Aytbaeva Gul`zada Kuanishbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi loyihalari samaradorligini oshirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4015. 
Ilmiy rahbar: Utemuratova Gulnaraxan Xojaniyazovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Omonov Shermuxammad Bekmurot o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarining tashkiliy-iqtisodiy jihatdan samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlash, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni davlatning tartibga soluvchi vazifalarini xususiy sektorning innovatsion servis yangiliklari, raqamli texnologiyalar va mijozga yo‘naltirilgan xizmat standarti bilan birlashtirish orqali xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan “sifat-innovatsiya-samaradorlik”ni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ta’lim xizmatlari sohasidagi DXSh loyihalarini tayyorlash va ularni himoya qilish bosqichida amalga oshiriladigan boshqaruv harakatlarini monitoring qilishga oid ishlab chiqilgan maxsus algoritm “Manfaatdor tomonlar guruhi”ni shakllantirish jarayonini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi turizm va sog‘liqni saqlash sohalarida klasterlashuv imkoniyatlarini DXSh mexanizmlari bilan bog‘lashda Mo‘ynoq, Ellikqal’a va Chimboy hududlarida tarixiy-madaniy obidalar asosida “Turizm xizmatlari klasteri”, Nukus, Beruniy va Xo‘jayli tumanlarida xususiy klinikalar va davlat shifoxonalari asosida “Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash klasteri”ni tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning hududiy rivojlanishi xususiyatlarini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030 yilgacha mo‘ljallangan davr uchun xizmatlar hajmining o‘sish prognozi ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni davlatning tartibga soluvchi vazifalarini xususiy sektorning innovatsion servis yangiliklari, raqamli texnologiyalar va mijozga yo‘naltirilgan xizmat standarti bilan birlashtirish orqali xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan “sifat-innovatsiya-samaradorlik”ni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” (qoraqalpoq tilida) nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55-son buyrug‘i. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan “sifat-innovatsiya-samaradorlik”ni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
ta’lim xizmatlari sohasidagi DXSh loyihalarini tayyorlash va ularni himoya qilish bosqichida amalga oshiriladigan boshqaruv harakatlarini monitoring qilishga oid ishlab chiqilgan maxsus algoritmni “Manfaatdor tomonlar guruhi”ni shakllantirish jarayonini tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 3 oktabrdagi № 02-06/9-10/1151-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish, bu bosqichlarni samarali amalga oshirish Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim xizmatlari bozorini modernizatsiya qilish va xususiy sektorni faol jalb qilish imkonini bergan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi turizm va sog‘liqni saqlash sohalarida klasterlashuv imkoniyatlarini DXSh mexanizmlari bilan bog‘lashda Mo‘ynoq, Ellikqal’a va Chimboy hududlarida tarixiy-madaniy obidalar asosida “Turizm xizmatlari klasteri”, Nukus, Beruniy va Xo‘jayli tumanlarida xususiy klinikalar va davlat shifoxonalari asosida “Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash klasteri”ni tashkil etish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining xizmat ko‘rsatish sohasida DXSh loyihalarini shakllantirish va ular ijrosi monitoringini o‘tkazish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 3 oktabrdagi № 02-06/9-10/1151-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududlarda xizmatlar sifatini oshirish hamda davlat va xususiy sektor manfaatlarini uyg‘unlashtirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning hududiy rivojlanishi xususiyatlarini ifodalovchi ekonometrik model asosida ishlab chiqilgan 2030 yilgacha mo‘ljallangan davr uchun xizmatlar hajmining o‘sish prognozi ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 3 oktabrdagi № 02-06/9-10/1151-son ma’lumotnomasi). Bu esa xizmat ko‘rsatish sektorining barqaror rivojlanishini ta’minlash, istiqbolda ichki imkoniyatlarni ishlab chiqarishga qo‘shimcha jalb etishga ko‘ra jami xizmatlar hajmini 30,8 %ga va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 34,0 %ga oshishi imkonini yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish