Jumanov Alisher Raxmatkulivichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Taekvondochilarni musobaqalarga tayyorlashda jangovor harakat kombinatsiyalarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9618.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Laziz Azamat o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Raxmatov Bektosh Shomurod o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi taekvondochilarni musobaqalarga tayyorlashda jangovor harakat kombinatsiyalarini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
taekvondochilarni mashg‘ulot va musobaqalarga samarali tayyorlash uchun jangovor harakat kombinatsiyalarini yoshga xos darjada rivojlantirivchi, mobilizatsiyalovchi, takomillashtirishga qaratilgan uch bosqichli bloklar asosida yillik mashg‘ulotlar dasturini tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarligi oshirilgan;
taekvondochilar tayyorgarligini modifikatsiyalash uchun harakat aniqligini oshirishga qaratilgan zarbalardan natijaviy foydalanishga yo‘naltirilgan jangovor harakat kombinatsiyasida individual va raqib tayyorgarligidagi zaif va ustunlikni sensitiv aniqlagan holda harakatlanishga tavsiya etilgan uslublarni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari yoshga xos nisbatlarda optimallashtirilgan;
taekvondochilarni mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish uchun o‘ng va chap oyoqda beriladigan zarbalar holatida muvozanat saqlash turg‘unligini oshirishga qaratilgan hamda harakat aniqligiga ta’sir etuvchi va koordinatsion (o‘zgaruvchan yo‘nalishli darajada keskin kuchlanish bilan bajariladigan takomillashgan tezkor-kuch, murakkab tana zvenolarini birdamlikda sinxiron rivojlantirish mashqlari kabi) mashqlarni tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga jangovor harakat kombinatsiyalari takomillashtirilgan;
taekvondochilarni musobaqalardagi harakatlar natijadorligini oshirish uchun texnik-taktik tayyorgarlikni yaxshilashda individual imkonyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar va musobaqalarda himoya va hujum uslubini (tezkor-himoyaviy, sust-hujumkor, teng-diffrensiallashgan kabi) varyativ qo‘llash hisobiga natijadorlik imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 14-15 yoshli taekvondochilarda mashg‘ulot va musobaqalarga tayyorlashda harakat aniqligini jangovor harakat kombinatsiyalari yordamida rivojlantirish samaradorligi qaratilgan tajribalar asosida:
taekvondochilarni mashg‘ulot va musobaqalarga samarali tayyorlash uchun jangovor harakat kombinatsiyalarini yoshga xos darjada uch bosqichli (rivojlantirivchi, mobilizatsiyalovchi, takomillashtirivchi bloklar aosida) takomillashtirishga qaratilgan yillik mashg‘ulotlar dasturini tayyorgarlik jarayoniga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati, Toyloq shahar, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining o‘quv mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 21-iyundagi 03-17-01/2873–son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik tayyorgarligi 13,3%ga va taktik tayyorgarligi 14,5%ga oshirishga erishildi. yaxshilangan;
taekvondochilar tayyorgarligini modifikatsiyalash uchun harakat aniqligini oshirishga qaratilgan zarbalardan natijaviy foydalanishga yo‘naltirilgan jangovor harakat kombinatsiyasida individual va raqib tayyorgarligidagi zaif va ustunlikni sensitiv aniqlagan holda harakatlanishga tavsiya etilgan uslublarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining o‘quv mashg‘ulotga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 21-iyundagi 03-17-01/2873–son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy jismoniy tayyorgarligi 11,8%ga va maxsus jismoniy tayyorgarligi 13,4%ga oshirishga erishildi;
taekvondochilarni mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish uchun o‘ng va chap oyoqda beriladigan zarbalar holatida muvozanat saqlash turg‘unligini harakat aniqligiga ta’sir etuvchi va koordinatsion mashqlar (o‘zgaruvchan yo‘nalishli darajada keskin kuchlanish bilan bajariladigan takomillashgan tezkor-kuch mashqlari, murakkab tana zvenolarini birdamlikda sinxiron rivojlantirish mashqlari kabi) tayyorgarlik jarayoniga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari o‘quv mashg‘ulotiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil
21-iyundagi 03-17-01/2873–son ma’lumotnomasi). Natijada, zarba va harakat aniqligi 14%ga yaxshilangan;
taekvondochilarni musobaqalardagi harakatlar natijadorligini oshirish uchun texnik-taktik tayyorgarlikni yaxshilashda individual imkonyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar va musobaqalarda himoya va hujum uslubini (tezkor-himoyaviy, sust-hujumkor, teng-diffrensiallashgan kabi) qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari o‘quv mashg‘ulot mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 21-iyundagi 03-17-01/2873–son ma’lumotnomasi). Natijada, himoya va hujum samaradorligi 15.5% ga oshirilgan.