ISAQOV Abdusaid Jalilovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Agrosanoat kompleksini qayta tashkil etish sharoitida energetik servis», 05.05.07- Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5T334.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Respublikasi FA Energetika va avtomatika instituti, 16.07.2013.T.02.01.

Rasmiy opponentlar:   A.Muxammadiev, texnika fanlari doktori, professor; T.S.Kamalov, texnika fanlari doktori, professor; A.Yusubaliev, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi:  agrosanoat kompleksi tarmoqlarida energetik servisni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish va elektr uskunalarning ishga yaroqliligi va ekspluatatsiya ishonchliligini oshirish.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

elektr uskunalarning ishlash imkoniyatlari va ekspluatatsiya ishonchliligini oshirishning hamda agrosanoat kompleksida energetik servisni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslari ishlab chiqilgan;

agrosanoat kompleksining energetik servisini tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;

energetik servis korxonalarining joylashish o‘rni va tashkiliy tuzilishi ilmiy asoslangan;

energetik servis korxonalarining faoliyat yuritish xususiyatlari tadqiq etilgan;

energetik servisni tashkil etishning ishlab chiqilgan prinsiplarining moliyaviy asoslari ishlab chiqilgan;

tajriba tadqiqotlari va agrosanoat kompleksida energetik servis korxonalari faoliyati samaradorligini moliyaviy baholashning natijalari olingan.

    IV. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari. Ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:

energetik servis korxonasi bo‘yicha energetik uskunalarning to‘xtab turish vaqtini qisqartirish va ularni samarali ekspluatatsiya qilishning tashkiliy-texnik uslublari ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi korxonalarida, jumladan, Toshkent viloyati nasos stansiyalari va Navoiy viloyatining Karmana, Kiziltepa, Navbahor va Xatirchi tumanlari mashina-traktor parkida (2013 yil 20 noyabr va 2009 yil 11 noyabrdagi dalolatnomalar) ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2015 yil 2 iyundagi №04/31-647-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotdan olingan natijalar matematik model va algoritmlar asosida dasturiy mahsulotdan foydalanish tufayli ish unumdorligining ortishi, tayyorgarlik koeffisientining 9 foizga o‘sishi va nosoz uskunalarning navbatda turishi 2 barobarga qisqarishi natijasida elektr uskunalarining to‘xtab turish vaqti 33 foizga qisqargan hamda ishlab chiqarish suratini oshirish va mehnat resurslariining tejalishiga erishish orqali iqtisodiy samaradorlik 142 mln. 91 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish