Ruziev Islambay Samandarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuv asosida bo’lajak transport muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Ped765.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Quanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor;  Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak transport muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlari va ularning tarkibiy komponentlari mazmuni kasbiy faoliyatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, innovatsion muammolarni hal etishda maqbul qarorlar qabul qilish, amaliy faoliyatda kasbiy ko‘nikmalarni qo‘llay olish va bu jarayonda diagnostik tahlil hamda kasbiy faoliyatni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qayta aloqani ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni kasbiy integratsiyalashuv (professional integration), tajribaga asoslangan ta’lim (experiential learning) va tahliliy-refleksiv rivojlanish (analytical-reflective development) bosqichlarini o‘z ichiga olgan izlanishga asoslangan ta’lim (inquiry-based learning) texnologiyasi asosida, ijodiy fikrlash (creative thinking), muhandislikka yo‘naltirilgan o‘qitish (engineering-focused instruction) va muammoli o‘qitish (PBL) (problem-based learning) tamoyillari bilan uyg‘unlashtirilib, kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan pedagogik strategiyasini ishlab chiqildi; 
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim shakllari hamda didaktik imkoniyatlarni kompleks qamrab olgan, innovatsion yondashuv asosida maqsadli (goal-oriented), mazmunli (content-rich), jarayonli (process-based), metodik (methodologically integrated) va natijaviylik (outcome-focused) bloklaridan tarkib topgan, ta’limni loyihalash (learning design) va o‘qitishning metodik (methodical model of teaching) modeli tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqilgan tashkiliy-tuzilmaviy model zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida mazmunan modernizatsiyalashtirilgan;
talabalarda kasbiy vazifalarga oid topshiriqlarni hal qilishda mustaqil amaliy-ijodiy fikrlash (independent practical-creative thinking), tizimli fikrlash yondashuvi (system-based reasoning) va innovatsion yondashuvni shakllantirish, shuningdek, individual o‘rganish imkoniyati (individual learning potential) ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik metodlar hamda “Muammoli vaziyat”, “Engineers ACTP”, “Case study”, “Ilmiy munozara” kabi o‘qitish strategiyalari (interaktiv instructional strategies) asosida o‘quv jarayonining metodikasi va didaktik ta’minot (didaktik support) tizimi zamonaviy talablarga muvofiq tarzda takomillashtirilgan; 
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentlik darajasini kompleks baholashga xizmat qiluvchi yangi avlod baholash mezonlari (generation-based assessment criteria) va faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (performance indicators) tizimini ishlab chiqish asosida professional kompetentligining rivojlanganlik holatini baholash uchun reproduktiv (reproductive), variativ(variative) va kreativ (creative level)  mezonlari hamda tayyorgarlik darajalari (corresponding proficiency staGES) - past (low), o‘rta (medium) va yuqori (high) darajalardagi ko‘rsatkichlarni aniqlashga qaratilgan innovatsion didaktik resurslar (didaktik resources), o‘quv va diagnostik vositalar tizimi resurslari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak transport muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini innovatsion yondashuv asosida o‘qitish samaradorligini oshirishning maqsadli, motivatsion, mazmunli, vositali va natijaviy komponentlarini talabalarda kasbiy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlari mazmuni talabalarda kasbiy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, kasbiy echimlarini maqbul tanlash, kasbiy faoliyatni ta’lim jarayonida qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qayta aloqani ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  60712500 – Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi uchun “Sifrovizatsiya trancportnix kommunikatsiy” nomli darslik (Urganch davlat universitetining 2024-yil 24-iyundagi 117-son buyrug‘i, 92 - sonli nashr guvohnomasi) yaratilgan. Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalarida integratsion o‘qitish jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
texnika sohasida ta’lim olayotgan bo‘lajak  muhandis talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlov, integratsiya, amaliy hamda tahlil va refleksiy  bosqichlarni izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi orqali, ijodiy yo‘nalish, muhandislik va muammoli o‘qitish tamoyillari asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik strategiyasi mashg‘ulotlar bo‘yicha talabalar fikrini o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimiga ko‘ra takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60712500 – Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi uchun “Transport vositalarining gidravlik va qishloq xo‘jalik mashinalarining gidravlik jihozlari”  nomli darslik (Urganch davlat universitetining 2023-yil 26-iyundagi 91-son buyrug‘i, 29- sonli nashr guvohnomasi) yaratilgan. Natijada, bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini innovatsion yondashuv asosida rivojlanishiga xizmat qilgan;
innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik shakllari, yondashuvlari, tamoyillari va tarkibiy komponentlarini o‘zida qamrab olgan kasbiy faoliyatni yaxlit didaktik tizimining integratsiyalashtirilgan tashkiliy tuzilmaviy modeli  “tarmoq-korxona-oliygoh” zanjiri hisobiga modernizatsiyalashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60712500 – Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi uchun “Sifrovizatsiya trancportnix kommynikatsiy” nomli darslik (Urganch davlat universitetining 2024-yil 24-iyundagi 117-son buyrug‘i, 92-sonli nashr guvohnomasi) yaratilgan. Natijada, bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish va tashkiliy tuzilmaviy modelini modernizatsiya qilish imkoniyati yaratilgan; 
talabalarda kasbiy masalalariga oid topshiriqlarni echishga mustaqil amaliy-ijodiy fikrlashi, yangicha tizimli fikrlash va yondashuv, individual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim metodlari va “Muammoli vaziyat”, “Engineers “ACTP””, “Keys stady” va “Ilmiy munozara” metodlari asosida o‘quv jarayonini umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasiga hamda didaktik ta’minotini “oliy muhandislik maktabi”ni tashkil etishga ko‘ra takomillashtirishga doir amaliy taklif va va tavsiyalardan 60712500 – Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi uchun “Transport vositalarining gidravlik va qishloq xo‘jalik mashinalarining gidravlik jihozlari”  nomli darslik (Urganch davlat universitetining 2023-yil 26-iyundagi 91-son buyrug‘i, 29-son1i nashr guvohnomasi)  yaratilgan. Natijada innovatsion yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning metodik va didaktik ta’minoti takomillshatirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentlik darajasini baholash uchun yangi baholash mezonlari va ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqish asosida kasbiy kompetentligini rivojlanganligini baholashning reproduktiv, variativ va kreativ mezonlari hamda past, o‘rta, yuqori darajalari va ko‘rsatkichlari  “ixtisoslik” fanlarining sinergik samarasi hisobiga oshirilishi oxirgi kurs talabalarida “dual ta’lim” asosida amaliyot uyg‘unligiga ko‘ra 1,6 barobarga yuqoriligi asoslanganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Transport vositalarining gidravlik jihozlari” nomli elektron darslikda (Urganch davlat universitetining 2023-yil 26-apreldagi 59-son buyrug‘i, 7- sonli nashr guvohnomasi) foydalanilgan. Natijada, bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalari ta’lim didaktik imkoniyatlarini ommalashtirishga erishilgan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish