Kazbekov Jusipbek Sdikbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i: “Havza darajasida suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish (Farg‘ona vodiysi misolida)”, 11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy maslahatchi: Saloxiddinov Abdulxakim Temirxo‘jaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof - muhit va tabiatni muxofaza qilish texnalogiyalari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.04.2021.T.79.02
Rasmiy opponentlar: Myagkov Sergey Vladimirovich texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Pulatov Baxtiyor Alimovich, texnika fanlari doktori, professor., Ikromova Malika Raximberdievna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv resurslarini boshqarishning turli ierarxiya darajalarida ilmiy asoslangan texnologiyalar va usullarni rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha:
suv resurslarining cheklanganligi, suvga yuqori tarmoqlararo va davlatlararo raqobat sharoitida suv bilan ta’minlanganlik darajasining o‘zgaruvchanligi hamda suv xo‘jaligidagi islohotlar jarayonlarida suv xo‘jaligi tizimlarining samarali faoliyat yuritish omillarini inobatga olgan holda transchegaraviy xarakterga ega havzalar darajasida suv resurslarini boshqarish mexanizmlari takomillashtirilgan;
Sirdaryo daryosi havzasidagi suv resurslarini boshqarish tizimlari sharoitida suv resurslarini boshqarish barqarorligi va ulardan foydalanish samaradorligini baholash imkonini beruvchi miqdoriy koʻrsatkichlarni o‘z ichiga oluvchi indikatorlar kompleks tizimi ishlab chiqilgan; 
mustakillik davrida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini tartibga solish bo‘yicha institutsional tuzilma va yondashuvlarning transformatsiya bosqichlari, shuningdek, davlatlar, suv xo‘jaligi tashkilotlari va suvdan foydalanuvchilari o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish xususiyatlari aniqlangan;
sug‘orish tarmoqlari va asosiy kanallarning ishlashini monitoring qilish, shuningdek, turli iste’molchilar o‘rtasida suv taqsimoti sifatiga oid obektiv ma’lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beruvchi suv taqsimoti samaradorligini baholash bo‘yicha indikatorlar tizimi modeli ishlab chiqilgan; 
ob-havo sharoitlari va qishloq xo‘jaligi ekinlari xususiyatlarini hisobga olgan holda agroiqlimiy modellar, jumladan Penman-Monteith tenglamasiga asoslangan suv olish va suv etkazib berish hajmlarini hisoblashning takomillashtirilgan usullari ishlab chiqilgan;
suv resurslarini rejalashtirish va taqsimlashda gidrografik va ma’muriy yondashuvlarni muvofiqlashtirish asosida suv resurslarini havza darajasida boshqarish bo‘yicha havzaviy rejalar natijadorligini oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish sharoitida “benefit sharing” (foydalarni taqsimlash) mexanizmlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan asosiy xarajatlar va toʻsiqlar aniqlanib, foyda taqsimoti mexanizmlari ishlab chiqilgan;
gorizontal muvofiqlashtirish, raqamli monitoring, teskari aloqa va suvdan foydalanuvchilarni suv resurslarini boshqarish jarayonlariga jalb etish mexanizmlarini qo‘llagan holda mamlakatlar, viloyatlar, tumanlar va suv iste’molchilari o‘rtasida suv resurslarini boshqarishda samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydigan barqaror darajalararo (mezo-darajadagi) hamkorlik modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Havza darajasida suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish orqali olingan natijalari asosida:
suv resurslarining cheklanganligi, suvga yuqori tarmoqlararo va davlatlararo raqobat suv bilan ta’minlanganlik darajasining o‘zgaruvchanligi hamda suv xo‘jaligidagi islohotlar jarayonlarida suv xo‘jaligi tizimlarining samarali faoliyat yuritish omillarini inobatga olgan holda transchegaraviy xarakterga ega havzalar darajasida suv resurslarini boshqarish mexanizmlari takomillashtirilib Farg‘ona viloyatida irrigatsiya tizimlariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 12 maydagi 04/29-2047-son ma’lumotnomasi). Natijada suv xo‘jaligi tizimidan samarali foydalanish hamda suv yo‘qotishlarini 14–22% ga kamaytirish vimkoni yaratilgan;
tadqiqot natijalari Sirdaryo daryosi havzasi suv resurslarini boshqarish tizimida qo‘llanganligi bu O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 12-maydagi 04/29-2047-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida zamonaviy suv taqsimoti va monitoring tizimining elementlari, jumladan suv etkazib berishni rejalashtirish va nazorat qilish usullari hamda samaradorlikni indikatorlar asosida baholash prinsiplari joriy etildi. Suv xo‘jaligi tashkilotlari darajasida suvdan foydalanishni rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Janubiy Farg‘ona kanali va Sirdaryoning alohida irmoqlarida joriy etilgan bo‘lib, bu suv yo‘qotishlarini 14–22% ga kamaytirish va suv etkazib berishning bir xillik koeffisientini oshirishni ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish