Ishanchaeva Shoiraxon Baxramdjanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda Uchinchi Rennesans g‘oyalarini shakllantirishda o‘zbek ma’rifatparvar ayollarining ijtimoiy-falsafiy qarashlari”
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD.Fal.852
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qurbonova Lolaxon Abduxadimovna falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Nazar Hakimovich falsafa fanlari doktori, professor, Muhammedjanova Lalixon Ashiralievna falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek ma’rifatparvar ayollarining qarashlarini tahlil qilish orqali Uchinchi Renessans g‘oyasining shakllanishidagi ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uchinchi Renessans g‘oyasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati birinchi marta o‘zbek ma’rifatparvar ayollari tafakkuri asosida tahlil qilinib, unda ma’naviy uyg‘onish, insonparvarlik va intellektual taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi falsafiy-nazariy jihatdan asoslangan;
o‘zbek ma’rifatparvar ayollarining falsafiy qarashlari tarixiy-falsafiy va aksiologik nuqtai nazardan tizimlashtirildi hamda ularning g‘oyalari milliy uyg‘onish va jamiyatda gender tenglikni shakllantiruvchi falsafiy omili ochib berilgan;
ma’rifatparvar ayollar merosidagi qadriyatlar tizimi Uchinchi Renessans mafkurasining falsafiy tayanchi sifatida tahlil qilinib, unda ijtimoiy adolat, ma’naviy barkamollik, erkin fikrlash va ma’rifatparvarlik omillari dalillangan;
zamonaviy O‘zbekiston sharoitida ma’rifatparvar ayollar qarashlarining amaliy ahamiyati yangicha falsafiy talqinda asoslanib, ularning merosi yoshlar ma’naviyati, milliy identitet va fuqarolik ongini yuksaltirishning g‘oyaviy-metodologik resursi ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda uchinchi renessans g‘oyalarini shakllantirish hamda jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishda ma’rifatparvar ayollarning o‘rni, ijtimoiy-falsafiy mohiyati va ahamiyatiga doir ishlab chiqilgan takliflar asosida:
globallashuv jarayonlari shiddatli tus olayotgan davrda kelajak avlodni milliy-ma’naviyatimiz ruhida barkamol avlod etib tarbiyalashda uchinchi renessans g‘oyalarini shakillantirishning ahamiyatiga doir ilmiy yondashuvlaridan Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2023 yil uchun chora-tadbirlari dasturi doirasida “Inson qadri”, “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi” nomli adabiy, ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarida, “Inson e’tiborda”, “Ayol muqaddas” radio eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muosasasining 2023-yil 13-iyuldagi 01-24-134-sonli Dalolatnomasi). Natijada jamiyatda o‘zbek ma’rifatparvar ayollarning ijtimoiy falsafiy qarashlarini o‘rganishni O‘zbekiston Respublikasida shakllantirish va rivojlantirish kabi g‘oyalarni targ‘ib qilishda foydalanilgan va targ‘ibot materiallarining ta’sirchanligi yanada oshishiga xizmat qilgan;
ma’rifatparvar ayollarning ijtimoiy-falsafiy tafakkur maxsuli, davlat boshqaruvi va ma’rifiy islohotlardagi o‘rni, dunyoviy ilm-fanni rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatiga oid usullardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalgam oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti 9-bandi “Yangi O‘zbekiston - xalqparvar davlat “tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” targ‘iboti doirasida Respublka ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil №02-22/733-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekistonda uchinchi renessans ni yaratishga qodir bo‘lgan avlodni tarbiyalash g‘oyalarini yoritib berishka xizmat qilgan;
milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish davirlariga asos solgan buyuk ajdodlarimiz, alloma bobolarimiz kabi ma’rifatparvar ayollarimizning tafakkur maxsuli va ijtimoiy-falsafiy qarashlari,do‘stlik va vatanparvarlikni ulug‘lagan ma’suma ayollarning yurak tuyg‘ulari,umid-orzularini yuksak mahorat bilan kuylab ilg‘or fikrlarni tarannum etgan hamda adolatli davlat boshqaruviga oid ijtimoy-falsafiy qarashlari bilan uchinchi renessansni yaratishga qodir bo‘lgan avlodni tarbiyalashda ma’rifatparvar ayollarning o‘rni va roliga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “Taqdimot” korsatuvi senariylarini tayorlshda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 20-iyuldagi 02-31-991-sonli Dalolatnomasi). Natijada, “Ma’rifat” korsatuvi, yaxshilikka oshno reportaji dasturlari Yangi O‘zbekistinda uchinchi renessansni yaratishga qodir yoshlarni tarbiyalash g‘oyalarini yoritib berishka xizmat qildi;
zamonaviy O‘zbekiston sharoitida ma’rifatparvar ayollar qarashlarining amaliy ahamiyati yangicha falsafiy talqinda asoslanib, ularning merosi yoshlar ma’naviyati, milliy identitet va fuqarolik ongini yuksaltirishning g‘oyaviy-metodologik resursi ekanligiga oid ilmiy yangiligidan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining ikkinchi yo‘nalishida belgilangan “Yangi O‘zbekiston-xalqparvar davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustaxkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil № 02-22/733-son dalolatnomasi). Natijada, taqdim etilgan taklif va tavsiyalardan markazning targ‘ibot va tashviqot ishlarida samarali foydalanishga xizmat qildi.