Valikulova Dildora Asliddin qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metalingvistik (metatil) ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7804
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Dsc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodirbek Boqijonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Abdullaeva Komila Timurovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metalingvistik (metatil) ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metatil (metalingvistik) ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari til refleksiyasi va lingvistik terminologiyani anglash bilan bog‘liq metatil komponentlari grammatik materialni o‘zlashtirish jarayoniga izchil integratsiyalashda besh qadamli o‘qitish yondashuvining metalingvistik anglashni chuqurlashtiruvchi refleksiv-lingvistik interpretatsiyasi orqali aniqlashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metatil ko‘nikmalarini shakllantirish modeli "stansiyalar almashuvi", "edutainment", "dictogloss", leksik va nutqiy o‘yinlar, grafik organayzerlar kabi innovasion o‘quv shakllaridan maqsadli foydalanish orqali metatil ko‘nikmalar komponentlarining o‘zaro bog‘liq rivojlanishini ta’minlash hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro motivatsion ta’sirni metakognitiv qo‘zg‘atilishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metatil ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi implisit yondashuv doirasida matn ustida ishlashni tashkil etishda "so‘z devori" va "so‘z jurnallari" strategiyalaridan foydalanishni nazarda tutgan holda til materialini anglash va tahlil qilishga yo‘naltirilgan metatil faoliyatni rivojlantirish leksik va grammatik birliklarning shakl–ma’no korrelyasiyasini refleksiv kuzatishga tayangan metalingvistik ongni faollashtirish orqali takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metatil ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi "Metalingua" platformasida kontekstli o‘quv faoliyatini integrativ tarzda tashkil etish natijasida o‘quvchilarning til materialini ongli kuzatish va umumlashtirishga yo‘naltirilgan metatil refleksiyasining barqaror faollashuvini til haqida fikr yuritishni rag‘batlantiruvchi kognitiv vazifalarga tayanilgan holda oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metalingvistik (metatil) ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metatil (metalingvistik) ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari til refleksiyasi va lingvistik terminologiyani anglash bilan bog‘liq metatil komponentlari grammatik materialni o‘zlashtirish jarayoniga izchil integratsiyalashda besh qadamli o‘qitish yondashuvining metalingvistik anglashni chuqurlashtiruvchi refleksiv-lingvistik interpretatsiyasi orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalardan "Practice of FLTM (Foreign language teaching methods)" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyuldagi 22-01-379/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-9-sinf o‘quvchilarining metalingvistik (metatil) ko‘nikmalari shakllantirishiga erishilgan;
ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metatil ko‘nikmalarini shakllantirish modeli "stansiyalar almashuvi", "edutainment", "dictogloss", leksik va nutqiy o‘yinlar, grafik organayzerlar kabi innovasion o‘quv shakllaridan maqsadli foydalanish orqali metatil ko‘nikmalar komponentlarining o‘zaro bog‘liq rivojlanishini ta’minlash hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro motivatsion ta’sirni metakognitiv qo‘zg‘atilishini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan"Practice of vocabulary" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyuldagi 22-01-379/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-9-sinf o‘quvchilarining metatil ko‘nikmalari komponentlari aniqlashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metatil ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi implisit yondashuv doirasida matn ustida ishlashni tashkil etishda "so‘z devori" va "so‘z jurnallari" strategiyalaridan foydalanishni nazarda tutgan holda til materialini anglash va tahlil qilishga yo‘naltirilgan metatil faoliyatni rivojlantirish leksik va grammatik birliklarning shakl–ma’no korrelyasiyasini refleksiv kuzatishga tayangan metalingvistik ongni faollashtirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan "Practice of FLTM (Foreign language teaching methods)" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyuldagi 22-01-379/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metalingvistik (metatil) ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi kontekstli, implisit va grammatikaning o‘qitishga besh qadamli yondashuvlar bo‘yicha takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda 5-9-sinf o‘quvchilarining metatil ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi "Metalingua" platformasida kontekstli o‘quv faoliyatini integrativ tarzda tashkil etish natijasida o‘quvchilarning til materialini ongli kuzatish va umumlashtirishga yo‘naltirilgan metatil refleksiyasining barqaror faollashuvini til haqida fikr yuritishni rag‘batlantiruvchi kognitiv vazifalarga tayanilgan holda oshirilishiga oid takliflardan "Practice of vocabulary" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyuldagi 22-01-379/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-9-sinf o‘quvchilarining metalingvistik (metatil) ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimi ishlab chiqilgan.