Sultonov Sherzod Elmurodovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetensiyaviy yondasuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy axloqiy madaniyatini rivojlantirish” 13.00.01 –Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped2185
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02
Rasmiy opponentlar: Quchqarova Nargiza Mamajonovna pedagogika fanlari doktori, professor. Davlatov Oybek G‘anievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
II.Tadqiqotning maqsadi: kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
“kasbiy-axloqiy madaniyat” tushunchasining mazmun-mohiyatini aniqlash orqali mazkur fenomenning motivlashtirish, refleksiya, identifikatsiya bilan bog‘liq psixologik-pedagogik xususiyatlari komponentli mantiqiy strukturni maqsadli loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuvning aksiologik aspektiga ustuvorlik berish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni rivojlantirishning personallashtirilgan, pragmatik, qadriyatli yoʻnalishlar bilan boyitilgan pedagogik imkoniyatlari munosabat pozistiyasi va shaxsiy-kasbiy kompetensiyalarning uyg‘un ta’sirga egaligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-axloqiy madaniyatini rivojlantirish modelini mazmunli-jarayonli komponenti “Pedagogik aksiologiya” elktiv kursi va “Kasbiy axloq” ijodiy to‘garagini tayyorlov, amaliy, yakuniy bosqichlarga identiv tarzda amalga oshirish konsturktini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-axloqiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik tizimi motivashin shaxsiy-kasbiy, ma’lumotli-ta’limiy, ishtirok etish va mobillik bosqichlariga muvofiq tarada texnologik jarayonni modulli, eventli, situativ, immitatsion darajalarda amalga oshtirish algoritmini maqsadli belgilab olish asosida takomillashitrilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
“kasbiy-axloqiy madaniyat” tushunchasining mazmun-mohiyatini aniqlash orqali mazkur fenomenning motivlashtirish, refleksiya, identifikatsiya bilan bog‘liq psixologik-pedagogik xususiyatlari komponentli mantiqiy strukturni maqsadli loyihalashga doir takliflari “Bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishga doir zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
kompetensiyaviy yondashuvning aksiologik aspektiga ustuvorlik berish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni rivojlantirishning personallashtirilgan, pragmatik, qadriyatli yoʻnalishlar bilan boyitilgan pedagogik imkoniyatlari munosabat pozistiyasi va shaxsiy-kasbiy kompetensiyalarning uyg‘un ta’sirga egaligini bevosita hisobga olishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim yoʻnalishi uchun “Bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishga doir zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-axloqiy kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-axloqiy madaniyatini rivojlantirish modelini mazmunli-jarayonli komponenti “Pedagogik aksiologiya” elktiv kursi va “Kasbiy axloq” ijodiy to‘garagini tayyorlov, amaliy, yakuniy bosqichlarga identiv tarzda amalga oshirish konsturktini qat’iy belgilash doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim yoʻnalishi uchun “Bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishga doir zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni rivojlantirishning refleksiv mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.