Radjapova Regina Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XVII–XVIII asrlar rus rasmiy yozma yodgorliklarida protsessual frazeologizmlar: kommunikativ-pragmatik aspekt” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD/Fil5576
Ilmiy rahbar: Kulmamatov Dusmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Siddikova Iroda Abduzuxurovna va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Xujanova Ozoda Tojievna
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XVII-XVIII asrlardagi rus rasmiy yozma yodgorliklari matnlaridagi protsessual frazeologizmlarning struktur va semantik xususiyatlarini ularning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari nuqtai nazaridan aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVII–XVIII rus rasmiy yozuvi yodgorliklari matnida qo‘llanilgan “protsessual frazeologizmlar", "frazeologik performativ konstruksiyalar", “frazeoreflekslar”, “turg‘un frazaralar”, “sugGEStiv frazalar” tahlil qilinib, umumiy kategorial ʻprotsessuallikʼ semasiga ega bo‘lgan turg‘un so‘z birikmalarini leksik hamda metaforik birikmalardan farqlovchi toifaviy belgilari (leksik bo‘linmasligi, frazeologik ma’no turg‘unligi, idiomatikligi) aniqlangan;
XVII–XVIII asrlardagi rus rasmiy hujjatlarida mavjud bo‘lgan protsessual frazeologizmlarning semantik modifikatsiyalari (ekspressivlik, ta’sirchanlik, baholash) kommunikativ-pragmatik jihatdan yondashuv negizida shakillanganligi ilmiy asoslangan;
XVII–XVIII asrlar rus rasmiy yodgorliklarida qo‘llanilgan protsessual frazeologizmlarning denotativ-signifikat va konnotativ makrokomponentli harakat, faoliyat, holat, munosabat, borliq kabi toifalarini ifodalaydigan ma’nolari dalillangan;
assertivlar, direktivalar va deklorativlar sifatida XVII–XVIII asrlar rus rasmiy yodgorliklari matnlarida propozision mazmun bilan protsessual frazeologizmlar, frazeologiyalashgan performativ konsruksiyalar, frazeoreflekslar, turg‘un hamda sugGEStiv frazalar qo‘llanilishi ustuvor ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVII-XVIII asr rus rasmiy yozma yodgorliklari materiallari asosida protsessual frazeologizmlarni o‘rganish va tahlil qilishga bag‘ishlangan tadqiqot materiallari joriy etilgan:
XVII–XVIII rus rasmiy yozuvi yodgorliklari matnida qo‘llanilgan “protsessual frazeologizmlar", "frazeologik performativ konstruksiyalar", “frazeoreflekslar”, “turg‘un frazaralar”, “sugGEStiv frazalar” tahlil qilinib, umumiy kategorial ʻprotsessuallikʼ semasiga ega bo‘lgan turg‘un so‘z birikmalarini leksik hamda metaforik birikmalardan farqlovchi toifaviy belgilari (leksik bo‘linmasligi, frazeologik ma’no turg‘unligi, idiomatikligi) aniqlanganiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 1-dekabrdagi 04/1-5747-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyihada XVII-XVIII asrlarga oid rus rasmiy yozuvining protsessual frazeologizmlari semantikasi bo‘yicha funksional-parametrik tahlil usulini qo‘llagan holda tadqiqotlar taqdim etildi. Ushbu loyiha doirasida dissertatsiyaning olingan ilmiy natijalari va ular asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar elektron platforma kartalar yig‘indisini yaratish bo‘yicha dastur va topshiriqlarni takomillashtirishga ko‘maklashdi;
XVII–XVIII asrlardagi rus rasmiy hujjatlarida mavjud bo‘lgan protsessual frazeologizmlarning semantik modifikatsiyalari (ekspressivlik, ta’sirchanlik, baholash) kommunikativ-pragmatik jihatdan yondashuv negizida shakillanganligi ilmiy asoslanganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida filologiya fanlari doktori, professor Madjidova Ra’no Urishevnaning 2020-2022 yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan FZ-2019062034 raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 20-noyabrdagi 24/747-son ma’lumotnomasi). Natijada protsessual frazeologizmlarning semantik modifikatsiyalari tahlili ushbu loyiha doirasida yaratilgan o‘zbek va rus tillari milliy-madaniy so‘zlar glossariysini tuzishda yordam berdi;
XVII–XVIII asrlar rus rasmiy yodgorliklarida qo‘llanilgan protsessual frazeologizmlarning denotativ-signifikat va konnotativ makrokomponentli harakat, faoliyat, holat, munosabat, borliq kabi toifalarini ifodalaydigan ma’nolari dalillanganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida filologiya fanlari doktori, professor Madjidova Ra’no Urishevnaning 2020-2022 yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan FZ-2019062034 raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 20-noyabrdagi 24/747-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek-rus tilida multimedia mahsulotlari majmuasini yaratish uchun asos bo‘lgan tadqiqotlar taqdim etildi. Protsessual frazeologizmlarga oid ilmiy xulosalar va dissertatsiyaning amaliy natijalari rus tilidagi o‘zining ma’nosini strukturasida umumiy kategorial ʻprotsessuallikʼ semasiga ega bo‘lgan turg‘un so‘z birikmalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish muammolarini yoritishga yordam berdi, bu ushbu loyiha doirasida o‘quv-metodik va bilim resurslarining barcha turlarini tayyorlash uchun materiallarning tarkibiy qismiga aylandi;
assertivlar, direktivalar va deklorativlar sifatida XVII–XVIII asrlar rus rasmiy yodgorliklari matnlarida propozision mazmun bilan protsessual frazeologizmlar, frazeologiyalashgan performativ konsruksiyalar, frazeoreflekslar, turg‘un hamda sugGEStiv frazalar qo‘llanilishi ustuvor ekanligi isbotlanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 1-dekabrdagi 04/1-5747-son ma’lumotnomasi). Natijada XVII-XVIII asrlarga oid rus rasmiy yozuvi protsessual frazeologizmlarining kommunikativ va pragmatik tashkil etilganligi to‘g‘risidagi dissertatsiyaning xulosalari va amaliy natijalari joriy etildi, ular monografiya mazmunini boyitishda o‘z aksini topdi hamda ushbu innovatsion loyiha doirasidagi dastur va qo‘llanmalarni takomillashtirishga ko‘maklashdi.