Kurbanov Muzaffar Ummatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik jamoani maqsadli boshqarish samaradorligining mexanizmlarini takomillashtirish” 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2047
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02
Rasmiy opponentlar:
Safarova Rohatoy Gaybullaevna pedagogika fanlari doktori, professor
Artikova Muhayyo Botiralievna pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagogik jamoasini maqsadli boshqarishning samaradorligini ta’minlovchi mexanizmlarni ilmiy asosda takomillashtirish hamda mazkur jarayonni optimallashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
pedagogik jamoalarni boshqarishning evolyusion rivojlanish tendensiyalarining tarixiy bosqichlari va zamonaviy ta’lim tizimi talablariga muvofiq bosqichma-bosqich tahlil qilinib, an’anaviy boshqaruv yondashuvlarining mazmun-mohiyati, ularning zamonaviy strategik va maqsadli boshqaruv konsepsiyalariga transformatsiyalanish jarayoni ilmiy-nazariy jihatdan aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagogik jamoasini maqsadli boshqarish samaradorligini kompleks diagnostika qilishga yo‘naltirilgan boshqaruvda ishtirokchanlik indeksi, jamoaviy refleksiya va o‘zgarishga tayyorlik ko‘rsatkichi, o‘zaro ishonch koeffisienti, funksional rollarning aniq taqsimlanish darajasi hamda rahbarlik kompetensiyalari reytingi kabi diagnostik indikatorlari asosida takomillashtirilgan;
pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini amalga oshirishning tashkiliy bosqichlari hamda pedagogik-metodik usullari tizimlashtirilib, mazkur jarayonga zamonaviy boshqaruv texnologiyalari – SCRUM, maqsadlar daraxti va muammolar aksining pedagogik sharoitga moslashtirilgan shakllari integratsiya qilinib, hamkorlikning institutsional asoslari, refleksiv tahlil va motivatsion stimullar majmuasi asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik jamoani maqsadli boshqarishga yo‘naltirilgan strategik yondashuv asosidagi zamonaviy boshqaruv modeli ilmiy-nazariy hamda metodik jihatdan qayta ko‘rib chiqilib, uning mazmuni zamonaviy ta’lim menejmenti talablari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik jamoani maqsadli boshqarish samaradorligining mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
pedagogik jamoalarni boshqarishning evolyusion rivojlanish tendensiyalarining tarixiy bosqichlari va zamonaviy ta’lim tizimi talablariga muvofiq bosqichma-bosqich tahlil qilinib, an’anaviy boshqaruv yondashuvlarining mazmun-mohiyati, ularning zamonaviy strategik va maqsadli boshqaruv konsepsiyalariga transformatsiyalanish jarayoniga doir takliflari “Ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik jamoani boshqarishning ko‘p qirrali tahlil imkoniyatlari kengaytirishga zarur sharoitlar yaratilgan;
samaradorligini kompleks diagnostika qilishga yo‘naltirilgan boshqaruvda ishtirokchanlik indeksi, jamoaviy refleksiya va o‘zgarishga tayyorlik ko‘rsatkichi, o‘zaro ishonch koeffisienti, funksional rollarning aniq taqsimlanish darajasi hamda rahbarlik kompetensiyalari reytingi kabi diagnostik indikatorlarini takomillashtirishga doir takliflari “Maktabda personalni boshqarish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik jamoani boshqarishning ko‘p qirrali tahlil imkoniyatlari kengayib, jamoaning o‘zaro ishonchi, boshqaruvdagi faolligi va o‘zgarishga tayyorligi sezilarli darajada ortgan;
pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini amalga oshirishning tashkiliy bosqichlari hamda pedagogik-metodik usullari tizimlashtirilib, mazkur jarayonga zamonaviy boshqaruv texnologiyalari – SCRUM, maqsadlar daraxti va muammolar aksining pedagogik sharoitga moslashtirilgan shakllari integratsiya qilinib, hamkorlikning institutsional asoslari, refleksiv tahlil va motivatsion stimullar majmuasini takomillashtirishga doir takliflari “Maktabda personalni boshqarish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik jamoani boshqarishning ko‘p qirrali tahlil imkoniyatlari kengayib, amaliy tavsiyalarni tatbiq etish samaradorligi yaxshilangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik jamoani maqsadli boshqarishga yo‘naltirilgan strategik yondashuv asosidagi zamonaviy boshqaruv modeli ilmiy-nazariy hamda metodik jihatdan qayta ko‘rib chiqilib, uning mazmuni zamonaviy ta’lim menejmenti talablari asosida takomillashtirishga doir takliflari “Ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik jamoa faoliyatida boshqaruvning ko‘p qirrali tahlil imkoniyatlari, jamoaning o‘zaro ishonchi va boshqaruvdagi faolligi sezilarli darajada oshgan.