Kamchiev Salimberdi Xudayberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Estetik tarbiya asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9238
Ilmiy rahbar: Xalimova Mashraboy Vaxidovna, psixologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
III. Tadqiqotning maqsadi estetik tarbiya asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishning ijtimoiy pedagogik modelini ishlab chiqish, rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
IV. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning jismoniy holatini normallashtiruvchi pedagogik usullar harakat faoliyatining tezlik, ritm, muvozanat, koordinatsiya kabi komponentlarini boshqaradigan markaziy nerv tizimi “dinamik stereotip”iga ta’sir etuvchi psixofiziologik estetika elementlarini mavzular mazmuniga mos ketma-ket harakatlanuvchi dizaynlash asosida transformatsiyalashga ko‘ra takomillashtirilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda jismoniy faollikni rivojlantirishning metodik va didaktik ta’minoti emotsional barqarorlik, stressga chidamlilik, motivatsion faollikni shakllantiruvchi vizual relaksatsion estetik elementlarni amaliy mashg‘ulotlarni muvozanatlashgan qismiga bir-birini to‘ldiruvchi sifatida kiritish asosida optimallashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ruhiy-jismoniy faollikni rivojlantiruvchi pedagogik usullar harakat faoliyati va vizual motivatsion muloqotni shakllantiruvchi “estetik idrok indekslari” bilan modifikatsion kognitiv aloqadorlik shaklida integratsiyalashga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar jismoniy harakatlar komponentlariga estetik-harakatli indikatorga ko‘ra tana a’zolari muvozanatini barqarorlashtiruvchi xususiyatli mualliflik – “Sog‘lomlashtiruvchi nafas olish texnologiyasi”ni har bir dars mazmuniga tezkor-amaliy va o‘zaro bog‘liqlik shaklida uyg‘unlashtirgan holda kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Estetik tarbiya asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
talabalarning jismoniy holatini normallashtiruvchi pedagogik usullar harakat faoliyatining tezlik, ritm, muvozanat, koordinatsiya kabi komponentlarini boshqaradigan markaziy nerv tizimi “dinamik stereotip”iga ta’sir etuvchi psixofiziologik estetika elementlarini mavzular mazmuniga mos ketma-ket harakatlanuvchi dizaynlashga doir takliflardan bo‘lajak o‘qituvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2022 – 2023 – yillarda bajarilgan I – 203 – 4 raqamli “Mamlakatimizda millatlar aro munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish nomli fundamental loyiha yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Madaniyat vazirligi 2025 – yil 4 – fevraldagi 869 – sonli buyrug‘i I – 203 – 4 raqamli guvohnoma). Natijada estetik tarbiya asosida bo‘lajak o‘qituvchillarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda jismoniy faollikni rivojlantirishning metodik va didaktik ta’minoti emotsional barqarorlik, stressga chidamlilik, motivatsion faollikni shakllantiruvchi vizual relaksatsion estetik elementlarni amaliy mashg‘ulotlarni muvozanatlashgan qismiga bir-birini to‘ldiruvchi sifatida kiritish asosida optimallashtirishga doir takliflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti talabalarini ruhiy va jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetining 2025 – yil 15 – yanvardagi 243 – 04 – sonli buyrug‘i 11- 05 raqamli guvohnoma). Natijada estetik tarbiya asosida, bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda ruhiy-jismoniy faollikni rivojlantiruvchi pedagogik usullar harakat faoliyati va vizual motivatsion muloqotni shakllantiruvchi “estetik idrok indekslari” bilan modifikatsion kognitiv aloqadorlik shaklida integratsiyalashga ko‘ra takomillashtirishga doir takliflar bo‘lajak o‘qituvchilar uchun yozilgan “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’li, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 – yil 27 – dekabrdagi 485 – sonli buyrug‘i 7107 – raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lomlshtiruvchi gimmanastika mashg‘ulotlari asosida turmush tarzini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.
talabalarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar jismoniy harakatlar komponentlariga estetik-harakatli indikatorga ko‘ra tana a’zolari muvozanatini barqarorlashtiruvchi xususiyatli mualliflik – “Sog‘lomlashtiruvchi nafas olish texnologiyasi”ni har bir dars mazmuniga tezkor-amaliy va o‘zaro bog‘liqlik shaklida uyg‘unlashtirgan holda kiritishga ko‘ra takomillashtirishga doir takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligi tomonidan mulliflik guvohnomasi olingan va amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2025 – yil 14 – iyuldagi 02 – 22/7493 – sonli buyrug‘i K/R 1651 raqamli guvohnoma). Natijada estetik tarbiya asosida sportchi o‘qituvchilar va bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishning pedagogik yondashuvlarini samarali oshirishga erishilgan.