Butaev Tuxtasinning pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhandislik  ta’lim sohalari talabalarida tadbirkorlik  kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari bo‘yicha)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.DSc/Ped625 
Ilmiy maslahatchi: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01 raqamli Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Safibullo Xabibullaevich - pedagogika fanlari doktori, professor; Maxsudov Po‘latjon Maxsudovich   - pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ergashev Sirojiddin Fayozovich - texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. muhandislik ta’lim sohalari talabalarida tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tavsiyalar, metodlar va yo‘riqnomalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik va tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari tadqiqiy benchmarkingga ustuvorlik berish orqali mualliflik “10K” modeliga muvofiq keladigan  mikro o‘rganish sikllarini differensial strukturalash asosida takomillashtirilgan;
texnika fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarni “startap” loyihalar yaratishga o‘rgatishning innovatsion texnologiyasi moslashuvchan, maxsus va biznes ko‘nikmalarning matrisa ko‘rinishiga ega integral integrativligini ta’minlash asosida “muhandis-tadbirkor”ni simulyasiyasiga doir kouchingga xos biznes-vaziyatlarni maqsadli loyihalash asosida takomillashtirilgan;
muhandislik yo‘nalishi talabalarining tadbirkorlik kompetensiyasini rivojlantirish modelining mazmunli-metodik bloki mentorlik, konsalting va netvorkingga asoslangan “muhandislik biznesi” kooperatsiyasining interaktivligiga qaratilgan “Sohada tadbirkorlik” elektiv kursini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi propedevtik, amaliy va natijaviy bosqichlarga muvofiq tarzda elektronikaga doir fanlarni o‘qitish jarayonida ekotizimni  amalga oshirishning EntroComp modelining adaptiv arxitektonikasini strukturlash orqali takomillashtirilgan;
 bo‘lajak muhandislarning tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning diagnostik tizimi talabalar korporativlarini yo‘lga qo‘yish, virtual va amaliy firmalarni yaratish, raqamli biznesga maqsadli tayyorlashning produktivligini baholashga doir indikatorlarni ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhandislik sohasi talabalarining tadbirkorlikka oid kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik va tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari tadqiqiy benchmarkingga ustuvorlik berish orqali mualliflik “10K” modeliga muvofiq keladigan  mikro o‘rganish sikllarini differensial strukturalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar va takliflar «Sxematexnika» nomli nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 491-son buyrug‘i asosida berilgan №491554-sonli nashr ruxsatnomasi); 
texnika fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarni “startap” loyihalar yaratishga o‘rgatishning innovatsion texnologiyasi moslashuvchan, maxsus va biznes ko‘nikmalarning matrisa ko‘rinishiga ega integral integrativligini ta’minlash asosida “muhandis-tadbirkor”ni simulyasiyasiga doir kouchingga xos biznes-vaziyatlarni maqsadli loyihalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan S-PM-22- raqamli «Sanoat korxonalari yuqori va o‘rta bosimli ventilyatorlarida tashqariga uzatilayotgan havo oqimidan elektr energiyasi olish innovatsion qurilmasi» nomli startap davlat grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining 2021-yil 15-oktyabrdagi 291-son buyrug‘i,  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialining 2021 yil 30 dekabrdagi №171-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi 2025 yil 6 - mart № 02/01-01-88 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tadbirkorlikka oid kompetensiyalarini egallash darajasini oshirishga erishilgan;
muhandislik yo‘nalishi talabalarining tadbirkorlik kompetensiyasini rivojlantirish modelining mazmunli-metodik bloki mentorlik, konsalting va netvorkingga asoslangan “muhandislik biznesi” kooperatsiyasining interaktivligiga qaratilgan “Sohada tadbirkorlik” elektiv kursini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiya va takliflar  “Elektrotexnika, elektronika va elektr o‘tkazgichlar” nomli nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan №55401-sonli nashr ruxsatnomasi); 
bo‘lajak muhandislarning tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi propedevtik, amaliy va natijaviy bosqichlarga muvofiq tarzda elektronikaga doir fanlarni o‘qitish jarayonida ekotizimni  amalga oshirishning EntroComp modelining adaptiv arxitektonikasini strukturlash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Ipak qurti urug‘ini jonlantirish va ipak qurti pillalarini etishtirish jarayonlari uchun elektrotexnologik qurilma yaratish” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarorining 7-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2023 yillarda oliy ta’lim muassasalari tamonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi”dagi 211-bandiga asosan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialining 2022 yil 21 sentyabrdagi №01/9-05-161-sonli buyrug‘i);
bo‘lajak muhandislarning tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning diagnostik tizimi talabalar korporativlarini yo‘lga qo‘yish, virtual va amaliy firmalarni yaratish, raqamli biznesga maqsadli tayyorlashning produktivligini baholashga doir indikatorlarni ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga transformatsiyalash asosida takomillashtirishga doir  tavsiyalardan «Bronxlarni himoyalovchi nimcha» (Innovatsion davolash nimchasi) nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarorining 7-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2023 yillarda oliy ta’lim muassasalari tamonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi”dagi 212-bandiga asosan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialining 2022 yil 21 sentyabrdagi №01/9-05-161-sonli buyrug‘i). Natijada, muhandislik sohasi talabalarining kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalari hamda tadbirkorlikka oid kompetensiyalari rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etishdagi zamonaviy talablarni aniqlash imkoni oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish