Mamajonova Zulfizarxon Madaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish”, 13.00.01Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.2.PhD/Ped2474.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boboyorov Shuhratjon Suvonqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari nazariy bilish, aksiomatik traektoriyasi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitidagi strukturaviy-funksional infratuzilma orqali kasbiy ijodiy-mobil mikromuhitiga o‘zaro bog‘liqligi va pedagogik ta’sir usullariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonidagi inkoorporatsiya-uyg‘unlik, moslashuvchanlik-tabiiylikka asoslanish texnologiyalari orqali motivatsion intensivlikga oid komponentlarining proeksiyalanishiga ta’sirida integrativ transformatsiyalashga ko‘ra takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish o‘z-o‘zini ongli rag‘batlantirish orqali motivatsiyani ichki va tashqi strategik maqsadlaridagi intellektual imkoniyatlarini ijtimoiy imijga adaptiv-moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi ta’lim mazmunidagi umummadaniy va kasbiy-motivatsion jihatlarini yaxlit tizimlar strukturasining tarkibiy qismlariga ta’sirida barqaror munosabatlarni o‘rnatish, yaxlitlash, ijodiy-mobil shaxsiy layoqatlariga adaptiv-qiyosiy differensiallashtirishni pedagogik diagnostika qilish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari nazariy bilish, aksiomatik traektoriyani bosqichma-bosqich shakllantirish hamda strukturaviy-funksional infratuzilmani ijodiy-mobil didaktik mikromuhitda aksiomatik traektoriyani yaratish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik mahorat” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2024-yil 20-maydagi 11-05-2275/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, “motivatsiya” va “qobiliyat” tushunchalari yagona “motivatsion qobiliyat” tushunchasiga birlashtirildi, yangi ilmiy termin pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismi va asosiy xususiyati sifatida izohlangan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi umummadaniy va kasbiy motivatsion qobiliyatlarni qiyosiy differensiallashtirish va yaxlit tizimlar strukturasini tarkibiy qismlari o‘rtasida barqaror munosabatlarni o‘rnatish hamda ijodiy-mobil shaxsiy layoqatlarini yaxlitlashtirish ta’lim mazmuniga adaptiv optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2024-yil 20-maydagi 11-05-2275/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, motivatsion qobiliyatlarni umummadaniy (instrumental, shaxslararo, tizimli motivatsion) va kasbiy motivatsion (individual, motivirovkaga asoslangan) qobiliyatlar kabi turlarga ajratishga erishilgan$
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish modeli inkorporatsiya, moslashuvchanlik, uyg‘unlik, yaratuvchanlik, tabiiylikka asoslanish tamoyillari hamda faollashtirish, qatʼiyatlilik, intensivlik komponentlarining uzviyligini ta’minlashga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik mahorat” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2024-yil 20-maydagi 11-05-2275/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan$
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonlari motivatsiyani ichki va tashqi turlarini farqlash, maqsadga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini ongli rag‘batlantirish hamda intellektual imkoniyatlarini ijtimoiy imijga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2024-yil 20-maydagi 11-05-2275/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning motivatsion qobiliyatlarini rivojlanishidagi barqarorlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish