To‘laboeva Shaxlo Sobirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni - “Maxsus korset mahsulotlarini konstruksiyasini takomillashtirish va texnologik jarayonlarini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5420
Ilmiy rahbar: Kasimova Aziza Baxodirovna, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Nabidjonova Nargiza Nasimjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Bazarbaeva Guzal Gulimovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika institutini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umurtqa pog‘onasi patologiyalari (UPPK) bilan og‘rigan bemorlar uchun ergonomik va biomexanik talablarga to‘liq javob beruvchi takomillashtirilgan tibbiy bel korsetining ilmiy asoslangan modelini ishlab chiqish, uning konstruksiyasini loyihalash, modellashtirish va texnologik jihatdan ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umurtqa pog‘onasi patologiyasi kasalliklari (UPPK) bor bemorlarda bel–dumg‘aza–qorin zonalaridagi yuklanish va harakat traektoriyalarini inobatga olgan holda belni qo‘llab-quvvatlovchi, reabilitatsion va profilaktik maxsus bel korseti dizayn loyihasi ishlab chiqilgan;
ilk bor umurtqa pog‘onasining (spondilolistez) patologik kasalliklariga chalingan bemorlar uchun, old qismdan qo‘llab-quvvatlash prinsipi asosida maxsus bel korset konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tibbiy bel korsetini ishlab chiqish jarayonida bir nechta chok turlarining konstruktiv-funksional vazifalariga asoslangan holda optimal texnologik kombinatsiyasi tavsiya qilingan;
ko‘p omilli markaziy nokompozision tajriba natijalariga tayanib, to‘qimaning qalinligi, cho‘ntak bo‘lagi uzunligi, plita enini maqbul qiymatlari asosida maxsus korsetning havo o‘tkazuvchanligi va mustahkamligini adekvat regression tenglamasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. UPPK bor bemorlar uchun maxsus bel korsetning konstruksiyasini takomillashtirish va texnologik jarayonlarni ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
umurtqa pog‘onasi patologiyasi kasalliklari bor bemorlar uchun taklif etilayotgan maxsus korsetning konstruktiv o‘zgartirilgan hujjatlar paketi Namangan shahridagi “IDEAL TEKSTIL-ORZU” hamda “MAKON MIRZO” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 6-oktyabrdagi № 02/25-2390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chok mustahkamligi va tikuv sifati oshganligi hisobiga ishlab chiqilgan maxsus bel korsetining xizmat muddatini 2 barobarga oshirishga erishilgan hamda maxsus bel korseti tannarxi kamayishi va ishlab chiqarish hajmi ortishi hisobiga korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 306,3 million (uch yuz olti million uch yuz ming) so‘mni tashkil etgan.