Ergalieva Janar Aytkalievna
Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi MTT misolida)”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped2655
Ilmiy rahbar: Bekimbetova Aynagul Amangeldievna pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Quchqorova Nargiza Mamajonovna pedagogika fanlari doktori, professor;
Rizaeva Xusniya Ubaevna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabga tayyorlov guruhi bolalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhi bolalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashga doir jismoniy, psixik, ijtimoiy omillarning ta’siriga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish tuzilmasi va komponentlari (bilish jarayonlariga oid ko‘nikmalar, muammolarni echish va fikrlash ko‘nikmalari, nutq va tushunchalarni amalda qo‘llash, matematik-intellektual ko‘nikma) tarbiyalanuvchilarning nostandart (ijodiy) fikrlashini rivojlantiruvchi resurslarni kompleks (haftalik va oylik mavzularga mos ravishda) qoʻllash orqali aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhi bolalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli “maqsadli + tashkiliy-funksional + baholovchi-mezonli” bloklarning uzviy bog‘liqligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi STEAM - o‘qitish elementlari, muammoli-ijodiy topshiriqlar, kognitiv karta, fasilitatsiya va simulyasiya usullari integratsiyalashgan holda takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar amaliyotga joriy etildi hamda maktabgacha ta’lim jarayonida samarali sinovdan o‘tkazildi.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhi bolalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashga doir jismoniy, psixik, ijtimoiy omillarning ta’siriga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110200 – “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Balalardıń jámietlik maslasıwı” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, ilm va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosidagi 429-620-sonli guvohnoma). Natijada bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhi bolalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarining rivojlanishiga erishilgan;
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish tuzilmasi va komponentlarini (bilish jarayonlariga oid ko‘nikmalar, muammolarni echish va fikrlash ko‘nikmalari, nutq va tushunchalarni amalda qo‘llash, matematik-intellektual ko‘nikma) tarbiyalanuvchilarning nostandart (ijodiy) fikrlashini rivojlantiruvchi resurslarni kompleks (haftalik va oylik mavzularga mos ravishda) qoʻllash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan AL-662204455-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 3–7 yoshdagi bolalar uchun qoraqalpoq xalq ertaklari va bolalar qo‘shiqlari asosida multimediali texnologiyalar yaratish va foydalanish” nomli amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-apreldagi 4/17- 4/66-78-son xati hamda NDPIning 2024-yil 19-iyuldagi 226-D/1-sonli buyrug‘i); Natijada maktabga tayyorlov guruhi bolalarining sezgi, idrok, tafakkur, xayol va xotira kabi bilish jarayonlarini, intellektual faolligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhi bolalarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish modelini «maqsadli + tashkiliy-funksional + baholovchi-mezonli» bloklarning uzviy bog‘liqligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish hamda bolalarda intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini STEAM-o‘qitish elementlari, muammoli-ijodiy topshiriqlar, kognitiv karta, fasilitatsiya va simulyasiya usullarini integratsiyalashgan holda takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar 60110200 – “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Balalardıń jámietlik maslasıwı” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, ilm va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosidagi 429-620-sonli guvohnoma). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishning nazariy asoslari ilmiy jihatdan takomillashtirishga erishilgan.