Yusupjanov Elyorbek Usmonali o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nurali Qobul roman-pamfletlari poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (Filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3382.
Ilmiy rahbar: Yo‘lchiev Qahhor Vahobovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pamflet janri shakllanishi, taraqqiyoti, obrazlar tizimi va badiiy-publisistik funksiyasini Nurali Qobul roman-pamfletlari asosida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Nurali Qobul roman-pamfletlaridagi keskin ijtimoiy tanqid, kinoya, badiiy generalizatsiya, xalq va millat ijtimoiy-maishiy hayoti va jamiyatdagi adolatsizlik, ma’muriy tazyiq, inson erkinligining cheklanishi kabi holatlarni fosh etilishi, millatni uyg‘otish va mustahkam milliy fuqarolik pozisiyasini shakllantirish kabi masalalar badiiyat mezonlari asosida aniqlanib, yozuvchi badiiy va publisistik ifodalarining jamiyatga ta’siri darajasi tarixiy voqeliklar va adabiy tamoyillar  orqali dalillangan; 
yozuvchining ilk marotaba turkum milliy roman-pamfletlar yaratilganligi, Nurali Qobul tomonidan o‘zbek tilining sermazmun xalqona milliy-tarixiy va emotsional-badiiy lisoniy qatlamlaridan foydalanib lirik, satirik va ironik badiiy-publisistik ifodalarning maydonga kelganligi va bu orqali o‘zbek zamonaviy adabiyotida yangi individual uslub shakllanganligi hamda ijodkor badiiy mahorati isbotlangan;
Nurali Qobul badiiy publisistikasidagi vatanparvarlik va millatparvarlik ezgu g‘oyalarining, azaliy insoniylik tuygularining keng ko‘lamli mazmuniy ifodalarning asosiy omili betakror, o‘ziga xos nutqiy shakllar, badiiy ko‘chim, vositalar va obrazlar, ramzlar ekanligi ochib berilgan;
Nurali Qobulning badiiy va ommabop uslubidagi roman-pamfletlarida milliylikning kuchli ta’siri sababi undagi sof turkiy-o‘zbekcha so‘zlarning nisbatan ko‘p qo‘llanganligi hamda mental tafakkurimizga xos an’anaviy tushuncha va qadriyatlar, shuningdek, milliy qarashlarning yetakchiligida ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Roman-pamflet poetikasiga oid masalalar tadqiqining ilmiy xulosa va natijalari asosida:
Nurali Qobul roman-pamfletlaridagi keskin ijtimoiy tanqid, kinoya, badiiy generalizatsiya, xalq va millat ijtimoiy-maishiy hayoti va jamiyatdagi adolatsizlik, ma’muriy tazyiq, inson erkinligining cheklanishi kabi holatlarni fosh etilish, millatni uyg‘otish va mustahkam milliy fuqarolik pozisiyasini shakllantirish kabi masalalar badiiyat mezonlari asosida aniqlanib, yozuvchi badiiy va publisistik ifodalarining jamiyatga ta’siri darajasi tarixiy voqeliklar va adabiy tamoyillar  orqali dalillangan fikr va mulohazalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014-yillarda bajarilgan F1-X T-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 26-dekabrdagi 641-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihadagi umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning badiiy asarlar orqali amalga oshirilishi o‘rinlari ilmiy asoslar bilan boyitilgan;
yozuvchining ilk marotaba turkum milliy roman-pamfletlar yaratilganligi, Nurali Qobul tomonidan o‘zbek tilining sermazmun xalqona milliy-tarixiy va emotsional-badiiy lisoniy qatlamlaridan foydalanib lirik, satirik va ironik badiiy-publisistik ifodalarning maydonga kelganligi va bu orqali o‘zbek zamonaviy adabiyotida yangi individual uslub shakllanganligi hamda ijodkor badiiy mahorati isbotlangan xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 26 dekabrdagi 640-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyihaning adabiy tildagi badiiy va ommabop uslubga xos so‘zlarning imloviy to‘ri yozilish yo‘llariga misollar keltirish ko‘lami kengayishiga xizmat qilgan;
Nurali Qobul badiiy publisistikasidagi vatanparvarlik va millatparvarlik ezgu g‘oyalarining, azaliy insoniylik tuygularining keng ko‘lamli mazmuniy ifodalarning asosiy omili betakror, o‘ziga xos nutqiy shakllar, badiiy ko‘chim, vositalar va obrazlar, ramzlar ekanligi ochib berilgan hamda Nurali Qobulning badiiy va ommabop uslubidagi roman-pamfletlarida milliylikning kuchli ta’siri sababi undagi sof turkiy-o‘zbekcha so‘zlarning nisbatan ko‘p qo‘llanganligi hamda mental tafakkurimizga xos an’anaviy tushuncha va qadriyatlar, shuningdek, milliy qarashlarning yetakchiligida ekanligi aniqlangan orindagi fikrlardan O‘zbekiston Respubukasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respubukasi Yoshlar siyosati va sport vazjrligi huzuridagi yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 28-dekabrdagi 02-22/1026-son ma’lumotnomasi). Natijada barkamol shaxsni tarbiyalash, ular ongiga milliy mustaqillik g‘oyasini singdirishda kitob va kitobxonlining o‘rni haqidagi targibot asoslari mustahkamlangan va tadbirlar samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish