Irsaliev Furqatjon Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4653.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi, pedagogika fanlari doktori, professor; Otamuratov Obidjon Toirjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari SMART ta’lim muhitining individual didaktik jarayon resurslariga ko‘ra innovatsiya va kreativlikga bog‘liq ekotizim talabi orqali refleksiv regulyasiyaga asoslangan adekvat pedagogik bahoning strukturaviy egiluvchanligini kontekstual transformatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti raqamli axborot resurslarning mediamodal elementlarini kasbiy maqsadlar kontekstidagi ta’limiy ehtiyojlariga ko‘ra innovatsion muhitda kontentlar monipulsiyasi orqali refleksivlikni dinamik bahoga bog‘liq adaptiv integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
SMART ta’lim muhitida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli raqamli axborot resurslarning variativligini talabalar individual ta’lim traektoriyasiga mosligiga ko‘ra pedagogik xususiyatlarni mazmunli-jarayonli manifestatsiyasiga asoslangan konseptual proeksiyalarni o‘zaro metodik transferlab kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotining samaradorligi www.smart-talim.uz veb-saytining pedagogik proforentatsion imkoniyatlariga ko‘ra kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini strategik prognozlashning texnologik bazasini kantentlarning dinamik va adaptiv tarzda ekotizimli muvofiqligi asosida yaratish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari SMART ta’lim muhitining individual didaktik jarayon resurslariga ko‘ra innovatsiya va kreativlikga bog‘liq ekotizim talabi orqali refleksiv regulyasiyaga asoslangan adekvat pedagogik bahoning strukturaviy egiluvchanligini kontekstual transformatsiyalash asosida aniqlashtirilishiga oid takliflar “Raqamli axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 10-noyabrdagi 11-05-6314/04-son dalolatnomasi). Natijada “Raqamli axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishilgan;
talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti raqamli axborot resurslarning mediamodal elementlarini kasbiy maqsadlar kontekstidagi ta’limiy ehtiyojlariga ko‘ra innovatsion muhitda kontentlar monipulsiyasi orqali refleksivlikni dinamik bahoga bog‘liq adaptiv integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilishiga oid takliflar “Masofaviy ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 10-noyabrdagi 11-05-6314/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishda “Raqamli axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning dasturiy ta’minotni mazmuni takomillashtirishga erishilgan;
SMART ta’lim muhitida talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli raqamli axborot resurslarning variativligini talabalar individual ta’lim traektoriyasiga mosligiga ko‘ra pedagogik xususiyatlarni mazmunli-jarayonli manifestatsiyasiga asoslangan konseptual proeksiyalarni o‘zaro metodik transferlab kiritish orqali takomillashtirilishiga oid takliflar “Raqamli axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 10-noyabrdagi 11-05-6314/04-son dalolatnomasi). talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishda “Raqamli axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish modelini ishlab chiqish samaradorligi oshgan;
talabalarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotining samaradorligi www.smart-talim.uz veb-saytining pedagogik proforentatsion imkoniyatlariga ko‘ra kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini strategik prognozlashning texnologik bazasini kantentlarning dinamik va adaptiv tarzda ekotizimli muvofiqligi asosida yaratish orqali oshirilishiga oid takliflar “Masofaviy ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 10-noyabrdagi 11-05-6314/04-son dalolatnomasi).“Raqamli axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirilgan modeli asosida ishlab chiqilgan metodik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan.