Nabieva Rushana Jamol qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: Oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalarining genetik, semantik va leksikografik tadqiqi”, 10.00.01 – o‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Fil4780 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shukurov Otabek Ulashevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Abdulla Eshquvatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalarining genetik, semantik va leksikografik xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq etish hamda ularning leksikadagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tili leksikasida oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalarining faol qo‘llanayotganidan kelib chiqib, ularning milliy til tizimidagi o‘rni va ko‘lami (me’yoriy-huquqiy hujjatlar, oziq-ovqat mahsulotlari reestri, oshpazlik sohasiga oid reklama matnlari va taomnomalarda ortib borishi) ilmiy asosda dalillangan;
400 ta oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalari genetik jihatdan tizimli tahlil qilinib, ularning shakllanish manbalari (fransuz, ingliz, rus, italyan, ispan, arab, turk va boshqa tillar) hamda etimologik xususiyatlari (milksheyk – inglizcha milkshake – sut va muzli aralash ichimlik, smuz – inglizcha smoothie – meva yoki sabzavotli silliq ichimlik; chizkeyk – inglizcha cheesecake – pishloqli tort; kuksi – koreyscha guksu – sabzavotli makaron kabi) hamda mavjud leksik qatlamlarni boyitishdagi roli ochib berilgan;
oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalari mavzuviy jihatdan 11 ta makro guruhga ajratilib, guruhlarning ichki tuzilishida kichik lug‘aviy-ma’noviy guruhlarning shakllangani va ular o‘rtasidagi o‘zaro leksik-semantik munosabatlarning (gipo-giperonimik, graduonimik, partonimik, ierarxionimik, sinonimik, omonimik, polisemantik) muntazam ravishda mustahkamlanib borayotgani isbotlangan;
leksikaga yangi o‘zlashayotgan oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalari umumiy izohli va sohaviy lug‘atlar misollarida tizimli tahlil etilib, leksikografik tavsiflashning ilmiy mezonlari va amaliy tavsiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalarining genetik, semantik va leksikografik tahlilini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili leksikasida oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalarining faol qo‘llanayotgani, ularning milliy til tizimidagi o‘rni va ko‘lami bilan bog‘liq ma’lumotlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021–2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-iyundagi 01/4-2503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha lug‘at korpusining tuzilishiga doir yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalarining genetik jihati, ularning shakllanish manbalari (fransuz, ingliz, rus, italyan, ispan, arab, turk va boshqa tillar) hamda etimologik xususiyatlari bilan bogʻliq ma’lumotlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ 2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-martdagi 04/1-833-sonli ma’lumotnomasi); Natijada loyihadagi yangi o‘zlashmalar talqiniga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan mukammallashgan;
oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalari mavzuviy jihatdan makro guruhlarga ajralishi, guruhlarning ichki tuzilishida kichik lug‘aviy-ma’noviy guruhlarning shakllangani va ular o‘rtasidagi o‘zaro leksik-semantik munosabatlarga oid xulosalardan “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Sifat mezoni”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 11-fevraldagi 0509-159-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dasturlar uchun tayyorlangan ma’lumotlarning mazmun ko‘lami kengaygan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.