Rasulova Muxsina Rozikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «LOR-a’zolari jarohatlarining sud-tibbiy baholanishi», 14.00.24–Sud tibbiyoti(tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib438.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.
Rasmiy opponentlar: Giyasov Zaynitdin Asomitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jaxongir Fazlitdinovich. tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: LOR a’zolari jarohatlari mexanizmi, og‘irlik darajasi va muddatining ekspert baholanish mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud-tibbiy ekspertiza materiallari asosida burun, hiqildoq suyak tog‘ay kompleksi va eshitish a’zolarining mexanik jarohatlarining ko‘p uchraydigan turlari, sabablari, jarohat etkazish holatlari va mexanizmi asoslangan;
burun, hiqildoq suyak tog‘ay kompleksi va eshitish a’zolari jarohatlarining sud-tibbiy tashxislash mezonlari asoslangan;
burun, hiqildoq suyak tog‘ay kompleksi va eshitish a’zolari jarohatlari og‘irlik darajasi va mexanizmini sud-tibbiy baholashda ahamiyatli omillari isbotlangan;
burun, hiqildoq suyak tog‘ay kompleksi va eshitish a’zolari jarohatlari muddatining sud-tibbiy baholash mezonlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
LOR-a’zolari jarohatlarining sud-tibbiy baholanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«To‘mtoq jarohatlanishda hiqildoq suyak tog‘ay kompleksi jarohatlarining ekspert baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 martdagi 8n-z/37-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tashqi ta’sir xarakterini inobatga olgan holda hiqildoq suyak tog‘ay kompleksini tashxislash, differensial tashxislash mezonlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
«To‘mtoq mexanik jarohatlanishlarda burun jarohatlarini ekspert baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 martdagi 8n-z/37-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma burunning to‘mtoq jarohatlanishlarini tashxislash, mexanizmi, og‘irlik darajasi va muddatini ekspert baholash mezonlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
LOR-a’zolari jarohatlarining sud-tibbiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyatlari sud-tibbiy ekspertiza markazlari ambulatoriya va tibbiy-kriminalistik bo‘limlari ekspertlarining sud-tibbiy ekspertiza amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 martdagi 8n-z/37-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi otorinolaringologik tizim a’zolarining jaraohatlarni sud-tibbiy ekspertiza sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.