Sandibaeva Dilafruza Yusufovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.3.PhD/Ped10963
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich. Pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor. Jabborov Ulug‘bek Abdurahmonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini takomillashtirish hamda taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari metodik materiallarning adaptiv qayta tuzilishi jarayonida metodik tafakkurning funksional qayta yo‘naltirilishini ta’minlovchi omillarni tanlash asosida "microlearning" formatlariga tayangan modulli o‘qitishni amalga oshirilishi tahliliy qiyoslash orqali konnotatsiya va deiktik birliklarning metodik mazmundagi funksional qo‘llanishiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirish modeli metodik faoliyatning funksional tarkibini modulli o‘qitish sharoitida til materialining polisemik (so‘zning bir nechta ma’noga ega bo‘lishi) xususiyatlarini hisobga olgan holda saralashni metodik tafakkurning analitik yo‘nalishini didaktik navigatsiya vositasida leksik tanlovning ierarxik tizimini belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirish ta’lim jarayonida o‘quv-metodik kontentni hamda metodik tafakkurning refleksiv faollashuvini tematik-kommunikativ klasterlash yo‘li bilan qayta tashkil etishni analitik-tafsiriy birlik doirasida individual lingvistik profil shakllanishiga ko‘ra kasbiy nutqiy qarorlarning kognitiv-pragmatik tartiblanishi bilan uyg‘un holda takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi o‘quv jarayonida metodik kuzatuv va qiyosiy tahlilga tayangan kasbiy faoliyatni sinxron didaktik sharoitlarda mazmunni qayta tashkil etish hamda qabul qilinayotgan didaktik qarorlarning ilmiy asoslanganligini metodik fikrlash va diskursiv mezonlar o‘rtasidagi ichki muvofiqlikni logik-tahliliy qiyoslash orqali ochib berish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari metodik materiallarning adaptiv qayta tuzilishi jarayonida metodik tafakkurning funksional qayta yo‘naltirilishini ta’minlovchi omillarni tanlash asosida "microlearning" formatlariga tayangan modulli o‘qitishni amalga oshirilishi tahliliy qiyoslash orqali konnotatsiya va deiktik birliklarning metodik mazmundagi funksional qo‘llanishiga oid takliflar "Chet til o‘qitishning integrallashgan kursi" nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 6-avgustdagi 22-01-443/22-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ-metodik kompetensiyasi microlearning va modulli o‘qitish asosida metodik tafakkurning funksional qayta yo‘naltirilishi orqali tizimli rivojlantirildi;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirish modeli metodik faoliyatning funksional tarkibini modulli o‘qitish sharoitida til materialining polisemik (so‘zning bir nechta ma’noga ega bo‘lishi) xususiyatlarini hisobga olgan holda saralashni metodik tafakkurning analitik yo‘nalishini didaktik navigatsiya vositasida leksik tanlovning ierarxik tizimini belgilash asosida takomillashtirishga doir takliflar "Home reading" nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 6-avgustdagi 22-01-443/22-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tili o‘qitishda til materialini metodik saralash, leksik tanlov va polisemik birliklar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuv va tamoyillar ilmiy asoslandi;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirish ta’lim jarayonida o‘quv-metodik kontentni hamda metodik tafakkurning refleksiv faollashuvini tematik-kommunikativ klasterlash yo‘li bilan qayta tashkil etishni analitik-tafsiriy birlik doirasida individual lingvistik profil shakllanishiga ko‘ra kasbiy nutqiy qarorlarning kognitiv-pragmatik tartiblanishi bilan uyg‘un holda rivojlanishiga oid takliflardan "Chet til o‘qitishning integrallashgan kursi" nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 6-avgustdagi 22-01-443/22-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik tafakkuri va kasbiy nutqiy qaror qabul qilish kompetensiyasi tematik-kommunikativ klasterlash asosida rivojlantiruvchi model doirasida takomillashtirildi;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi o‘quv jarayonida metodik kuzatuv va qiyosiy tahlilga tayangan kasbiy faoliyatni sinxron didaktik sharoitlarda mazmunni qayta tashkil etish hamda qabul qilinayotgan didaktik qarorlarning ilmiy asoslanganligini metodik fikrlash va diskursiv mezonlar o‘rtasidagi ichki muvofiqlikni logik-tahliliy qiyoslash orqali ochib berish asosida oshirilishiga doir ma’lumotlar "Home reading" nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 6-avgustdagi 22-01-443/22-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ-metodik kompetensiyasini baholash metodik fikrlash va diskursiv faoliyat uyg‘unligiga asoslangan mezonlar hamda innovatsion texnologiyalar orqali aniqlashtirildi.