Ne’matova Gulruh Bobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda milliy matbuotning o‘rni va ahamiyati”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3641.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;
O‘sarov Olimjon Avalboevich filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy matbuotda xalqaro turizmni yoritishning nazariy-metodologik asoslarini o‘rganish hamda xalqaro turizmni yoritishga bag‘ishlangan materiallarni tizimlashtirish orqali turizm targ‘ibotini rivojlantirishda matbuotning o‘rnini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
milliy media landshaftda xalqaro turizm mavzusidagi kontentlar birinchi marta kompleks media-tahlil metodi asosida forma, yo‘nalish va janr belgilariga ko‘ra tipologik tasnif etilgan, reklama va targ‘ibot materiallarida namoyon bo‘luvchi etti turdagi aktiv va uch turdagi manipulyativ kommunikatsiya strategiyalari ilk bor identifikatsiya qilinib, ularning auditoriyani safarbar etishda namoyon bo‘ladigam semiotik strukturalari hamda media psixologik ta’sir mexanizmlari dalillangan; 
turizmga ixtisoslashgan milliy matbuot makonida “To‘siqsiz turizm” konsepsiyasining yoritilishi ilk marta media-kommunikativ indikatorlar asosida kompleks baholangan, sun’iy intellekt tomonidan avtomatlashtirilgan segmentatsiya va auditoriya ehtiyojini prognozlashning innovatsion modeli taklif etilgan, natijada milliy nashrlar uchun raqamli samaradorlikning oltita asosiy indikatori - interaktivlik, mobil moslashuv,  SI personallashuvi, kontent jozibadorligi, Big Data asosidagi tahlil imkoniyatlari va raqamli media integratsiyasi metodik jihatdan asoslangan;
turizmning ziyorat, sarguzasht, madaniy, eko, ta’lim va tibbiy yo‘nalishlari doirasida mediatizatsiya jarayonlarini rivojlantirish va sohaviy ehtiyojlarga mos turizm kontentini birlashtiruvchi, auditoriyaning turli segmentlariga targetlangan ma’lumot va xizmatlarni taqdim etishga qodir integrativ raqamli platforma modeli, ya’ni – turizm sohasida media-kommunikativ samaradorlikni ta’minlash, axborot oqimlarini optimal boshqarish va raqamli personallashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali turizm media-infratuzilmasining raqamli transformatsiyasi uchun innovatsion yondashuv sifatida xizmat qiluvchi platforma modelini ishlab chiqish zarurati asoslangan;
turizm targ‘ibotini rivojlantirishning kommunikativ istiqbollari raqamli jurnalistika, media-integratsiya va zamonaviy kommunikatsion platformalar kontekstida ilk bor kompleks tahlil qilinib, kontentlardagi turizm targ‘iboti uchun raqamli kommunikatsiyaning yangi avlod instrumentlari (kontentni avtomat generatsiya qilish (AI copywriting), prognostik modellash, AR/VR turizm (virtual sayohatlar), mobile-first konstruktorlari) va mediaplatforma (turizm xizmatlarini birlashtiruvchi API-shablonlar, avtomatlashtirilgan bron qilish, tur paket va 360° video-turlar) integratsiyasini qo‘llash imkoniyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda milliy matbuotning o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
milliy media landshaftda xalqaro turizm mavzusidagi kontentlar birinchi marta kompleks media-tahlil metodi asosida forma, yo‘nalish va janr belgilariga ko‘ra berilgan tipologik tasnif, xulosa va takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali ijodkorlari “Tochka na karte” hamda “Profi” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat muassasasining 2024-yil 4-iyuldagi 03-14-150-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Dunyo bo‘ylab” telekanalida reklama va targ‘ibot materiallarida namoyon bo‘luvchi etti turdagi aktiv va uch turdagi manipulyativ kommunikatsiya strategiyalari ilk bor identifikatsiya qilinib, ularning auditoriyani safarbar etishda namoyon bo‘ladigam semiotik strukturalari hamda media psixologik ta’sir mexanizmlari professional kontent tayyorlash va ko‘rsatuvlarning tomoshabopligini oshirishga, shuningdek, telekanalning elektron sahifasi (https://t.me/tvdunyo)ni sifatli materiallar bilan boyitishga yordam bergan;
turizmga ixtisoslashgan milliy matbuot makonida “To‘siqsiz turizm” konsepsiyasining yoritilishi hamda sun’iy intellekt tomonidan avtomatlashtirilgan segmentatsiya va auditoriya ehtiyojini prognozlashning innovatsion modeli bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi “Erkin Qaraqalpaqstan”, “Qaraqalpaqstan jaslari”gazetalarida chop etilgan maqolalarni hamda kknews.uz saytining tahliliy reportajlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 2-sentyabrdagi 20-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Erkin Qaraqalpaqstan”, “Qaraqalpaqstan jaslari” gazetalari va kknews.uz saytida axborotni raqamli samaradorlikning oltita asosiy indikatori - interaktivlik, mobil moslashuv, SI personallashuvi, kontent jozibadorligi, Big Data asosidagi tahlil imkoniyatlari va raqamli media integratsiyasini qo‘llash orqali multimediaviy uzatish usullari samaradorligi ortgan;
turizmning ziyorat, sarguzasht, madaniy, eko, ta’lim va tibbiy yo‘nalishlari doirasida mediatizatsiya jarayonlarini rivojlantirish va sohaviy ehtiyojlarga mos turizm kontentini birlashtiruvchi, auditoriyaning turli segmentlariga targetlangan ma’lumot va xizmatlarni taqdim etishga qodir integrativ raqamli platforma modelini ishlab chiqishga  asoslangan taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish jarayonida foydalanilgan.(O‘zbekiston milliy axborot agentligi 2025-yil 5-martdagi 01-23/243-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida media-kommunikativ samaradorlikni ta’minlash, axborot oqimlarini optimal boshqarish va raqamli personallashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali turizm media-infratuzilmasining raqamli transformatsiyasi uchun innovatsion yondashuv sifatida ishlab chiqilgan konsepsiyani takomillashtirishda yordam bergan;
turizm targ‘ibotini rivojlantirishning kommunikativ istiqbollari raqamli jurnalistika, media-integratsiya va zamonaviy kommunikatsion platformalar konteksti xalqaro turizmni yoritish va targ‘ib qilishda axboriy, tahliliy, reklama-targ‘ibot usullari yetakchilik qilishi kabi tavsiyalardan Madaniy meros agentligining ijtimoiy tarmoq platformasi samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi “2025-yil 26-martdagi 04-05/1147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, agentlik sayti xodimlari content uzatishda yangi avlod instrumentlari (kontentni avtomat generatsiya qilish (AI copywriting), prognostik modellash, AR/VR turizm (virtual sayohatlar), mobile-first konstruktorlari) va mediaplatforma (turizm xizmatlarini birlashtiruvchi API-shablonlar, avtomatlashtirilgan bron qilish, tur paket va 360° video-turlar) integratsiyasi imkoniyatlaridan unumli foydalanishgan va axboriy, tahliliy, reklama-targ‘ibot usullari samaradorligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari takomillashgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish