Zoyirova Dilso‘z Abdijalilovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga ingliz tili o‘qitishni neyrolingvistik yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2PhD/Ped10038
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nodira Muxtorjonovna. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor. Norqo‘zieva Zebo Kamalovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarga ingliz tilini o‘qitishni neyrolingvistik yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga ingliz tilini o‘qitish jarayonida neyrolingvistik yondashuvning didaktik imkoniyatlari kognitiv ehtiyojlarga moslashtirilgan ta’lim muhitida diskurs tahlili va madaniy-lisoniy kontekstga tayangan holda semantik prognozga yo‘naltirilgan perseptiv omillarni tanlash asosida idrok va nutq faoliyatining o‘zaro bog‘liq rivojlanishini ta’minlash nutqiy signalni qayta ishlash jarayonlarini tahliliy tadqiq etish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarga ingliz tilini o‘qitishda neyrolingvistik yondashuvga asoslangan model nutqiy idrok va ifoda jarayonlarini kognitiv diqqat hamda neyrolingvistik refleksiya bilan o‘zaro uyg‘unlashtirishni nazarda tutgan ta’limiy konstruksiya til ko‘nikmalarining funksional namoyon bo‘lishini diskursiv signallar bilan neyrokognitiv qayta ishlash jarayonlarining sinxron muvofiqlashuvini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
neyrolingvistik yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasi ergonomik hamda egzolingvistik ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash sharoitida simulyativ, metaforali va tasavvurga tayangan o‘rganish usullarini nutqiy idrok va ma’no anglash jarayonlariga maqsadli yo‘naltirishni nazarda tutgan perseptiv-intonasion belgilar hamda affektiv signallarni kognitiv qayta ishlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarga ingliz tilini neyrolingvistik yondashuv asosida o‘qitish samaradorligi diskursiv ma’noni kognitiv qayta ishlash faolligi bilan nutqiy ifodaning neyrokognitiv barqarorlashuvi o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni nutqiy idrok va ifoda jarayonlaridagi neyrofaollashuv ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiq namoyon bo‘lishini qiyosiy tahlil qilish natijasida diskursiv ma’no va nutqiy ifoda o‘rtasidagi diskurs birliklari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarga ingliz tili o‘qitishni neyrolingvistik yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarga ingliz tilini o‘qitish jarayonida neyrolingvistik yondashuvning didaktik imkoniyatlari kognitiv ehtiyojlarga moslashtirilgan ta’lim muhitida diskurs tahlili va madaniy-lisoniy kontekstga tayangan holda semantik prognozga yo‘naltirilgan perseptiv omillarni tanlash asosida idrok va nutq faoliyatining o‘zaro bog‘liq rivojlanishini ta’minlash nutqiy signalni qayta ishlash jarayonlarini tahliliy tadqiq etish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Language BridGES: Pre-Intermediate Sourcebook” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 23 iyundagi 11-05-4045/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga ingliz tilini neyrolingvistik yondashuv asosida o‘qitishda nutqiy idrok va ifodaning kognitiv ehtiyojlarga mos rivojlanish omillari aniqlandi;
talabalarga ingliz tilini o‘qitishda neyrolingvistik yondashuvga asoslangan model nutqiy idrok va ifoda jarayonlarini kognitiv diqqat hamda neyrolingvistik refleksiya bilan o‘zaro uyg‘unlashtirishni nazarda tutgan ta’limiy konstruksiya til ko‘nikmalarining funksional namoyon bo‘lishini diskursiv signallar bilan neyrokognitiv qayta ishlash jarayonlarining sinxron muvofiqlashuvini ta’minlash takomillashtirishga doir takliflardan “Language BridGES: Pre-Intermediate Sourcebook” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 23 iyundagi 11-05-4045/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitishda neyrolingvistik yondashuvga tayangan holda gapirish va diskursiv ifoda ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali didaktik mexanizmlari asoslab berildi;
neyrolingvistik yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasi ergonomik hamda egzolingvistik ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash sharoitida simulyativ, metaforali va tasavvurga tayangan o‘rganish usullarini nutqiy idrok va ma’no anglash jarayonlariga maqsadli yo‘naltirishni nazarda tutgan perseptiv-intonasion belgilar hamda affektiv signallarni kognitiv qayta ishlash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Language BridGES: Pre-Intermediate Sourcebook” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 23 iyundagi 11-05-4045/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilida o‘qish va nutqiy ma’no anglash ko‘nikmalarini integrativ rivojlantirishga yo‘naltirilgan neyrolingvistik model takomillashtirildi;
talabalarga ingliz tilini neyrolingvistik yondashuv asosida o‘qitish samaradorligi diskursiv ma’noni kognitiv qayta ishlash faolligi bilan nutqiy ifodaning neyrokognitiv barqarorlashuvi o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni nutqiy idrok va ifoda jarayonlaridagi neyrofaollashuv ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiq namoyon bo‘lishini qiyosiy tahlil qilish natijasida diskursiv ma’no va nutqiy ifoda o‘rtasidagi diskurs birliklari asosida aniqlanishiga doir takliflardan “Language BridGES: Pre-Intermediate Sourcebook” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 23 iyundagi 11-05-4045/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani baholash diskursiv ma’no va nutqiy ifodaning neyrokognitiv qayta ishlanishiga asoslangan ilmiy asoslangan mezonlar orqali aniqlashtirildi.