Toshpo‘latov Azizbek Ikromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ahmad Tabibiy musammatlari badiiyati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4358.
Ilmiy rahbar: Amonov Shermuhammad Normurotovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03
Rasmiy opponentlar: To‘laganova Sanobar Panjievna, filologiya fanlar doktori, professor; Hojieva Shahlo Hazratovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ahmad Tabibiyning musammat janrida yaratgan lirik asarlari tadqiqi orqali musammat janrlari taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini dalillash hamda shoirning badiiy mahoratini, lirikada aks etgan badiiy qonuniyatlarni ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek adabiyotida ilk bor Ahmad Tabibiyning milliy adabiyotimiz rivojidagi  hissasi, u yaratgan musammatlarning hajm va mazmun salmog‘i, o‘zbek mumtoz adabiyoti lirik janrlarining takomillashishidagi o‘rni va ulushi, an’anaviylik, novatorlik va izdoshlik borasidagi mahorati, iste’dodi tarixiylik va zamonaviylik tamoyillari asosida aniqlangan;
o‘zbek mumtoz she’riyatida musammat she’rlarning deyarli barchasi faqat Ahmad Tabibiy ijodida uchrashi aniqlanib, musammatning faol qo‘llanuvchi vaznlardan farqli,  nisbatan kam uchraydigan, murakkab tizimga ega muxammasga muxammas yoki musamman bog‘lagani, muxammaslarga nazira, tatabbu’ bog‘laganligi, tavorid musammat navlarini yaratganligi, musammatlarning aruz badiiy o‘lchov tizimi bahrlariga moslashtirgani isbotlangan; 
shoir badiiy tafakkuri orqali musammatlarning ishqiy, irfoniy, tasavvufiy mazmun-mohiyati, betakror va o‘ziga xos poetik shakllari, ularga insoniy lirik kechinmalarini mahorat bilan singdirilishi, xalqona so‘zlarning badiiyat vositasiga ko‘tarishidagi individual pozisiyasi, navatorligi, ijodidagi an’ana va tendensiya badiiy mazmun va shakl uyg‘unligi tamoyili orqali dalillangan; 
ijodkorning o‘zbek mumtoz she’riyatida musammat janri bo‘yicha alohida ijodiy maktab yaratgani, janr poetikasiga milliy-mental ruhni, ijtimoiy-falsafiy mazmun va badiiy-estetik tafakkur uyg‘unligini vazn, qofiya, radif, ilmi bade’ kabi mumtoz badiiy unsurlardan foydalanib takomillashtirganligi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ahmad Tabibiy musammatlari badiiyati tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
Ahmad Tabibiyning o‘zbek adabiy muhiti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, u yaratgan musammatlarning hajm va mazmun salmog‘i, o‘zbek mumtoz adabiyoti lirik janrlarining takomillashishidagi o‘rni va ulushi, an’anaviylik, novatorlik va izdoshlik borasidagi o‘ziga xos yo‘li badiiy mahorati, iste’dodi tarixiylik va zamonaviylik tamoyillari asosida aniqlangan ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2023-2024-yillarda amalga oshirilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 17-martdagi 04/1-864-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy loyihaning o‘zbek adabiy muhitiga bag‘ishlangan o‘rinlari  Ahmad Tabibiy turkiy va forsiy tillarda tartib bergan devonlari orqali boyitilgan;  
shoir badiiy tafakkuri orqali musammatlarning ishqiy, irfoniy, tasavvufiy mazmun-mohiyati, betakror va o‘ziga xos poetik shakllari, ularga insoniy lirik kechinmalarini mahorat bilan singdirilishi, xalqona so‘zlarning badiiyat vositasiga ko‘tarishidagi individual pozisiyasi, navatorligi, ijodidagi an’ana va tendensiya badiiy mazmun va shakl uyg‘unligi tamoyili orqali dalillangan xulosa va natijalardan  Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 17-martdagi 04/1-865-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda keng kitobxon ommasi uchun Tabibiyning badiiy mahorati, poetik tafakkuri, ijodiy barkamolligi, shaxsiyati, lirikasi bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.
Tabibiyning  o‘zbek mumtoz she’riyatida faol qo‘llanuvchi vaznlardan farqli,  nisbatan kam uchraydigan, murakkab tizimga ega muxammasga muxammas yoki musamman bog‘lagani, muxammaslarga nazira, tatabbu’ bog‘laganligi, tavorid musammat navlarini yaratganligi, musammatlarning aruz badiiy o‘lchov tizimi bahrlariga moslashtirgani isbotlangan hamda ijodkorning o‘zbek mumtoz she’riyatida musammat janri bo‘yicha alohida ijodiy maktab yaratgani, janr poetikasiga milliy-mental ruhni, ijtimoiy-falsafiy mazmun va badiiy-estetik tafakkur uyg‘unligini vazn, qofiya, radif, ilmi bade’ kabi mumtoz badiiy unsurlardan foydalanib takomillashtirganligi ochib berilgan fikrlardan IL-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” (2021-2023-yillar) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 17-martdagi 04/1-866-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-badiiy muhit, milliy mumtoz she’riyatining xalqimiz adabiy-estetik tafakkurini o‘stirish yo‘nalishlari manbalar bilan boyitilgan.
Tabibiy musammatarida aruzning ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib, muzori’, munsarih singari bahrlarida ijod qilgani, shoirning aksar she’rlari ramal va hazaj bahrlarida yozilgani aniqlanib, o‘zbek mumtoz she’riyatida faol qo‘llanuvchi vaznlar qatorida nisbatan kam vaznlarda ham she’rlar bitgani shoirning yuksak mahoratiga dalil bo‘la olishi asoslanganiga doir yangi ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Buyuk yurt allomalari” nomli ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasining 2024-yil 26-yanvardagi 06-28-985-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuvlarning sifati oshib, milliy uyg‘onish davri she’riyatining xalqimiz adabiy-estetik tafakkurini o‘stirishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan.

Ilmiy kengash raisi                                     N.M.Uluqov 
Ilmiy kotib                                                  I.Oʻ.Darvishov 
Ilmiy rahbar                                               Sh.N.Amonov 
Talabgor                                                     A.I.Toshpoʻlatov 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish