Abdullaeva Muyassar Isakovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish metodikasi
(Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4451
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Dissertatsiya ishi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti PhD.01/2025.27.12.B.04.05.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Furqat To‘raqulovich, pedagogika fanlari doktori professor; Abdullaeva Muborak Maksumovna biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish imkoniyatlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanogen tafakkurni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda salomatlikka yo‘naltirilgan ta’limni loyihalash qobiliyatini fiziologik mini-amaliyotlar, dinamik tanaffuslar, keys-tahlillar, stress-menejment elementlarini tatbiq etish orqali shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni shakllantirish metodikasi dars maqsadlari va didaktik mazmunga salomatlikka ta’sir komponentini fanlararo integratsiya orqali singdirish bilan psixofiziologik barqarorlik, sog‘lom turmush tarzi kabi kasbiy kompetensiyalarni tizimli shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning kognitiv-faoliyatli modeli kasbiy tayyorgarlik jarayoniga biologik-fiziologik bilimlarni pedagogik antropologiyaga amaliy yo‘naltirilgan holda integratsiya qilish orqali hayotga mas’uliyatni tarbiyalashga qaratilgan salomatlikka bog‘liq o‘quv vaziyatlarini modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlanganlik samaradorligini Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlaridan tizimli foydalanishga ko‘ra faoliyat natijalarini baholashning boshlang‘ich (motivatsion-kognitiv), tayanch (ratsional-emotiv), yuqori (shaxsiy-ijodiy) hamda eng yuqori (sanogen refleksiya) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
sanogen tafakkurni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda salomatlikka yo‘naltirilgan ta’limni loyihalash qobiliyatini fiziologik mini-amaliyotlar, dinamik tanaffuslar, keys-tahlillar, stress-menejment elementlarini tatbiq etish orqali shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, №454524003144855707-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar sanogen tafakkurini rivojlantirishning didaktik va metodik imkoniyatlarini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni shakllantirish metodikasi dars maqsadlari va didaktik mazmunga salomatlikka ta’sir komponentini fanlararo integratsiya orqali singdirish bilan psixofiziologik barqarorlik, sog‘lom turmush tarzi kabi kasbiy kompetensiyalarni tizimli shakllantirishga oid tavsiyalar “Vozrastnaya fiziologiya i shkol`naya gigiena” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i, №418-170-nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq kasbiy kompetensiyalarini rivojlanshtirishga erishilgan;
talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning kognitiv-faoliyatli modeli kasbiy tayyorgarlik jarayoniga biologik-fiziologik bilimlarni pedagogik antropologiyaga amaliy yo‘naltirilgan holda integratsiya qilish orqali hayotga mas’uliyatni tarbiyalashga qaratilgan salomatlikka bog‘liq o‘quv vaziyatlarini modellashtirishga oid uslubiy tavsiyalar “Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, №314-48 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga erishilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlanganlik samaradorligini Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlaridan tizimli foydalanishga ko‘ra faoliyat natijalarini baholashning boshlang‘ich (motivatsion-kognitiv), tayanch (ratsional-emotiv), yuqori (shaxsiy-ijodiy) hamda eng yuqori (sanogen refleksiya) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif va tavsiyalar “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, №454524003144855707-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar sanogen tafakkurini zamonaviy usullarda baholash imkoniyati ta’minlangan.