Egamberdiev Muhammad Nizomiddin o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kikbokschilarda harakat aniqligini barqarorlashtiruvchi muvozanat saqlash funksiyasini shakllantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8898.
Ilmiy rahbar: Rajabov G‘ulomjon Qurbonboevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Abdullaev Farxod Turdialievich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi malakali kikbokschilarda tayanch holatdan va sakrab aylanish davomida oyoq bilan ijro etiladigan harakatlar (zarbalar) aniqligiga zamin yaratuvchi muvozanat saqlash funksiyasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
malakali kikbokschilar tayyorgarligini modernzatsiyalash uchun yillik mashg‘ulotlarning tayyorlov, musobaqa va o‘tish davrlarida harakatlar natijadorligini oshirishga qaratilgan vositalarni (yuklamalar umumiy davomiyligini va real musobaqa sharoitlari bilan bir-biriga ekstraintensiv tartibda raqibning yashirin imkoniyatlarini obektiv baholab harakatlanish kabi) sinxiron va asinxiron qo‘llashga asoslangan dasturni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga tayyorgarlik tizimi takomillashtirilgan;
kikbokschilarda harakat aniqligini optimallashtirish uchun mashg‘ulotlarda chap va o‘ng tomonga aylanib (burilib) oyoq bilan zarbalar (hay-kik, bak-kik, tornado-kik va h.k.) berish hajmi, texnika, aniqligi va barqarorlashtirishga zamin yaratuvchi muvozanat saqlash turg‘unligini rivojlantirish va baholashga qaratilgan mashqlar majmuasini tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga ixtisoslashtirilgan diagnostik testlar va ularni qo‘llash tartibini belgilovchi tasnifiy andozalar yaratish uslubiyati takomillashtirilgan;
malakali kikbokschilarda yuqori natijador texnik harakatlarni takomillashtirish uchun muvofiqlashtirilgan tartibda chapaqay-o‘naqay harakatlarga teng taqsimlangan vestibulokinetik maxsus mashqlar majmuasini tayyorgarlik bosqichlariga kiritish hisobiga musobaqalarga maqsadli tayyorlash imkoniyatlari kengaytirilgan; 
kikbokschilarda harakat aniqligini barqarorlashtirish va muvozanat saqlash funksiyasini takomillashtirish uchun tayanch holatdan sakrab 90o, 180o, 360o chap-o‘ng tomonlarga aylanib zarba berish hajmi, kuchi va aniqligini barqarorlashtirishga zamin yaratuvchi muvozanat saqlash turg‘unligini oshirish va yuzaga kelgan asimmetrik farqni qisqartirishga (simmetrizatsiyalashga) qaratilgan tayyorgarlik modelini ishlab chiqish hisobiga bellashuvlarda texnik harakatlarni natijaviy yakunlash ko‘rsatkichlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kikbokschilarda harakat aniqligini barqarorlashtiruvchi muvozanat saqlash funksiyasini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan metodikani mashg‘ulotlarga tatbiq etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida: 
malakali kikbokschilar tayyorgarligini modernzatsiyalash uchun yillik mashg‘ulotlarning tayyorlov, musobaqa va o‘tish davrlarida harakatlar natijadorligini oshirishga qaratilgan vositalarni (yuklamalar umumiy davomiyligini va real musobaqa sharoitlari bilan bir-biriga ekstraintensiv tartibda raqibning yashirin imkoniyatlarini obektiv baholab harakatlanish kabi) sinxiron va asinxiron qo‘llashga asoslangan dasturi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahri Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi kikbokschilari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-iyuldagi 02-16/7603-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli statik holatlarda muvozanat saqlash an’anaviy mashg‘ulotlarda shug‘ullangan NGda 10,39% gacha, eksperimental mashg‘ulotlarda shug‘ullangan TGda 50,57% gacha o‘sgan, turli vestibulokinetik yuklamlar ta’sirida dinamik muvozanat saqlash muvofiq ravishda: 14,96% va 72,6% gacha ortgan; 
kikbokschilarda harakat aniqligini optimallshtirish uchun mashg‘ulotlarda chap va o‘ng tomonga aylanib (burilib) oyoq bilan zarbalar (hay-kik, bak-kik, tornado-kik va h.k.) berish hajmi, texnikasi, aniqligi va barqarorlashtirishga zamin yaratuvchi muvozanat saqlash turg‘unligini rivojlantirish va baholashga qaratilgan mashqlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahri Yakkasaroy tumani 2-son sport maktabi kikbokschilari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-iyuldagi 02-16/7603-son ma’lumotnomasi). Natijada, tornado-kik usuli misolida oyoq yordamida ijro etiladigan zarbalar texnikasi tinch holatda 6,9±0,57 ball, aniqligi 26,1±2,07% ga teng bo‘lgan ko‘rsatkichlar tanani 10 marta chap – qulay tomonga aylantirish ta’sirida ushbu ko‘rsatkichlar muvofiq ravishda: 4,7±0,86 ball va 17,8±1,71% gacha tushib ketgani, tanani o‘ng – noqulay tomonga 10 marta aylantirish ta’sirida zarbalar texnikasi 2,9±0,07 ballgacha, aniqligi 9,3±0,79% gacha kamayib ketganligi muvozanat saqlash turg‘unligining “zaif” rivojlanganligi bilan bog‘liq bo‘lgani ilmiy asoslab berilgan; 
malakali kikbokschilarda yuqori natijador texnik harakatlarni takomillashtirish uchun muvofiqlashtirilgan tartibda chapaqay-o‘naqay harakatlarga teng taqsimlangan vestibulokinetik maxsus mashqlar majmuasini tayyorgarlik bosqichlarida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kikboks ixtisosligi talabalari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-iyuldagi 02-16/7603-son ma’lumotnomasi). Natijada, belgilangan muddat ichida  tornado-kik zarbalar kuchi 8,39% dan 14,22% gacha, aniqligi 22,13% dan 62,03% gacha ortgan;
kikbokschilarda harakat aniqligini barqarorlashtirish va muvozanat saqlash funksiyasini takomillashtirish uchun tayanch holatdan va sakrab 90o, 180o, 360o chap-o‘ng tomonlarga aylanib zarba berish hajmi, kuchi va aniqligini barqarorlashtirishga zamin yaratuvchi muvozanat saqlash turg‘unligini oshirish va yuzaga kelgan asimmetrik farqni qisqartirishga (simmetrizatsiyalashga) qaratilgan tayyorgarlik modeli Alfraganus universiteti Kikboks ixtisosligi talabalari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-iyuldagi 02-16/7603-son ma’lumotnomasi). Natijada, 10 soniya. ichida 360o chap tomonga aylanib, o‘ng oyoqda tornado-kik zarbalarini berish hajmi 15,35% dan 56,6% ga, kuchi 3,24% dan 7,86% ga, aniqligi 13,86% dan 41,7% ga o‘sgan. Aksincha pozisiyada zarba berish ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda: 26,17% dan 113,05% gacha, 4,27% dan 13,47% gacha, 8,12% dan 34,87% gacha teng bo‘lgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish