Yusupov Dilshodbek Solijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni - “Innovatsion texnologiyalar asosida bolalar uchun yangi assortimentdagi smart kiyimlarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5424
Ilmiy rahbar: Maqsudov Nabijon Baxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Mansurova Munisa Anvarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Innovatsion texnologiyalar asosida bolalar uchun yangi assortimentdagi smart kiymlarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolalar tana o‘lchamlarini avtomatik aniqlash imkonini beruvchi va sun’iy intellekt asosida ishlovchi 3D modellashtirish dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan
avatar modeliga o‘lchamlarni avtomatik tarzda joylashtirish orqali aniq o‘lchamga ega asos konstruksiyani tayyorlash usuli takomillashtirilgan;
bolalar organizmini uzlyuksiz ravishda issiqlik bilan ta’minlay oluvchi aqlli ustki kiyimlar uchun kiyim paketlari orasidagi mikroiqlim harorati va namlikni o‘lchovchi takomillashgan qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
qishki mavsum uchun mo‘ljallangan ustki kiyimlarda qulay harakatlanishni ta’minlash uchun vazni engillashtirilgan, bolalarni GPS navigatsiya orqali masofadan nazorat qilish imkoniyati yaratilgan, bolalar ustki kiyim modeli konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi konstruksiyadagi pishitish mexanizmini qo‘llash orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
Innovatsion texnologiyalar asosida bolalar uchun yangi assortimentdagi smart kiyimlarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish orqali Namangan shahridagi « Ideal orzu tekstil » MChJ tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 7 noyabrdagi № 02/06-2650 son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishdagi o‘lcham aniqligi 5% ga oshirilgan, vaqt sarfi 20% ga kamaytirilgan va tayyor mahsulotlarning funksional qulayligi yaxshilangan hamda taklif etilgan texnologiya asosida ishlab chiqarilgan smart kurtkalar korxona ishlab chiqarish liniyasiga joriy etilganda kunlik 3,38 million so‘m, bir yilda 507 mln. (besh yuz etti million) so‘m iqtisodiy foyda olish imkoni yaratilgan.