Akbarova Malika Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida  e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida aholini ish bilan bandlik darajasini oshirishning iqtisodiy yo‘nalishlarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3307.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01  
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Ulug‘muradova Nodira Berdimuratovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida aholini ish bilan bandlik darajasini oshirishning iqtisodiy yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion iqtisodiyot sharoitida ish bilan bandlik o‘zgarishini tavsiflovchi nomenklaturani texnologik rivojlanish, ish o‘rinlarining sifati, ish bilan bandlik shakllari va inson kapitali yo‘nalishdagi takomillashtirilgan yondashuvga ko‘ra shakllantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
innovatsion yo‘naltirilgan ish bilan bandlik tasnifini hududiy tabaqalanish tendensiyasi, hududlar va gender nomutanosibliklari o‘rtasidagi tarkibiy tafovutlar asosida klasterlar bo‘yicha tasniflashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
iqtisodiyotdagi innovatsion-tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida mehnat bozori drayveri sifatida innovatsion klasterlarni tashkil etish, STEM ta’lim bazasini kengaytirish, platformaviy mehnatni qo‘llab-quvvatlash, startap tadbirkorlikni rag‘batlantirish, Sanoat-4.0 texnologiyalarini sanoatga joriy etish kabi mexanizmlarni ustuvor rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida aholini ish bilan bandligini oshirishning iqtisodiy yo‘nalishlarini takomillashtirishga qaratilgan ekonometrik modellar asosida 2030-yilga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognozlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida aholini ish bilan bandlik darajasini oshirishning iqtisodiy yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
innovatsion iqtisodiyot sharoitida ish bilan bandlik o‘zgarishini tavsiflovchi nomenklaturani texnologik rivojlanish, ish o‘rinlarining sifati, ish bilan bandlik shakllari va inson kapitali yo‘nalishdagi takomillashtirilgan yondashuvga ko‘ra shakllantirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Zamonaviy tendensiyalarni aniqlash, gender nomutanosibliklari va viloyatlar o‘rtasidagi tarkibiy tafovutlarni kamaytirish chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/00-03/10-12404-son ma’lumotnomasi). Ushbu nomenklatura asosida innovatsion mehnat bozorini barcha darajalarida baholash va aholini ish bilan bandlik holatini turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar orqali baholash uslubiy imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovatsion yo‘naltirilgan ish bilan bandlik tasnifini hududiy tabaqalanish tendensiyasi, hududlar va gender nomutanosibliklari o‘rtasidagi tarkibiy tafovutlar asosida klasterlar bo‘yicha tasniflashning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Zamonaviy tendensiyalarni aniqlash, gender nomutanosibliklari va viloyatlar o‘rtasidagi tarkibiy tafovutlarni kamaytirishda chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/00-03/10-12404-son ma’lumotnomasi). Taklif aholini ish bilan samarali bandlik darajasini oshirish va ishsizlik darajasini kamaytirishning samarali yo‘nalishlarini amaliyotga joriy qilishga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiyotdagi innovatsion-tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida mehnat bozori drayveri sifatida innovatsion klasterlarni tashkil etish, STEM ta’lim bazasini kengaytirish, platformaviy mehnatni qo‘llab-quvvatlash, startap tadbirkorlikni rag‘batlantirish, Sanoat 4.0 texnologiyalarini sanoatga joriy etish kabi mexanizmlarni ustuvor rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Zamonaviy tendensiyalarni aniqlash, gender nomutanosibliklari va viloyatlar o‘rtasidagi tarkibiy tafovutlarni kamaytirishda chora-tadbirlar rejasi”va aholini daromadli mehnat bilan band qilish metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/00-03/10-12404-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif axolini ish bilan bandligini oshirish yo‘nalishlarini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda innovatsion mehnat bozorini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ilmiy asoslanish darajasni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida aholini ish bilan bandligini oshirishning iqtisodiy yo‘nalishlarini takomillashtirishga qaratilgan ekonometrik modellar asosida 2030-yilga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognozlar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Mehnatga layoqatli aholini, jumladan yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror va samarali bandligiga ko‘maklashishda ishsizlik darajasini kamaytirishning tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarini” ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 01/00-03/10-12404-son ma’lumotnomasi). Taklif hududlarda aholini ish bilan bandlik darajasini istiqboldagi rivojlanishining statistik baholash imkonini kengaytirishga va aholini ish bilan bandligini oshirish yo‘nalishlariga omillar ta’sirini aniqlash darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish