagona standartlashtirilgan algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘rsatilayotgan yuqori texnologik jarrohlik yordami sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: NIRS-liver usuli orqali jigar transplantatining regionar oksigenatsiyasini baholash ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilib, ushbu usul transplantatsiyaning uchraydigan qon tomir asoratlari bilan bog‘liq bo‘lgan ichki a’zo gemodinamikasining buzilishini erta aniqlash imkoni yaratilganligi - Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 4 oktyabrdagi № 434-son buyruq) va Bolalar milliy tibbiyot markazi (2025 yil 2 oktyabrdagi № 76-son buyruq) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 24 oktyabr` 27/43-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: NIRS-liver qo‘llanilishi transplantat funksiyasi buzilishlarining erta belgilarini aniqlash imkoniyatini kengaytirib, jigar transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlarda klinik prognozning yaxshilanishiga, resipientlarning tirik qolish ko‘rsatkichlari oshishiga va og‘ir asoratlar takrorlanish darajasi kamayishiga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: tekshiruv takrorlanishining kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishildi: jigar UTT tekshiruvlari soni yarimbarobarga kamayib, har bir bemor hisobiga 779100 so‘mgacha mablag‘ tejaldi (1 ta jigar UTT tekshiruvi — 111300 so‘m); yillik 50 ta transplantatsiya hajmida esa umumiy iqtisodiy foyda 38955000 so‘mni tashkil etdi. Natijada, NIRS-liver qo‘llanilishi transplantat holatini baholash aniqligini oshirib, diagnostika xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar transplantatining mikrotsirkulyasiyasi va funksional holatini monitoring qilishda klinik ahamiyatini yuqori ekaligini tasdiqlaydigan  NIRS-liver jigar to‘qimasining regionar oksigenatsiya saturatsiyasi ko‘rsatkichi bilan qonning morfofunksional parametrlari (gemoglobin, trmbotsitlar, eritrotsitlar hajmi bo‘yicha taqsimlanish kengligi va boshqalar), shuningdek, tizimli va mahalliy gemodinamika ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli korrelyasion munosabatlar aniqlanganligi - Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 4 oktyabrdagi № 434-son buyruq) hamda Bolalar milliy tibbiyot markazi (2025 yil 2 oktyabrdagi № 76-son buyruq) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 24 oktyabr` 27/43-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yondashuvning joriy etilishi qon-tomir asoratlarini oldindan baholash aniqligini oshirdi, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini kuchaytirdi va noxush klinik natijalar sonining kamayishiga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu usulni amaliyotga joriy etish ortiqcha laborator va instrumental tekshiruvlar hajmini qisqartirdi, shuningdek intensiv terapiya bo‘limida bemorlarning o‘rtacha yotish muddatini 7 kundan 5,5 kungacha kamaytirish imkonini berdi. Natijada bir bemor hisobiga 2077900 so‘m byudjet mablag‘lari tejaldi; yillik 50 ta transplantatsiyada umumiy iqtisodiy samara 103895000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: NIRS-liver va gemodinamik ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniqlangan o‘zaro bog‘lanishlarning klinik amaliyotga integratsiya qilinishi transplantat asoratlarining rivojlanish xavfini baholash aniqligini oshirdi, intensiv terapiya davomiyligini qisqartirdi va sog‘liqni saqlash tizimi uchun salmoqli iqtisodiy samara bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: resipientning gepatoperfuzion ko‘rsatkichlari bilan regionar to‘qima oksigenatsiyasi o‘rtasidagi klinik ahamiyatga ega bo‘lgan korrelyasion bog‘liqliklar aniqlandi va ularning arterio-portal qon oqimini baholash hamda transplantat disfunksiyasi rivojlanish xavfini prognostik jihatdan baholashdagi qiymati ilmiy jihatdan asoslab berilganligi - Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 4 oktyabrdagi № 434-son buyruq) va Bolalar milliy tibbiyot markazi (2025 yil 2 oktyabrdagi № 76-son buyruq) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 24 oktyabr` 27/43-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: arterial va venoz qon-tomir asoratlarini aniqlash bo‘yicha diagnostik imkoniyatlar kengaydi, tashxis qo‘yish vaqti qisqardi, resipientlarda o‘lim xavfi sezilarli darajada kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: KT-perfuziyani transplantatning kompleks monitoringiga integratsiya qilish ortiqcha instrumental tekshiruvlar sonini 25% ga kamaytirdi. Natijada bir bemor hisobiga o‘rtacha 275650 so‘m byudjet mablag‘lari tejaldi; yillik 50 ta transplantatsiyada umumiy iqtisodiy samara 13782500 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: KT-perfuziyadan foydalanish jigar transplantati holatini baholash aniqligini sezilarli oshirdi va tekshiruv xarajatlarini keskin kamaytirish orqali klinik va iqtisodiy samaradorligi ta’minlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar transplantatini monitoring qilish uchun mul`tidissiplinar yondashuvga asoslangan va tomir asoratlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda differensiatsiya qilish imkonini beruvchi yagona standartlashtirilgan algoritm ishlab chiqilganligi - Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 4 oktyabrdagi № 434-son buyruq) va Bolalar milliy tibbiyot markazi (2025 yil 2 oktyabrdagi № 76-son buyruq) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 24 oktyabr` 27/43-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: asoratlarni erta aniqlash va shu zahoti klinik korreksiya qilish imkoniyati transplantatsiya funksional natijalarini yaxshiladi, resipientlarning tirik qolish ko‘rsatkichlarini oshirdi va posttransplantatsion davrda klinik barqarorlikni ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritmni amaliyotga joriy etish natijasida OJTdan keyingi o‘rtacha gospitalizatsiya muddati 21 kundan 17 kunga qisqardi. Bir koyka-kun qiymati 365600 so‘m ekanligi hisobga olinganda, har bir bemor bo‘yicha 1462400 so‘m byudjet mablag‘i tejaldi. Yillik 50 ta transplantatsiya hajmida umumiy iqtisodiy samara 73120000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: NIRS-liver asosida ishlab chiqilgan monitoring algoritmining amaliyotga joriy etilishi klinik kuzatuv samaradorligini oshirdi, transplantatsiya natijalarini yaxshiladi va sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori darajada iqtisodiy tejam yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish