Bekmurodova Muxayo Shukurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’loni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jakkard gazlamalarida fraktal naqshlarni geometrik modellashtirish va vizuallashtirish”, 05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5812.
Ilmiy rahbar: Anarova Shahzoda Amanbaevna texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan mussasa nomi:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M
Rasmiy opponentlar:
Hamdamov O‘tkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Berdiev G‘olib Rashidovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: L-tizimlar va IFS usullari asosida Jakkard gazlamalaridagi naqshlar uchun fraktal-raqamli model va algoritmlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
L-tizimlar va IFS usullari yordamida Jakkard gazlamalardagi naqshlarni chizishning geometrik modeli va takomillashtirilgan fraktal-raqamli modellari ishlab chiqilgan;
L-tizimlar va IFS usullari yordamida Jakkard gazlamalardagi naqshlarni chizishning fraktal-raqamli algoritmlari ishlab chiqilgan;
Jakkard gazlamalarning to‘quv nuqsonlarini Veyvlet fraktal usuli asosida fraktal o‘lchovlarni hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
Jakkard gazlamalarini loyihalashda fraktal tuzilishli naqshlarni L-tizimlar va IFS usullari yordamida chizishni vizuallashtirishni avtomatlashtiruvchi dasturiy majmuaning funksional-sxematik tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya doirasida fraktal tuzilishli naqshlarni geometrik modellashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan rekursiv algoritmlar va yaratilgan dasturiy majmua asosida:
L-tizimlar usuliga asosan fraktal tuzilishli naqshlarni modellari va algoritmlari, IFS (Iterated Function Systems) usulini qo‘llagan holda fraktal tuzilishli naqshlarni modellari hamda algoritmlari, raqamli modellashtiruvchi va vizuallashtiruvchi dasturiy vosita “SULTON TEX GROUP” MChJga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 33-8/7454-son ma’lumotnomasi). Natijada Jakkard gazlamalarini loyihalashda naqshlarni fraktal-raqamli modellashtirish uchun dasturiy vosita Jakkard gazlamalari naqshlarini ishlab chiqishda, ularning dizaynini loyihalashda fraktal ko‘rinishdagi zamonaviy naqshlarni shakllantirishni avtomatlashtirish, ishlab chiqarishni 7%-10% ga oshirish va mehnat hajmini kamaytirish imkonini berdi;
zamonaviy gazlamalarni ishlab chiqishda IFS, L-tizimlar usullari va geometriyaning asosiy tushunchalarini qo‘llagan holda fraktal naqshlarni vizuallashtiruvchi dasturiy vosita “RAYXON TOLA” MChJga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 33-8/7454-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy - tadqiqot ishi natijalari, hisoblash algoritmlari va dasturiy vositani qo‘llash natijasida gazlamani loyihalash jarayonlari uchun vaqt sarfini kamayishi hisobiga ish unumdorligini 8-10% gacha oshirish va mehnat hajmini kamaytirish imkonini berdi.
Jakkard gazlamalari uchun L-tizimlar usuli asosida hosil qilingan fraktal naqshlarni vizuallashtiruvchi dasturiy vositasi “JIZZAKH TEXTILE” MChJ joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 33-8/7454-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy - tadqiqot ishi natijalari, ilmiy-tadqiqotlar samarasini, olingan natijalarning informativligi, aniqligi va ishonchliligini oshirdi, hamda xatoliklarni kamaytirilishiga olib keldi. Gazlamani loyihalash uchun sarflanadigan vaqt 2 barobarga kamaydi, mehnat unumdorligi esa 5-8% ga oshdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish