Qurbonova Buzaynab Nurmuxammadievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonini takomillashtirish 13.00.01 –Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7336.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Gulsanam Nematovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Esonov Muzaffar Xoshimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayoni axborotlar assimilyasiyasining motivatsion, kognitiv, axborot-kommunikatsion komponentlarini o‘zaro didaktik maqsadlarda uyg‘unlashuviga ko‘ra metakognitiv ko‘nikmalarning siklik hamda integral munosabatlarini refleksiv modulyasiya orqali kognitiv-regulyativ strategiyalarning implisit uyg‘unligi asosida optimallashtirilgan;
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish texnologiyasi raqamli platformalar orqali individual harakat traektoriyasini fanlararo mobilikka ko‘ra shakllanishnishi metorefleksiv monitoringni kuchaytirilganligi tufayli ta’limiy harakatlarni pedagogik generatsiyaga muvofiq avtomatlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish modeli sub’ekt-resurs-sub’ekt triadasidagi kreativ-sintonik uyg‘unlikka ko‘ra loyihaviy-texnologik, jarayonli-faoliyatli komponentlari o‘zaro maqsadli transferining mobil konversiyasi asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish samaradorligi real dalillarga asoslangan axborotlar interiorizatsiyasidagi ratsional va semantik jihatlarga ko‘ra reproduktiv tafakkur patternlarini metarefleksiyaga muvofiq tahlil va qayta konstruksiyalash ko‘nikmalari orqali produktiv shaklga strategik o‘zgarishi asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari yosh davri xususiyatlari senzitivlik, emotsional intilishga kompromiss topish, simulyasiya va psixologik tahlillar asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi (Pedagogika tarixi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 26-iyundagi 22-01-22/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlashtirilgan;
kreativ yondashuv asosida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonlari kompleks omillar, muammoli va loyihaviy yondashuvni qo‘llash, fanlararo integratsiyani mustahkamlash hamda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirib borish jarayonini taktik rivojlantirishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar negizida “Kreativ pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 26-iyundagi 22-01-22/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada kreativ yondashuv asosida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonlarini takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish modeli sub’ekt-resurs-sub’ekt triadasidagi kreativ-sintonik uyg‘unlikka ko‘ra loyihaviy-texnologik, jarayonli-faoliyatli komponentlari o‘zaro maqsadli transferining mobil konversiyasi asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 26-iyundagi 22-01-22/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etishning modelini takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonini baholash mezonlari va darajalarini moslashtirish, mustaqil faoliyat xususiyatlarining rivojlanish dinamikasining ta’minlash, hamda real dalillar bilan ishlash, tushunish stereotiplarini sinovdan o‘tkazish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi (Pedagogika tarixi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 26-iyundagi 22-01-22/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayoni samaradorligi oshgan.