Normatov Yodgor Mamanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga ta’sirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash (Jizzax viloyati tuproqlari misolida)», 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V857.
Ilmiy rahbar: Bobomurodov Shuhrat Mehribonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Nodira Bahromovna, biologiya fanlari doktori, professor; Sherimbetov Vafabay Xalillulaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproq unumdorligiga ta’sirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash hamda tuproq unumdorligini tiklash va oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy echimlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GAT texnologiyalari va algoritmlar asosida tahlil qilingan tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproq unumdorlik xususiyatlariga ta’siri isbotlangan;
GAT texnologiyalari asosida rel`ef omillari (balandlik, qiyalik va ekspozisiya) ta’sirida tuproqdagi gumus miqdori turlicha bo‘lishi, xususan, dengiz sathidan balandlikning ortib borishi hisobiga gumus to‘planishini oshganligi aniqlangan;
GAT texnologiyalaridan foydalanib, algoritmtlar asosida o‘simlik qoplami ta’sirida tuproq unumdorlik xususiyatlari yaxshi bo‘lishi va iqlim omillari tuproqda tuzlar yig‘ilishi va gumus parchalanishi jarayonlariga bevosita ta’sir qilishi asoslangan;
turli tuproq hosil qiluvchi omillar ta’sirida Zomin va Arnasoy tumanlarining sug‘oriladigan tuproqlari xossalarining o‘zaro farqlanishi GAT texnologiyalaridan foydalangan holda isbotlangan;
GAT ma’lumotlar bazasi asosida tuproq hosil qiluvchi omillar va tuproq unumdorligining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga ta’sirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘oriladigan tipik bo‘z hamda sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining tuproq hosil bo‘lish jarayonlariga ta’sir etgan omillarni GAT texnologiyalari yordamida baholash bo‘yicha zamonaviy geoaxborot tizimi texnologiyalaridan foydalanib Zomin tumani «Laylak uya» hamda Arnasoy tumani «Qozog‘iston» massivlarining 1:10000 miqyosli tuproq hosil qiluvchi omillar (rel`ef, iqlim, o‘simliklar qoplami, ona jins) xaritalari «Laylak uya» massivining 141,4 gektar hamda «Qozog‘iston» massivining 109,5 gektar er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1 avgustdagi 05/05-02-585-son ma’lumotnomasi). Natijada, massiv sug‘oriladigan tipik bo‘z va bo‘z-o‘tloqi tuproq qoplamlarini muhofaza qilish va agrotexnik, agromeliorativ tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan; 
Zomin tumani «Laylak uya» massivi «Mirfayoz-O’tkirbek» va Arnasoy tumani «Qozog‘iston» massivi «Anvar xamkor-biznes» fermer xo‘jaliklarining 1:5 000 miqyosli tuproqlarning oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi kartogrammalari fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1 avgustdagi 05/05-02-585-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur kartografik materiallar fermer xo‘jaliklari tuproqlarida organik va mineral o‘g‘itlarni tuproqqa tabaqalashtirilgan holda qo‘llash, sho‘r yuvish tadbirlarini o‘tkazish orqali tuproqlarga NPK o‘g‘itlarining maqbul me’yor va muddatlarda qo‘llash imkonini bergan;
«Arnasoy va Zomin tumani sug‘oriladigan tuproqlarining holati» ma’lumotlar bazasi Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1 avgustdagi 05/05-02-585-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan  tuproqlarning mexanik tarkibi, gumus bilan ta’minlanganlik darajasi, oziqa elementlarining miqdori, tuproqlarning sho‘rlanish va sho‘rsizlantirish jarayonlarini tahlil qilish va shu asosda tegishli agrotexnik tadbirlarni belgilashda asos sifatida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish