Namazov Furqat Ashirboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yaylovlarni yaxshilashda ko‘chat o‘tqazish qurilmasi parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3736
Ilmiy rahbar: Ergashev Ismoil Tashkentovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.17.03
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Olimov Hamid Haydarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yaylovlar holatini yaxshilashda fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini avtomatik o‘tqazadigan  qurilmaning konstruktiv sxemasi va parametrlarini asoslash orqali energiya, vaqt va material sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yaylovlarda fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazishda tuproqning chim qatlamini kesish va chimni ko‘tarish, chim ostidagi tuproqni yumshatish, ko‘chat o‘tqazish ariqchasini hosil qilish, ko‘chatlarni hosil qilingan ariqchaga joylashtirish va chim ostidagi ariqcha hududini zichlashga asoslangan texnologiya ishlab chiqilgan;
fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazadigan qurilma parametrlari uning pichog‘i belgilangan chuqurlikda chim qatlamini kesishi, yumshatuvchi ish organi kesilgan chim qatlami ostki tuprog‘ini etarlicha yumshatishi hamda ekkich yumshatilgan qatlamda ko‘chatlar uchun ariqcha hosil qilish shartidan kelib chiqqan holda asoslangan;
avtomatik spiralsimon uzatish mexanizmining aylanma taglik diametri, aylanishlar soni va tuvakchalarning taglik ustidagi harakati o‘tqaziladigan ko‘chatlar orasidagi masofani ta’minlash shartidan kelib chiqib aniqlangan;
qurilmaning chim qatlamni kesuvchi-ko‘taruvchi pichog‘i o‘lchamlari kesib ko‘tarilayotgan qatlamni surilib ketmasdan dastlabki holatiga tushishini ta’minlash shartidan asoslangan;
chim qatlam ostida hosil qilinadigan ariqcha o‘lchamlari fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlari ekilgan tuvakchalarni qatlam ostida to‘liq ko‘milish shartidan kelib chiqib asoslangan;
tuvakchalarda etishtirilgan fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazadigan qurilmaning ish sifat ko‘rsatkichlari uning parametrlari hamda agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalaydigan bog‘lanishlar asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yaylovlarni yaxshilashda ko‘chat o‘tqazish qurilmasi parametrlarini asoslash bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida:
ishlab chiqilgan cho‘l va adir yaylovlari dalalari chim qatlami osti tuprog‘iga tasmali ishlov berib, fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini avtomatik o‘tqazadigan qurilma Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Muhiddin bobo”, “Abduraxmon bobo”, “Dadaxon orzusi” va “Muhammad Rustambek” fermer xo‘jaliklarida  hamda “Behruzbek-Shamshodbek” MChJ ga qarashli cho‘l yaylovlarida joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-487-son ma’lumotnomasi). Natijada cho‘l yaylovlarida fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazishda mehnat unumdorligi 64 % ga oshgan.
yaylovlarni yaxshilashda chim qatlam ostiga tasmali ishlov berib avtomatik ko‘chat o‘tqazish qurilmasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va ishchi chizmalar) va hisoblash usullari “BMKB-Agromash” AJ ga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJ ning 2025-yil 4-iyuldagi 01-56-son ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘l va adir yaylovlarida chim qatlam ostiga tasmali ishlov berib, fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini avtomatik o‘tqazadigan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.    

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish