Xabibullaeva Irodaxon Dilshod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8478.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qo‘chqarova Feruza Maxamatqosimovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaev Botir Baxtiyor o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kinestik bog‘liqlikni takrorlanadigan obʼektiv aloqa munosabatlari orqali 3D modellar, videoanimatsiyalar vositasida murakkab tushunchalarni funksional aks ettirishga ko‘ra vizual monipulyasiyalashtirish ning kengaytirilgan reallikda virtual kontentlar illyuziyasini reallik hissiyotini real tasvirlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirish modeli komponentlariga raqamli ta’lim paradigmasining innovatsion texnologiyalarga adaptivligiga ko‘ra kognitiv faoliyat komponentlarini variativ, qisman izlanuvchan, kreativ intensivligiga o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan harakat mobilligini ta’limiy maqsadlarga moslashuvchan raqamli resurslarni manzilli kiritish orqali takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi mazmunning interaktiv va multipleksorligi tufayli immersiv va simulyasiya jarayonidagi kognitiv-hissiy ko‘nikmalarining vektorli o‘quv faoliyati ta’sirida rivojlanishiga ko‘ra feedbesk-transversal baholashni kompetensiyaviy-deskriptorlar asosida qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirish samaradorligi kasbiy faoliyatga aloqador indikatorlarini kontent mazmuniga muvofiq loyihalash, o‘zlashtirishni adekvat baholash jarayonining shaffofligiga olib kelganligi tufayli https://game1-pearl.vercel.app axborot-ta’lim resursini https://me-qr.com/ saytiga integratsiyasi orqali oshirilgan va “Kompyuter bolajon” nomli multimodal mobil resursi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida AR-texnologiyalariga asoslangan raqamli resurslarni yaratish kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha οlingan ilmiy natijalar asοsida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kinestik bog‘liqlikni takrorlanadigan obʼektiv aloqa munosobatlari orqali 3D modellar, videoanimatsiyalar vositasida murakkab tushunchalarni funksional aks ettirishga ko‘ra vizual monipulyasiyalashtirish ning kengaytirilgan reallikda virtual kontentlar illyuziyasini reallik hissiyotini tasvirlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalari (rus tilida)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 5-iyuldagi 22-01-140/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirish modeli komponentlariga raqamli ta’lim paradigmasining innovatsion texnologiyalarga adaptivligiga ko‘ra kognitiv faoliyat komponentlarini variativ, qisman izlanuvchan, kreativ intensivligiga o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan harakat mobilligini ta’limiy maqsadlarga moslashuvchan raqamli resurslarni manzilli kiritish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 5-iyuldagi 22-01-140/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi mazmunning interaktiv va multipleksorligi tufayli immersiv va simulyasiya jarayonidagi kognitiv-hissiy ko‘nikmalarining vektorli o‘quv faoliyati ta’sirida rivojlanishiga ko‘ra feedbesk-transversal baholashni kompetensiyaviy-deskriptorlar asosida qo‘llash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalari (rus tilida)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 5-iyuldagi 22-01-140/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida AR-texnologiyalarga asoslangan raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli resurslarni yaratish kompetentligini rivojlantirish samaradorligi kasbiy faoliyatga aloqador indikatorlarini kontent mazmuniga muvofiq loyihalash, o‘zlashtirishni adekvat baholash jarayonining shaffofligiga olib kelganligi tufayli https://game1-pearl.vercel.app axborot-ta’lim resursini https://me-qr.com/ saytiga integratsiyasi orqali oshirilishi va “Kompyuter bolajon” nomli multimodal mobil resursi ishlab chiqilishiga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 5-iyuldagi 22-01-140/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada AR-texnologiyalarga asoslangan raqamli resurslarni yaratish kompetentligini aniqlashtirish samaradorligi oshgan.