Abulova Mohigul Komiljonzodaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion texnologiyalar asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash metodikasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.PhD/Ped7781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Farog‘at Odiljonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor, Boboyorov Shuxrat Suvonqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion texnologiyalar asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini pedagogik imkoniyatlari intellektual va fiziologik xususiyatlariga mos keluvchi o‘quv jarayonini tashkil etish darajalarini kognitiv jarayonlarga korrelyativligini ta’minlash hamda integratsion ta’lim texnologiyalarini optimal qo‘llash asosida aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion va integratsion texnologiyalardan foydalanish modeli o‘quvchilarda olamni idrok etish va sensorik bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi integrativ dars va integrativ topshiriqlarning funksional komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’limda integratsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi bo‘lajak o‘qituvchilarning fundamental va kasbiy bilimlarini xalqaro baholash dasturlariga muvofiq adaptiv integratsiyalashuvchi fanlararo o‘quv materiallari tayyorlash bosqichlarini konstruktiv belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni integratsiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasini shaxsga yo‘naltirilgan va rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillarining o‘quvchilarda kognitiv ehtiyojlarni shakllantirish imkoniyatlariga ko‘ra, pedagogik integratsiyaning metodik funksiyalarini tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion texnologiyalar asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini pedagogik imkoniyatlari intellektual va fiziologik xususiyatlariga mos keluvchi o‘quv jarayonini tashkil etish darajalarini kognitiv jarayonlarga korrelyativligini ta’minlash hamda integratsion ta’lim texnologiyalarini optimal qo‘llash asosida aniqlashga oid takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 3-iyundagi 11-05-3669/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion texnologiyalar asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash metodikasi imkoni yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion va integratsion texnologiyalardan foydalanish modeli o‘quvchilarda olamni idrok etish va sensorik bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi integrativ dars va integrativ topshiriqlarning funksional komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil3-iyundagi 11-05-3669/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion texnologiyalar asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash metodikasi imkoni yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’limda integratsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi bo‘lajak o‘qituvchilarning fundamental va kasbiy bilimlarini xalqaro baholash dasturlariga muvofiq adaptiv integratsiyalashuvchi fanlararo o‘quv materiallari tayyorlash bosqichlarini konstruktiv belgilash asosida takomillatirishga oid takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 3-iyundagi 11-05-3669/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy innovatsion va integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni integratsiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasini shaxsga yo‘naltirilgan va rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillarining o‘quvchilarda kognitiv ehtiyojlarni shakllantirish imkoniyatlariga ko‘ra, pedagogik integratsiyaning metodik funksiyalarini tizimli qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 3-iyundagi 11-05-3669/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion texnologiyalar asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash metodikasidan foydalanish samaradorligi oshirilgan.