Xabibillaev Baxodir Asatilla o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Mustaqillik yillarida Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  (1991–2016-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1247
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Soibjon Abdurazzoqovich – tarix fanlari doktori, Sardor Mirzaxolov Jamoliddinovich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mustaqillik yillari Namangan viloyatida xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi, qo‘shma korxonalar, ularning mahsulot ishlab chiqarish, va aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rnini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Namangan viloyatida tadbirkorlikning rivojlanishiga hududda sovet davrida ko‘plab sanoat korxonalarining mavjudligi ta’sir etgan bo‘lsa-da, mustaqillikning dastlabki yillari milliy iqtisodiyotining bir shakldan ikkinchisiga o‘tish jarayonining murakkabligi, inflyasiya darajasi va moliyaviy barqarorlikning pasayishi, eksportdan valyuta tushumlarining qisqarishi, ish bilan band kishilarning daromadlari, ishlab chiqarish samaradorligining ortishi sohasida o‘sish yo‘qligi kabi tanglik tadbirkorlikni rivojlanishiga to‘siq bo‘lganligi isbotlandi; 
xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etilsa-da, iqtisodiy rivojlanish, eksport salohiyatini oshirishda paxta tolasi ustunlik qilganligi, qo‘shma korxonalarida aylanma mablagʻlarning etishmasligi, nizom jamgʻarmasi to‘la shakllanmaganligi, bank kreditlaridan bo‘lgan qarzdorliklarni qaytarolmasligi hamda xorijiy investorlarning loyihalarni amalga oshirishdan voz kechish holatlari yillar davomida sodir bo‘lib, ushbu korxonalarni uzluksiz ishlashiga to‘siq bo‘lganligi dalillandi;
viloyatda aholi sonini ortib borishi, ularni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va boshqa ehtiyojlarni yuqoriligi ortib borsa-da mustaqillik yillari viloyatda eksport qilinayotgan tovarlar tarkibi, asosan engil sanoat mahsulotlari oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat bo‘lganligi ochib berildi; 
Namangan viloyati hududiy joylashuviga ko‘ra dehqonchilikni rivojlantirishda ustunlik qilganligi, mustaqillik yillari fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda tadbirkorlikka keng yo‘l ochishga e’tibor qaratilsa-da, viloyatda dehqon xo‘jaliklarining ulushi yuqori bo‘lib qolganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyatida mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Namangan viloyatida tadbirkorlikning rivojlanishiga hududda sovet davrida ko‘plab sanoat korxonalarining mavjudligi ta’sir etgan bo‘lsa-da, mustaqillikning dastlabki yillari milliy iqtisodiyotining bir shakldan ikkinchisiga o‘tish jarayonining murakkabligi, inflyasiya darajasi va moliyaviy barqarorlikning pasayishi, eksportdan valyuta tushumlarining qisqarishi, ish bilan band kishilarning daromadlari, ishlab chiqarish samaradorligining ortishi sohasida o‘sish yo‘qligi kabi tanglik tadbirkorlikni rivojlanishiga to‘siq bo‘lganligi haqidagi natijalardan Namangan viloyati hokimiyatining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalarida”, viloyat bandlik dasturlarini ishlab chiqishda hamda viloyat tumanlaridagi tadbirkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda foydalanilgan (Namangan viloyati xokimligining 2024-yil 22-avgustdagi 02/10-1909 son dalolatnomasi). Natijada, Namangan viloyati targ‘ibot ishchi guruhining materiallarida mavjud bo‘lgan korxonalar, uning respublika xalq xo‘jaligidagi o‘rni, qolaversa, tadbirkorlarda viloyatning hududiy imkoniyatlari va salohiyati tarixi, hozirgi holati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qildi; 
xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etilsa-da, iqtisodiy rivojlanish, eksport salohiyatini oshirishda paxta tolasi ustunlik qilganligi, qo‘shma korxonalarida aylanma mablagʻlarning etishmasligi, nizom jamgʻarmasi to‘la shakllanmaganligi, bank kreditlaridan bo‘lgan qarzdorliklarni qaytarolmasligi hamda xorijiy investorlarning loyihalarni amalga oshirishdan voz kechish holatlari yillar davomida sodir bo‘lib, ushbu korxonalarni uzluksiz ishlashiga to‘siq bo‘lganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM ning “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariyilarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil fevral va iyun oylaridagi 04-36-939-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvni mazmunan boyitishga va teletomoshabinlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka oid bilim va tasavvurlarini yanada boyitishiga xizmat qilgan;
viloyatda aholi sonini ortib borishi, ularni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va boshqa ehtiyojlarni yuqoriligi ortib borsa-da mustaqillik yillari viloyatda eksport qilinayotgan tovarlar tarkibi, asosan engil sanoat mahsulotlari oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat bo‘lganligiga oid materiallardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik hissini uygʻotish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy gʻurur va iftihor tuygʻularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uygʻotish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targʻib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida targʻibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 19-maydagi 10/284- son dalolatnomasi). Taqdim etilgan materiallar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibot guruhi ma’lumotlarinin ilmiy jihatdan yanada boyitilishiga, yosh avlodda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat qilgan.
Namangan viloyati hududiy joylashuviga ko‘ra dehqonchilikni rivojlantirishda ustunlik qilganligi, mustaqillik yillari fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda tadbirkorlikka keng yo‘l ochishga e’tibor qaratilsa-da, viloyatda dehqon xo‘jaliklarining ulushi yuqori bo‘lib qolganligi oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM ning “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariyilarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil fevral va iyun oylaridagi 04-36-939-son ma’lumotnomasi). Natijada, materiallar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitilishiga va teletomoshabinlarning bilim va tasavvurlarini yanada ortishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish