Bektaeva Xuriyat Ortigalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim muassasalarida dorivor o’simliklarga oid fanlarni o’qitishning ilmiy metodik ta’minotini shakllantirish» 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2096
Ilmiy rahbar: Ganiev Abdumumin Kaxxarovich farmasevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Dissertatsiya ishi Chichiq davlat pedagogika universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti PhD.03/27.09.2024.B.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna pedagogika fanlari doktori, professor; Xujanov Alisher Nuralievich, biologiya fanlari falsafa doktori
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida dorivor o‘simliklarga oid fanlarning ilmiy metodik ta’minotini ishlab chiqish hamda o‘qitish metodikasini klaster yondoshuv asosida shakllantirish orqali bo‘lajak soha mutaxassislarining tibbiy savodxonligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jalik texnikum o‘quvchilarida dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari ta’limiy-pedagogik muhitdagi kognitiv-amaliy mazmunni ratsional va intuitiv fikrlash (Dual Protsess Theory), o‘z-o‘zini boshqarish va sog‘liqni saqlash ma’suliyati hissi metodologiyalariga ko‘ra kasbiy-amaliy tayyorgarligiga fanlararo integratsiyalashni qo‘llash asosida aniqlangan;
o‘quvchilarda dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishning didaktik modeli tibbiy savodxonligini rivojlantirish tayyorgarligiga ta’lim jarayonida o‘zoro uzviylikni ta’minlovchi integral biofarmakologik kompetensiyalarni shakllantiruvchi dual ta’lim imkoniyatlarini kasbiy xususiyatlarga interpretativligiga ko‘ra adaptiv transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishning ilmiy-metodik ta’minoti fanlarning gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlovchi keys, muammoli va dual ta’lim texnologiyalari innovatsion va amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan jarayonlarni modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishning ilmiy-metodik ta’minoti samaradorligi dorivor o‘simliklarni tanish, yig‘ish, xomashyoni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish komponentlarining real kasbiy vaziyatlarga asoslangan mualliflik metodlarini qo‘llashda bilimlar konsentratsiyasining dinamikligini gibrid ta’lim texnologiyalari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ta’lim muassasalarida dorivor o’simliklarga oid fanlarni o’qitishning ilmiy metodik ta’minotini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning tibbiy savodxonligini dorivor o‘simliklar yordamida shakllantirishning normativ-huquqiy asoslari ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy etish mumkinligi aniqlangan. “Fitobar yuritish”, “Farmakognoziya”, “Dorivor o‘simliklar va uni yetishtirish” fanlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv dasturlari yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 11-may dagi 05/05/2188-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-martda qabul qilingan “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chilligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4670-son qarori bandlarini shakllantirishda amaliy asos bo‘lib xizmat qildi;
dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarni tibbiy salomatligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari keng o‘rganilgan hamda “Dorivor va ziravor o‘simliklar asoslari” faniga o‘quv–uslubiy majmua hamda elektron ta’minot yaratilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25 fevraldagi 237-sonli ma’lumotnoma). Natijada o‘qitish vositasini qo‘llashda o‘quvchilarning dorivor o‘simliklarni tanish, ulardan foydalanish va tibbiy bilimlarining samaradorlik darajasini 11,2 foizga oshishi ta’minlangan;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modelining mazmun-mohiyati, dorivor o‘simliklarni o‘qitish orqali tibbiy savodxonlikni rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-son “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 15-(A va B bandlarini) va 16-bandlarining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023-yil 11-may 05/05/2188-sonli ma’lumotnomasi);
ta’lim jarayonida tibbiy savodxonlikni amalga oshirishga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi natijasida “Fitobar yuritishda mahalliy xom-ashyolardan fitoichimliklar tayyorlash texnologiyasi” nomli uslubiy qo‘llanma yaratilgan va o‘quv faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 27 apreldagi 4/17-4/4-174-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda dorivor o‘simliklarni o‘qitishning metodik tizimi, didaktik vazifalari va pedagogik munosabatlardan iborat metodologiyasining mazmun mohiyati ochib berilgan.
Ilmiy kengash raisi, b.f.d., professor V.B. Fayziyev
Ilmiy kengash kotibi, b.f.f.d., dots A.Q. Bo‘ronov
Ilmiy rahbar, f.f.d., professor A.K. Ganiyev
Talabgor X.O.Bektayeva