Abdullaeva Feruza Suyunovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm ta’lim yo‘nalishi talabalarining chet til kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish konsepsiyasi (ingliz tili misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili),(pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Ped955
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamatkulov Xurshid Abdurashidovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Rustamova Adash Eshankulovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turizm ta’lim yo‘nalishi talabalarining chet til kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy-kommunikativ kompetensiyani o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi kasbiy hamda kommunikativ qiyinchiliklarni aniqlash orqali kasbiy kompetensiya komponentlari va kommunikativ kompetensiya komponentlarini integratsiyasi asosida kasbiy-kommunikativ kompetensiyaning mualliflik ta’rifi umumiy xususiyatlar, bilim, ko‘nikma va malakalarni ijtimoiy tajribaning tarkibiy qismiga kiritish orqali nazariy jihatdan asoslangan;
bo‘lajak mutaxassislar kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini lingvistik, ijtimoiy-lingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy hamda o‘quv-anglash komponentlari qatoriga amaliy malakalar, kommunikativ malakalar, kasbiy sifatlar va tayyorgarlik komponentlarini integratsiya qilish asosida kasbiy intellektual, axloqiy kompetentlik hamda madaniyatlararo kommunikativ tayyorgarligini ta’minlovchi konsolidatsiyalashgan kasbiy professiogramma tuzilmasi takomillashtirilgan;
turizm sohasida tahsil oluvchi talabalarning chet til kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda shakllantirishda ierarxik va uzviylik samaradorligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik model ADDIE modeli komponentlari bilan parallel/vertikal integratsiya loyihalash texnologiyasini qo‘llash orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv muammosini aniqlash, g‘oyalar yaratish, muammoli tahlil, materialni mustaqil o‘zlashtirish, echimlarni tatbiq etish va fikr-mulohaza berish kabi olti bosqichli didaktik ta’minot kommunikativ hamda kasbiy kompetensiya komponentlarining integratsiyasi asosida mantiqiy izchilikni muvofiqlashtirish orqali hamda madaniyatlararo kompetensiyasi komponentiga ustunlik berish orqali dalillangan;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim texnologiyalari, interaktiv metodlar, olti bosqichli mashqlar tizimi, baholash texnologiyasi hamda konsolidatsiyalashgan professiogrammalarni pedagogik dizayn tamoyillari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish asosida turizm terminlarini o‘qitish konsepsiyasi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm yo‘nalishidagi talabalarning chet til kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish konsepsiyasi  mavzusida ilmiy tadqiqot asosida: bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim texnologiyalari, interaktiv metodlar, olti bosqichli mashqlar tizimi, baholash texnologiyasi hamda konsolidatsiyalashgan professiogrammalarni pedagogik dizayn tamoyillari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish asosida yaratilgan konsepsiyani tatbiq etish kabi ilmiy asoslangan materiallardan hamda bo‘lajak mutaxassislarining tayyorlashda kommunikativ hamda kasbiy kompetensiyasini integratsiyasi asosida olti bosqichli o‘quv muammosi aniqalash, g‘oyalar yaratish, muammoli tahlil, materialni mustaqil o‘zlashtirish echimlar tadbiq etish, fikr mulohazalar berish kabi mashqlar tizimining isbotlangan  samaradorlik ko‘rsatkichlaridan olingan oid ilmiy tavsiyalaridan AQSh Davlat Departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda tayyorlangan SUZ80021GR3106-son “The English Access Microscholarship Program” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 06-sentyabrdagi 01/5271-son ma’lumotnomasi). 
kasbiy intellektual, axloqiy kompetentlik hamda madaniyatlararo kommunikativ tayyorgarligini ta’minlovchi   konsolidatsiyalashgan kasbiy professiogramma  bo‘lajak mutaxassislar kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini lingvistik, ijtimoiy-lingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy hamda o‘quv-anglash komponentlari qatoriga amaliy malakalar, kommunikativ malakalar, kasbiy sifatlar va tayyorgarlik komponentlarini integratsiya qilish asosida samaradorlik ko‘rsatkichlaridan shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim texnologiyalari, metodlar, 6 bosqichli mashqlar tizimi, baholash texnologiyasi hamda konsolidatsiyalashgan professiogrammalarni pedagogik dizayn tamoyillari  bilan o‘zaro muvofiqlashtirish asosida yaratilgan konsepsiyani  tatbiq etish kabi  ilmiy asoslangan materiallardan keng foydalanilgan. Mazkur tadqiqot ishining ilmiy natijalari oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoniga 1-ilova – “O‘zbekiston–2030” strategiyasining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish”ga oid Davlat dasturi 7-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan.  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining 2025-yil 3-dekabrdagi 01-05/5009-sonli ma’lumotnomasi). 
kasbiy intellektual, axloqiy kompetentlik hamda madaniyatlararo kommunikativ tayyorgarligini ta’minlovchi   konsolidatsiyalashgan kasbiy professiogramma  bo‘lajak mutaxassislar kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini lingvistik, ijtimoiy-lingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy hamda o‘quv-anglash komponentlari qatoriga amaliy malakalar, kommunikativ malakalar, kasbiy sifatlar va tayyorgarlik komponentlarini integratsiya qilish asosida samaradorlik ko‘rsatkichlaridan shu bilan birga, bo‘lajak mutaxassislarning  chet til kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda ierarxik va uzviylik samaradorligini ta’minlash maqsadida pedogogik model komponentlarini loyihalash texnologiyasini qo‘llash orqali parallel-vertikal integratsiyasi asosida takomillashtrilgan ADDIE (Analysis, Design, Development, Implementation, Evaluation) modelni  tatbiq etish  jihatdan va  turizm ta’lim yo‘nalishi talabalarning chet til kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish konsepsiyasi tatbiq etish jihatdan ilmiy asoslangan materiallardan 2024-2026 yillarda bajarilishi mo‘ljallangan ILM-2024405160857-sonli “Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish” nomli innovatsion loyiha mazmuni boyitishda va  ilmiy qiymatini oshirishda manba bo‘lib xizmat qilgan.  (O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasining 2025-yil 02-dekabrdagi 04-583 son ma’lumotnomasi).
bo‘lajak mutaxassislar  kasbiy kommunikativ kompetensiyasi takomillashtirishda  kommunikativ kompetensiya lingvistik, ijtimoiy lingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy, o‘quv anglash komponentlari qatoriga amaliy malakalar, kommunikativ malakalar, kasbiy sifatlar va tayyorgarlik tizimi komponentlari  integratsiyasi asosida  isbotlangan   samaradorligi ko‘rsatkichlari hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim texnologiyalari, metodlar, 6 bosqichli mashqlar tizimi, baholash texnologiyasi hamda konsolidatsiyalashgan professiogrammalarni pedagogik dizayn tamoyillari  bilan o‘zaro muvofiqlashtirish asosida yaratilgan konsepsiyani  tatbiq etish kabi  ilmiy asoslangan materiallardan davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida 2021-2022 yillarda bajarilgan AL-412104145- raqamli, “O‘zbekistonning geografik ob’ektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” https://uzgeoname.uz nomli amaliy loyihada doirasida foydalanilgan. Natijada, tadqiqotning ilmiy natijalari loyihaning ilmiy qiymmati oshishiga muhim manba sifatida xizmat qilgan.  (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 11-sentyabrdagi 01/5551 -sonli ma’lumotnomasi).
kasbiy-kommunikativ kompetensiyanining mualliflik ta’rifi ilk bor talabalarning kasbiy-kommunikativ kompetensiyani o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi kasbiy hamda kommunikativ qiyinchiliklarni aniqlash orqali kasbiy kompetensiya komponentlari va kommunikativ  kompetensiyasi komponentlarini integratsiyasi asosida umumiy xususiyatlar, bilim, ko‘nikma, malakalarni ijtimoiy tajribaning tarkibiy qismiga kiritish samaradorligini optimallashtrısh orqali nazariy jihatdan asoslab berilgan shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning  chet til kasbiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantrishda ierarxik va uzviylik samaradorligini ta’minlash maqsadida pedogogik model komponentlarini loyihalash texnologiyasini qo‘llash orqali parallel-vertikal integratsiyasi asosida takomillashtirilgan ADDIE (Analysis, Design, Development, Implementation, Evaluation) modelni  tatbiq etish  jihatdan ilmiy asoslangan materiallardan   IL-662204329: “Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonlariga raqamli transformatsiyani joriy qilish” nomli innovatsion loyihasi doirasida nazariy-metodik asos sifatida foydalanilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025 yil 04-dekabrdagi 01-06/2-14243-sonli ma’lumotnomasi).
bo‘lajak mutaxassislar kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini lingvistik, ijtimoiy-lingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy hamda o‘quv-anglash komponentlari qatoriga amaliy malakalar, kommunikativ malakalar, kasbiy sifatlar va tayyorgarlik komponentlarini integratsiya qilish asosida kasbiy intellektual, axloqiy kompetentlik hamda madaniyatlararo kommunikativ tayyorgarligini ta’minlovchi kasbiy professiogramma tuzilmasi hamda kasbiy-kommunikativ kompetensiyani o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi kasbiy hamda kommunikativ qiyinchiliklarni aniqlash orqali kasbiy kompetensiya komponentlari va kommunikativ kompetensiya komponentlarini integratsiyasi asosida umumiy xususiyatlar, bilim, ko‘nikma va malakalarni ijtimoiy tajribaning tarkibiy qismiga kiritish samaradorligini optimallashtirish orqali asoslangan ilmiy tadqiqot natijalaridan 2.4.Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari modulidagi o‘quv dasturlarini yaratish, o‘quv materiallarni tanlash hamda mazkur ishlanma bo‘yicha dars mobaynid ta’lim vositalarini tanlash va yaratish maqsadida foydalanilgan. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy hamda  kommunikativ kompetensiyalarini integrallashgan holda takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalari ilmiy tadqiqot doirasida muallif tomonidan asoslab berilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazining 2025-yil 28-martdagi 31-son ma’lumotnomasi).
kasbiy intellektual, axloqiy kompetentlik hamda madaniyatlararo kommunikativ tayyorgarligini ta’minlovchi konsolidatsiyalashgan kasbiy professiogramma bo‘lajak mutaxassislar kasbiy kommunikativ kompetensiyasini lingvistik, ijtimoiy-lingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy hamda o‘quv-anglash komponentlari qatoriga amaliy malakalar, kommunikativ malakalar, kasbiy sifatlar va tayyorgarlik komponentlarini integratsiya qilish, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda kommunikativ hamda kasbiy kompetensiya komponentlarining integratsiyasi asosida madaniyatlararo kompetensiyasi komponentiga ustunlik berish orqali o‘quv muammosini aniqlash, g‘oyalar yaratish, muammoli tahlil, materialni mustaqil o‘zlashtirish, echimlar tatbiq etish, fikr-mulohazalar berish kabi olti bosqichli mashqlar tizimining mantiqiy izchillikni muvofiqlashtirish orqali samaradorlik ko‘rsatkichlaridan olingan ilmiy natijalaridan  61010100-“Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Xorijiy til 1, 2 (ingliz, fransuz, nemis, koreys, yapon, xitoy)” modulidagi o‘quv dasturi (sillabus)ni yaratish, o‘quv jarayonida mazkur materiallarni tanlash hamda unda qo‘llash maqsadida foydalanilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025 yil 04-dekabrdagi 01-06/2-14244-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish