Ibragimova Gulchexra Madaminjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilidagi abbreviaturalarning etnolingvistik, etnomadaniy hamda funksional jihatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.DSc/Fil1000
Ilmiy maslahatchi: Abduvaliev Maxammatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor, Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor, Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilidagi qisqartma (abbreviatura, akronim)larning etnolingvistik, etnomadaniy, tejamkorlik, paydo bo‘lish sabablarini, struktural-semantik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon tilshunosligida norma, subnorma va tejamkorlik masalalari borasidagi ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, ingliz tilida adabiy til normasi XV-XVI asrlarga kelib shakllanganligi, bunga, bir tomondan, til iqtisodi davrining ta’siri, boshqa tomondan esa tarixiy taraqqiyot natijasida turli sabablarga binoan o‘z mustaqil shakliga ega bo‘lmay, german tillariga aralashib ketganligi, tejamkorlikning bilvosita yoki bevosita turlari aniqlangan;
Abbreviaturalarning ingliz tili leksik qatlamida paydo bo‘lishiga ijtimoiy-siyosiy, diplomatik aloqalar, savdo-sotiq, harbiy yurishlar, so‘z o‘zlashtirish kabi ekstralingvistik, tilni o‘zida shakllanuvchi ichki norma imkoniyatidan kelib chiqqan holda adabiy, leksik, morfologik, orfografik, orfoepik, stilistik, majburiy, ijtimoiy, erkin, lingvistik, sintaktik, diskursiv, matn, publisistik, ilmiy, diniy normalarning tilda yashash shakllari (lahjaviy norma, argo va jargonlar), nutqning og‘zaki shakliy ko‘rinishi, so‘zlashuv uslublari nuqtayi nazaridan buzulishi intralingvistik omillar ekanligi dalillangan;
ingliz tilidagi abbreviaturalar tilning fonetik, leksik, sintaktik uslubiy vositalarda bevosita o‘z aksini topishi, ijtimoiy hayotning internet, kompyuter texnologiyalari, bank va moliya, til va tilshunoslik, adabiyot, tibbiyot, biznes, aviasozlik, qishloq xo‘jaligi, buxgalteriya va hisob kitob, avtomobilsozlik, qurilish va bino inshooti, to‘qimachilik, iqtisodiy, siyosiy, diniy, sud va boshqaruv, hunarmandchilik, harbiy, kemasozlik, baliqchilik, parrandachilik, veterenariya, oziq-ovqat kabi sohalardagi qisqartmalarning semantik turlari aniqlangan;
ingliz tilida abbreviaturalarning struktur-semantik jihatdan lokatsion moslamalar (-AR - radar), navigatsiya moslamasi (X) AN (Loran), kvant-mexanik moslamalarni ifodalovchi (x) aser, avtomatik elektron hisoblash moslamalari (X)AS (UNIVAS < Universal Automatic Computer), radioelektron leksikada (X)INS (inertial system yoki inertial navigation system), aviatsiya leksikasida uchish va qo‘nish usullarini bildiruvchi TOL (... takeoff or landing), kemasozlikda energetik moslamalarni anglatuvchi AG (... and Gas Turbine), umumiste’mol leksikasida qo‘llaniluvchi SNAFU, snafu < situation normall, all fouled up ko‘rinishidagi sleng so‘zlar guruhi, tillarni qayta o‘zgartiruvchilarini bildiruvchi (X) TRAN, aviatsiya otryadini ifodalovchi SAR kabi turlarga ajratilgan:
ingliz madaniyatida ismning qisqartirish ko‘pincha erkalash, kichraytirish ma’nolarnini anglatishi, soha qisqartmalari ma’lum etnos madaniyatining o‘ziga xos jihatlari, qadriyatlari, dunyoqarashini ixcham holda ifodalashi, ular bu jihatdan konsentratsiyalashgan madaniy birliklar bo‘lib, etnosning jamiyat tuzilmasi, kasbiy tizimi va tarixiy taraqqiyotini bildirishi, soha qisqartmalarining etnomadaniy jihatdan a) milliy siyosiy model, b) diniy va axloqiy qadriyatlar, d) milliy qadriyatlar va turmush tarsi, e) professional identitet va ijtimoiy maqomni aks ettirishi; ijtimoiy tarmoqlar va norasmiy yozishmalarda qo‘llaniluvchi abbreviaturalar so‘zlashuvchining jamiyatda digital madaniyat rivojlanayotganini ko‘rsatib, tezkor aloqa va chatlarda foydalanilishi, rasmiy hujjatlar va davlat idoralarda ishlatiluvchi abbreviaturalar rasmiy yozishmalarda vaqt va joyni tejash maqsadida keng qo‘llanilishi, qisqartmalar madaniyatda qanday axloqiy chegaralar borligini ko‘rsatishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidagi abbreviaturalarning etnolingvistik, etnomadaniy hamda funksional jihatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz madaniyatida ismning qisqartirish ko‘pincha erkalash, kichraytirish ma’nolarnini anglatishi, soha qisqartmalari ma’lum etnos madaniyatining o‘ziga xos jihatlari, qadriyatlari, dunyoqarashini ixcham holda ifodalashi, ular bu jihatdan konsentratsiyalashgan madaniy birliklar bo‘lib, etnosning jamiyat tuzilmasi, kasbiy tizimi va tarixiy taraqqiyotini bildirishi, soha qisqartmalarining etnomadaniy jihatdan a) milliy siyosiy model, b) diniy va axloqiy qadriyatlar, d) milliy qadriyatlar va turmush tarsi, e) professional identitet va ijtimoiy maqomni aks ettirishi; ijtimoiy tarmoqlar va norasmiy yozishmalarda qo‘llaniluvchi abbreviaturalar so‘zlashuvchining jamiyatda digital madaniyat rivojlanayotganini ko‘rsatib, tezkor aloqa va chatlarda foydalanilishi, rasmiy hujjatlar va davlat idoralarda ishlatiluvchi abbreviaturalar rasmiy yozishmalarda vaqt va joyni tejash maqsadida keng qo‘llanilishi, qisqartmalar madaniyatda qanday axloqiy chegaralar borligini ko‘rsatishi kabi ilmiy yangiliklardan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 26-sentyabrdagi 04-04-1/5659-son ma’lumotnomasi). Natijada, maqolada ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
abbreviaturalarning ingliz tili leksik qatlamida paydo bo‘lishiga ijtimoiy-siyosiy, diplomatik aloqalar, savdo-sotiq, harbiy yurishlar, so‘z o‘zlashtirish kabi ekstralingvistik, tilni o‘zida shakllanuvchi ichki norma imkoniyatidan kelib chiqqan holda adabiy, leksik, morfologik, orfografik, orfoepik, stilistik, majburiy, ijtimoiy, erkin, lingvistik, sintaktik, diskursiv, matn, publisistik, ilmiy, diniy normalarning tilning yashash shakllari (lahjaviy norma, argo va jargonlar), nutqning og‘zaki shakliy ko‘rinishi, so‘zlashuv uslublari nuqtayi nazaridan buzulishi intralingvistik omillar ekanligi kabi ilmiy yangiliklardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi A.Najmeddinov rahbarligida S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari t a’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasi doirasidagi ta’limiy, madaniy sohadagi tadbirlar, amaliy ishlarda foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2025-yil 03-iyundagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
ingliz tilidagi abbreviaturalar ijtimoiy hayotning internet, kompyuter texnologiyalari, bank va moliya, til va tilshunoslik, adabiyot, tibbiyot, biznes, aviasozlik, qishloq xo‘jaligi, buxgalteriya va hisob kitob, avtomobilsozlik, qurilish va bino inshooti, to‘qimachilik, iqtisodiy, siyosiy, diniy, sud va boshqaruv, hunarmandchilik, harbiy, kemasozlik, baliqchilik, parrandachilik, veterenariya, oziq-ovqat kabi sohalardagi qisqartmalarning semantik turlari kabi yangiliklardan Namangan davlat universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi falsafa fanlari doktori (PhD) D.M.Sarimsaqova boshchiligida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Alumni Outreach Grans Program dasturi doirasida 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2025-yil 28-maydagi 1321-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
ingliz tilida abbreviaturalarning struktur-semantik jihatdan lokatsion, navigatsiya, kvant-mexanik, avtomatik elektron hisoblash moslamalari, radioelektron, aviatsiya, kemasozlik, umumiste’mol leksikasida qo‘llaniluvchi kabi turlari borasidagi ma’lumotlardan Eronning Mashhad Firdavsiy universiteti ta’lim jarayonida foydalanilgan (Eron Islom Respublikasi Mashhad Firdavsiy universitetining 2025-yil 03-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan ma’lumotlar umumiy tilshunoslik, leksikologiya, leksikografiya sohalarida ilmiy izlanish bilan shug‘ullanayotganlarga foydadan holi emas, shuningdek ilmiy yangiliklar asosida ona tilisi ingliz tillardan biri bo‘lmagan talabalar uchun ingliz tilshunosligi bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishida yanada samarali manba bo‘lib xizmat qilgan;
jahon tilshunosligida norma, subnorma va tejamkorlik masalalari borasidagi ilmiy adabiyotlar tahlili, ingliz tilida adabiy til normasi XV-XVI asrlarga kelib shakllanganligi, bunga, bir tomondan, til iqtisodi davrining ta’siri, boshqa tomondan esa tarixiy taraqqiyot natijasida turli sabablarga binoan o‘z mustaqil shakliga ega bo‘lmay, german tillariga aralashib ketganligi, tejamkorlikning bilvosita yoki bevosita turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-iyundagi 05-09-864-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ijtimoiy xususiyatlari ortgan.