Sattarov Jovxar Burxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shimoliy Nurotaning Yarik-Suluq va Jilg‘a maydonlaridagi oltin ma’danlashuvining geologiyasi, joylashish sharoitlari va mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari”, 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/GM281.
Ilmiy raxbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.31/2025.27.12.GM.02.01.M.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Kasimova Shaxzoda Ramizidinovna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Nurotaning Yarik-Suluq va Jilg‘a maydonlaridagi oltin ma’danlashuvining geologiyasi, joylashish sharoitlari va mineralogik-geokimyoviy xususiyatlarini tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yarik-Suluq va Jilg‘a maydonlaridagi oltin ma’dan namoyonlarining joylashuvida Konsoy-Suvliqsoy va Qamishli ko‘p yoriqli tektonik buzilmalar zonalari ma’danni nazorat qiluvchi omil sifatida ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
Konsoy-Suvliqsoy zonasida oltin ma’danlarining geologik-strukturaviy joylashuv sharoitlari asosan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishdagi uzilmali buzilmalar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Suvliqsoy svitasi jinslarida yuqori miqdordagi elementlarning (Au, Ag, As, Cu, Mo, Sb, Ni, Pb, Zn, W va boshqalar) mavjudligi, oltin ma’danlar hosil bo‘lishida asosiy litologik omil sifatida belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy Nurotaning Yarik-Suluq va Jilg‘a maydonlaridagi oltin ma’danlashuvining geologiyasi, joylashish sharoitlari va mineralogik-geokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy Nurotaning Yarik-Suluq va Jilg‘a maydonlaridagi oltin ma’danlashuvining geologiyasi, joylashish sharoitlari va mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha xulosalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 08-3881-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maydonlardagi oltin ma’danlarini hosil bo‘lishi hamda ularning joylashish qonuniyatlarini aniqlash imkonini bergan;
Yarik-Suluq va Jilg‘a maydonlaridagi oltin bilan birga uchraydigan yo‘ldosh elementlar (Au, Ag, As, Cu, Mo, Sb, Ni, Pb, Zn, W va boshqalar) aniqlanganligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 08-3881-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu elementlarga istiqbolli minerallashgan zonalar aniqlangan;
Shimoliy Nurota tog‘ining shimoliy-g‘arbiy qismidagi Yarik-Suluq va Jilg‘a maydonlaridagi Suvliqsoy, Yarik va Konsoy minerallashgan zonalarida aniqlangan oltinga istiqbolli namoyonlar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi
08-3881-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar istiqbolda respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirish imkonini beradi.