Ostanova Mashxura Egamberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modeliga o‘tish sharoitida inson kapitali sifatini oshirish istiqbollari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3568      
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jabborova Zaynab Mamasodiqovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida inson kapitali sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy rivojlanish strategiyasiga asoslangan holda inson salohiyatini rivojlantirishning tizimli yondashuviga ko‘ra inson kapitali sifatini iqtisodiy o‘sish va innovatsion faollikning asosiy drayveri sifatida baholash, asosiy komponentlar tarkibini (ta’lim; sog‘lomlik va demografik; raqamli kompetensiya; innovatsion-tadbirkorlik; institutsional-motivatsiya)  qamrab oluvchi inson kapitali sifatini oshirish modeli taklif etilgan;
inson kapitalini rivojlantirishning inersion, innovatsion-institutsional va resurs-institutsional ssenariylari asoslangan hamda ta’lim va kadrlar, ilm-fan va innovatsiyalarga investisiyalar, mehnat bozori, sog‘liqni saqlash, institutsional, o‘sish manbalari va kutilayotgan natijalariga ko‘ra tavsiflab berilgan;
innovatsion rivojlanish modeliga o‘tish sharoitida o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda inson kapitali sifatini oshirishning prognozlashtirish mexanizmlarini davlat-xususiy sheriklik asosida yangi innovatsion tuzilmalar yaratish, startaplarni boshlang‘ich bosqichlarda grantlar va mentorlik orqali qo‘llab-quvvatlash, inson kapitali sifatini baholash mexanizmlari bo‘yicha sohaviy baholash modellarini joriy qilish, ta’lim va ish bilan bandlikning ijtimoiy indikatorlari bo‘yicha (Human Capital Index) baholashni amalga oshirish kabilar asoslab berilgan;
innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida inson kapitali sifatining konseptual yondashuvlari asosida inson salohiyatining ta’lim, raqamli, innovatsion va institutsional komponentlarini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimini o‘z ichiga olgan tarkibiy modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiy o‘sish jarayonida inson kapitali sifatini oshirish va uning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini aniqlash borasida olingan natijalar asosida:
milliy rivojlanish strategiyasiga asoslangan holda inson salohiyatini rivojlantirishning tizimli yondashuviga ko‘ra inson kapitali sifatini iqtisodiy o‘sish va innovatsion faollikning asosiy drayveri sifatida baholash, asosiy komponentlar tarkibini (ta’lim; sog‘lomlik va demografik; raqamli kompetensiya; innovatsion-tadbirkorlik; institutsional-motivatsiya)  qamrab oluvchi inson kapitali sifatini oshirish modeli bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 03/17-995-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif inson kapitali sifatini oshirishning metodolgik-uslubiy asoslarini takomillashtirishga ko‘ra yo‘nalish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilishning ilmiy darajasini oshirshga muayyan darajada xizmat qilgan;
inson kapitalini rivojlantirishning inersion, innovatsion-institutsional va resurs-institutsional ssenariylari asoslangan hamda ta’lim va kadrlar, ilm-fan va innovatsiyalarga investisiyalar, mehnat bozori, sog‘liqni saqlash, institutsional, o‘sish manbalari va kutilayotgan natijalariga asosiy yo‘nalishlari ko‘ra tavsiflangan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda keng foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 03/17-995-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, takliflarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “«O‘zbekiston - 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni 1-ilova 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan;  
innovatsion rivojlanish modeliga o‘tish sharoitida o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda inson kapitali sifatini oshirishning prognozlashtirish mexanizmlarini davlat-xususiy sheriklik asosida yangi innovatsion tuzilmalar yaratish, startaplarni boshlang‘ich bosqichlarda grantlar va mentorlik orqali qo‘llab-quvvatlash, inson kapitali sifatini baholash mexanizmlari bo‘yicha sohaviy baholash modellarini joriy qilish, ta’lim va ish bilan bandlikning ijtimoiy indikatorlari bo‘yicha (Human Capital Index) baholashni amalga oshirish kabilar bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda hamda “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori 7-bandiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar  samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 03/17-995-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar aholini oliy ta’lim bilan qamrab olishni bevosita raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bog‘lash imkoniyatini kengaytirishga, muhandis-texnik yo‘nalishi bitiruvchilarning innovatsion iqtisodiyotga o‘tishga ta’sirini baholash uslubiyotini takomillashtirishga hamda qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida inson kapitali sifatining konseptual yondashuvlari asosida inson salohiyatining ta’lim, raqamli, innovatsion va institutsional komponentlarini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimini o‘z ichiga olgan tarkibiy modeli bo‘yicha taklif Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “«O‘zbekiston - 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni 1-ilova 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 03/17-995-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif muayyan darajada ta’lim sifatini yaxshilashga, innovatsion faollikni oshirishga, tadbirkorlik faoliyatida innovatsiyalarni joriy qilishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish