Maxmudova Dilnoza Xaytmirzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni  rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4147.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 
Rasmiy opponentlar: Ergashev Bobirjon Boxodirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning metodik tuzilmasi mazkur jarayon komponentlari tarkibiga diagnostik va akmeologik asoslarni maqsadli jalb etish, soft skills bilan konvergensiyasini ta’minlash bo‘yicha an’anaviy va innovatsion kasbiy rejalashtirish nazariyalarini integratsiyalash mantiqiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari pedagog mehnatidagi professionallik va uning natijasida ta’lim tizimlarining samarali faoliyat yuritishiga doir muammolarni chuqur tahlil qilish imkonini beradigan pedagogik psixologiya, pedagogik mahorat va ta’lim akmeologiyasi o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikning determinantligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
shaxs akmeologik yo‘nalganligi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish modelining tashkiliy-texnologik komponenti talabalar shaxsining motivatsion-qadriyatli va yo‘naltiruvchi-faoliyatli sohalariga maqsadli ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan ta’lim mazmuni bilan bog‘liq, shaxsiy-faoliyatli, amaliy-texnologik akmeopedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning xususiy-metodik texnologiyasi pedagogik faoliyatni amalga oshirishga doir kognitiv tasavvurlarni shakllantiradigan reproduktiv, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga nisbatan akmeologik-kognitiv strategiyalar o‘zlashtirish imkonini beradigan produktiv, talabalarning individual-ijodiy tayyorgarligini rivojlantiradigan kreativ darajalarga muvofiq faoliyat algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning metodik tuzilmasini mazkur jarayon komponentlari tarkibiga diagnostik va akmeologik asoslarni maqsadli jalb etish, soft skills bilan konvergensiyasini ta’minlash bo‘yicha an’anaviy va innovatsion kasbiy rejalashtirish nazariyalarini integratsiyalash mantiqiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflar “Pedagogik texnologiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i, 232-680 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirish tizimini loyihalashga xizmat qilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini pedagog mehnatidagi professionallik va uning natijasida ta’lim tizimlarining samarali faoliyat yuritishiga doir muammolarni chuqur tahlil qilish imkonini beradigan pedagogik psixologiya, pedagogik mahorat va ta’lim akmeologiyasi o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikning determinantligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i,  161662 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy-kognitiv faoliyatini rivojlantirishga  xizmat qilgan;
shaxs akmeologik yo‘nalganligi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish modelining tashkiliy-texnologik komponentini talabalar shaxsining motivatsion-qadriyatli va yo‘naltiruvchi-faoliyatli sohalariga maqsadli ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan ta’lim mazmuni bilan bog‘liq, shaxsiy-faoliyatli, amaliy-texnologik akmeopedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik texnologiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i, 232-680 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning akmeolgoik texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning xususiy-metodik texnologiyasini pedagogik faoliyatni amalga oshirishga doir kognitiv tasavvurlarni shakllantiradigan reproduktiv, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga nisbatan akmeologik-kognitiv strategiyalar o‘zlashtirish imkonini beradigan produktiv, talabalarning individual-ijodiy tayyorgarligini rivojlantiradigan kreativ darajalarga muvofiq faoliyat algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir takliflar “Pedagogik texnologiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i, 232-680 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish