Turaboeva Yayra Rustamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Oʻzbek ayollari an’anaviy taqinchoqlarining tarixiy-etnografik xususiyatlari va transformatsiyasi (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida), 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar967
Ilmiy rahbar: Valixonova Gulnoraxon Komiljonovna – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Sayfulla Narzullaevich – tarix fanlari doktori, Yo‘ldoshev Salimjon Valievich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy-etnografik materiallar asosida XX asrda Farg‘ona vodiysi o‘zbek ayollari hayotida an’anaviy taqinchoqlar, ular bilan bog‘liq an’analar, ramz va belgilarning semantik tahlili, etnohududiy xususiyatlari hamda transformatsiyalashuv jarayonlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi ayollariga xos an’anaviy taqinchoqlar lokal xususiyatlariga ko‘ra ajralib turuvchi zargarlik maktablari (Qo‘qon, Marg‘ilon, Asaka, Andijon), usta zargarlar ishidagi tafovutlar, muayyan etnos ayollariga xos bezaklar (o‘zbek, qirg‘iz, tojik, uyg‘ur, arab v.h ), xo‘jalik yuritish shakliga qarab (“oy baldoq”- ko‘chmanchi aholi orasida, “tillaqosh”, “zebigardon”, “tavq” kabi murakkab shaklli taqinchoqlar o‘troq aholi orasida) hamda narxiga ko‘ra farqlanuvchi zeb-ziynat buyumlariga ajratilganligi tarixiy-etnografik materiallar asosida ochib berilgan;
sovet mustamlakachilik mafkurasi cheklovlariga qaramay, zargarlar tomonidan taqinchoq turlari, nomlari, uslublarining saqlab qolingani, faoliyatlari esa yashirin amalga oshirilgani, bu bilan ular o‘z xonadonida shug‘ullangani, zargarlik buyumlari esa yashirin “qo‘lda sotilgani”, taqinchoqlarga nisbatan boylik, kuch, ishonch timsoli deb qarash, ayollar tomonidan esa ajdodlar merosi sifatida taqinchoq, zeb-ziynatdan iborat “ona meros yoki bisot” sifatida saqlanishi, onadan faqat qiz farzandiga meros bo‘lishi, oilada qiz bo‘lmaganda kelinga o‘tgani etnosotsiologik tadqiqotlarda isbotlangan;
vodiy aholisi orasida zeb-ziynat buyumlarining ruhiy (Farg‘ona vodiysida ayniqsa, ayollar orasida zargarlik buyumlari, oltinni o‘g‘irlash insonni vasvasaga qo‘yadi, aqldan ozdirishiga), tabiiy, tibbiy ta’sir etishi haqida qarashlar mavjudligi, o‘zbek ayollari orasida maftunkor, go‘zallik va nafosat timsoli sifatida qimmatbaho toshlar yoki taqinchoq (metalli) nomi bilan ism qo‘yish (Marjona, Yoqutxon, Feruza, Oltinoy, Tillaxon, La’lixon kabi) tarixiy-etnografik ma’lumotlar asosida dalillangan;
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab zargarlik buyumlarini artellarda konveer asosida ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi, mafkuraviy bosim, “sovet ishchi ayoli” qiyofasini gavdalantirishda an’anaviy taqinchoqlarni sun’iy urfdan chiqarishga urinish, mahalliy zargarlarning kasodga uchragani, faoliyatini to‘xtagani, ayni shu davrdan boshlab taqinchoqlarning transformatsiyalashuvi kuchayib borganligi, ishlab chiqaruvchi zavodlar faoliyati, xomashyosi, sarf-xarajati, savdosi, hamda “tilla magazin” larga oid ma’lumotlar faqat markazga taqdim etilganligi statistik hamda arxiv ma’lumotlar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysi ayollariga xos an’anaviy taqinchoqlar lokal xususiyatlariga ko‘ra ajralib turuvchi zargarlik maktablari (Qo‘qon, Marg‘ilon, Asaka, Andijon), usta zargarlar ishidagi tafovutlar, muayyan etnos ayollariga xos bezaklar (o‘zbek, qirg‘iz, tojik, uyg‘ur, arab v.h ), xo‘jalik yuritish shakliga qarab (“oy baldoq”- ko‘chmanchi aholi orasida, “tillaqosh”, “zebigardon”, “tavq” kabi murakkab shaklli taqinchoqlar o‘troq aholi orasida) hamda narxiga ko‘ra farqlanuvchi zeb-ziynat buyumlariga ajratilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari” qo‘mitasining turli millatlar madaniyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari” qo‘mitasining 2023-yil 21-noyabrdagi № 14-08-2545-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan ma’lumotlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uchun tayyorlangan targ‘ibot materiallarini ilmiy va sifat jihatidan boyitilishiga xizmat qilgan;
sovet mustamlakachilik mafkurasi cheklovlariga qaramay, zargarlar tomonidan taqinchoq turlari, nomlari, uslublarining saqlab qolingani, faoliyatlari esa yashirin amalga oshirilgani, bu bilan ular o‘z xonadonida shug‘ullangani, zargarlik buyumlari esa yashirin “qo‘lda sotilgani”, taqinchoqlarga nisbatan boylik, kuch, ishonch timsoli deb qarash, ayollar tomonidan esa ajdodlar merosi sifatida taqinchoq, zeb-ziynatdan iborat “ona meros yoki bisot” sifatida saqlanishi, onadan faqat qiz farzandiga meros bo‘lishi, oilada qiz bo‘lmaganda kelinga o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Etno” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-dekabrdagi №02-30-1892-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning O‘zbekiston tarixiga doir bilim, tassavurlarini yanada boyitilishiga hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
vodiy aholisi orasida zeb-ziynat buyumlarining ruhiy (Farg‘ona vodiysida ayniqsa, ayollar orasida zargarlik buyumlari, oltinni o‘g‘irlash insonni vasvasaga qo‘yadi, aqldan ozdirishiga), tabiiy, tibbiy ta’sir etishi haqida qarashlar mavjudligi, o‘zbek ayollari orasida maftunkor, go‘zallik va nafosat timsoli sifatida qimmatbaho toshlar yoki taqinchoq (metalli) nomi bilan ism qo‘yish (Marjona, Yoqutxon, Feruza, Oltinoy, Tillaxon, La’lixon kabi) tarixiy-etnografik ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari” qo‘mitasining turli millatlar madaniyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari” qo‘mitasining 2023-yil 21-noyabrdagi № 14-08-2545-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar turli millatlar madaniyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya, seminar, davra suhbatlari materiallarining ilmiy va ishonchli dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab zargarlik buyumlarini artellarda konveer asosida ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi, mafkuraviy bosim, “sovet ishchi ayoli” qiyofasini gavdalantirishda an’anaviy taqinchoqlarni sun’iy urfdan chiqarishga urinish, mahalliy zargarlarning kasodga uchragani, faoliyatini to‘xtagani, ayni shu davrdan boshlab taqinchoqlarning transformatsiyalashuvi kuchayib borganligi, ishlab chiqaruvchi zavodlar faoliyati, xomashyosi, sarf-xarajati, savdosi, hamda “tilla magazin”larga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Etno” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-dekabrdagi №02-30-1892-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar ko‘rsatuvning mazmunan boy, qiziqarli bo‘lishini ta’minlagan, teletomoshabinlarning O‘zbekiston tarixiga doir bilim, tassavurlarini yanada boyitilishiga hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.