Mirzaeva Vaziraxon Murodjon qizining    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Fransuz tilida epitetning lingvostilistik tadqiqi (badiiy va publisistik nutq asosida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №2024.2.PhD/Fil3402.
Ilmiy rahbar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Axrorova Ro‘zixon Usmanovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz tilida epitetni ifodalovchi vositalarni lingvostilistik jihatdan tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz tili epitetlarining lingvostilistik xususiyatlari va leksik-semantik mohiyati tilning milliy-lisoniy, til va nutq madaniyati, til egalarining milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odatlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi dalillangan; 
fransuz badiiy va publisistik matnlarida epitetlar intertekstuallikni hosil qilish, ramziy ma’noda ishlatilib, matnning estetik ta’sirchanligini oshirish, muayyan voqelikka nisbatan obektiv va subektiv baholash munosabatini ko‘rsatish, ular orqali adresatga ta’sir ko‘rsatish funksiyasini bajarishi isbotlangan;
fransuz tili epitetlari semantik valentligiga qarab aniqlovchi tanlashda ularning konnotativ va denotativ ma’nolari, kuchlilik-kuchsizlik, ijobiylik-salbiylik, uslubiy xoslanganlik, darajalanish, shakl va ma’no munosabati, tarixiylik omillarining birlamchi ekanligi, va aynan, shu holatlar epitetlar tarjimasida adekvatlikni ta’minlay olishi aniqlangan;
fransuz tilidagi epitetlar aniqlanib, ularning til tizimida tutgan o‘rni stilistik kesimda tadqiq etilgan hamda epitetlarni ifodalovchi til birliklarining semantik va grammatik tabiatiga ko‘ra, ularning har biriga xos umumiy hamda xususiy belgilari aniqlangan, shu yo‘sinda ularning lingvostilemalar sifatidagi maqomi ilk bor ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz tilida epitetning lingvostilistik tadqiqi natijasida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
dissertatsiyadagi badiiy va publisistik kontekstida epitetlar intertekstuallikni hosil qilish, ramziy ma’noda ishlatilib, matnning estetik ta’sirchanligini oshirish, muayyan voqelikka nisbatan subektiv baho va munosabatni ko‘rsatish, ular orqali adresatga ta’sir ko‘rsatish funksiyasini bajarishi, milliy va madaniy jihatlaridan kelib chiqqan holda ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish usullarini ishlab chiqishga doir materiallari va natijalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan «OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish» davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi 2025-yil 15-apreldagi 04-1323-son ma’lumotnomasi) Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
dissertatsiyadagi fransuz tili epitetlari semantik valentligiga qarab aniqlovchi tanlashda ularning konnotativ va denotativ ma’nolari, kuchlilik-kuchsizlik, ijobiylik-salbiylik, uslubiy xoslanganlik, darajalanish, shakl va ma’no munosabati, tarixiylik omillarining birlamchi ekanligi, va aynan, shu holatlar epitetlar tarjimasida adekvatlikni ta’minlay olishiga doir qarashlardan ixtisoslashgan atamalar tavsifi yuzasidan berilgan ilmiy va nazariy fikrlardan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan «№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish» davlat innovasion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi 2025-yil 15-apreldagi 04-1324-son ma’lumotnomasi) natijada diskursiv qo‘llanishda o‘ziga xoslik kasb qiluvchi ayrim til birliklarining tavsifi yanada yorqinlashgan;
fransuz tili epitetlarining lingvistik-stilistik xususiyatlari va leksik-semantik mohiyati milliy-lingvistik o‘ziga xoslik, til va nutq madaniyati, milliy mentalitet, dunyoqarash, ma’naviyat, diniy g‘oyalar, noyob urf-odatlar va she'riy fikrlash kabi omillarning integratsiyasi asosida shakllanishi kabi xususiyatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2024-yil 5-6-may kunlari tashkil etilgan «Frankofon teatr festivali» doirasida «Kanikul-2080» pesasida foydalanilgan. (Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining 2025-yil 20-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada Festival ishtirokchilari tomonidan epitetlarning til va san’atda qo‘llanilishini chuqurroq tushunishga, ularning nutqiy muloqot qobiliyatlarini yaxshilashga va oshirishga muvaffaq bo‘lingan; 
epitetlarning fransuz tilida ifodalnishi, muayyan voqelikka nisbatan subektiv baho va munosabatni ko‘rsatishi, ular orqali adresatga ta’sir ko‘rsatish funksiyalari haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Fan ufqlari» nomli eshittirishlarning 2025-yil yanvar va fevral oylaridagi sonlarida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib o‘tdi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasi 2025-yil 7-apreldagi 05-09-433-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar materiallari mazmuni fransuz badiiy va publisistik kontekstida epitetlar intertekstuallikni hosil qilishi, matnning estetik ta’sirchanligini oshirishi kabi ilmiy dalillar bilan boyitilgan. 


Ilmiy Kengash raisi                 D.A.Rustamov
Ilmiy Kengash kotibi                 A.Dj.Ataboev 
Ilmiy rahbar                     J.A.Yakubov
Talabgor                         V.M.Mirzaeva

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish