Eminov Behzodbek Abdujabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9714.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston  milliy pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Qodirov Xasanboy Oribjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Turg‘unboev Sirojiddin Fahriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent;   
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha dasturiy ta’minotlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari inklyuziv ta’lim sharoitlariga mos sensorli boshqaruv va mobil-ovozli navigatsiya vositalarini assistiv texnologiyalariga ko‘ra raqamli ta’lim muhitining geymifikatsion, multimodal hamda vizual resurslarini kognitiv-psixologik, aksiologik vektorda integrativ baholash asosida aniqlashtirilgan; 
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirish modeli inklyuziv moslashtirilgan didaktik resurslarni xamkorlikda ta’lim olish strategiyalariga mos funksional mazmuniga ko‘ra assistiv raqamli kontentlarni sensor navigatsion  simmulyasiyalarning metodik transferi orqali ekotizimli generatsiyasi asosida takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirish metodikasi Screen reader, subtitrlar, ishora tili interfeysi kabi resurslardan inklyuziv ta’limda individual ehtiyojlarga qarab foydalanilishiga ko‘ra axborotga erkin kirish, interfeys-vizual ko‘nikmalarning kontrast-brailli printer mashinani tarjima komponentlariga adaptiv moslashtirilgan loyihaviy texnologiyalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirish samaradorligi inklyuziv ta’limda https://smartaccessedu.vercel.app platformasidan mustaqil foydalanish strategiyalariga asoslanib axborotni kiber-axloqiy xavfsizlikka muvofiq tanqidiy taxlil etishni audio-vizual navigatsiya orqali faollashtiruvchi kreativ raqamli resurslarni ishlab chiqish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari inklyuziv ta’lim sharoitlariga mos sensorli boshqaruv va mobil-ovozli navigatsiya vositalarini assistiv texnologiyalariga ko‘ra raqamli ta’lim muhitining geymifikatsion, multimodal hamda vizual resurslarini kognitiv-psixologik, aksiologik vektorda integrativ baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’limda raqamli texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3826/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir o‘quvchilarda axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish tizimi va mexanizmlari aniqlangan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirish modeli inklyuziv moslashtirilgan didaktik resurslarni hamkorlikda ta’lim olish strategiyalariga mos funksional mazmuniga ko‘ra assistiv raqamli kontentlarni sensor navigatsion  simulyasiyalarning metodik transferi orqali ekotizimli generatsiyasi asosida takomillashtirishga “Texnologiya fanining o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3826/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir o‘quvchilarda axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish modeli ishlab chiqilgan va uni amalga oshirish texnologiyalari takomillashtirilgan;
imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirish metodikasi Screen reader, subtitrlar, ishora tili interfeysi kabi resurslardan inklyuziv ta’limda individual ehtiyojlarga qarab foydalanilishiga ko‘ra axborotga erkin kirish, interfeys-vizual ko‘nikmalarning kontrast-brailli printer mashinani tarjima komponentlariga adaptiv moslashtirilgan loyihaviy texnologiyalarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’limda raqamli texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3826/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada pedagog va ota-onalar uchun o‘smir o‘quvchilarda axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga doir dasturlar va treninglar ishlab chiqilgan;
dasturiy ta’minot vositasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirish samaradorligi inklyuziv ta’limda https://smartaccessedu.vercel.app platformasidan mustaqil foydalanish strategiyalariga asoslanib axborotni kiber-axloqiy xavfsizlikka muvofiq tanqidiy tahlil etishni audio-vizual navigatsiya orqali faollashtiruvchi kreativ raqamli resurslarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid innovatsion axborot texnologiyalari va an’anaviy dala tadqiqotlarini uyg‘unlashtirgan holda kompleks metodik tavsiya va takliflar “Texnologiya fanining o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3826/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada muammoni bartaraf etishga doir uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish