Dergacheva Irina Viktorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning xavfli o‘piriladigan ko‘llari (genezis, morfometriya va hududiy tarqalishi)», 11.00.03–Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Gr49.
Ilmiy rahbar: Myagkov Sergey Vladimirovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya xizmati markazi Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.
Rasmiy opponentlar: Sarev Boris Konstantinovich, texnika fanlari doktori; Petrov Maksim Anatol`evich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi hududiga tahdid soluvchi o‘piriladigan xavfli ko‘llarning hududiy taqsimlanishining xususiyatlarini aniqlash va «O‘zbekistonning o‘piriladigan xavfli ko‘llari» axborot tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston hududiga xavf soluvchi turli genezisli baland tog‘ o‘piriladigan xavfli ko‘llarning hududiy va balandlik bo‘yicha taqsimlanishi, baland tog‘ ko‘llarning morfometrik va geografik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor geoinformatsion xaritalashgan usulida O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi baland tog‘ o‘piriladigan xavfli ko‘llarining xaritalari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston va transchegaraviy hududlarda ko‘llarning o‘pirilishi genezisli sellarning paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan davrlar aniqlangan;
xavfli tabiiy ob’ektlar monitoringi tizimini takomillashtirish uchun «O‘zbekistonning o‘piriladigan xavfli ko‘llari»ning ko‘p bosqichli axborot tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga xavf soladigan o‘piriladigan xavfli ko‘llarning hududiy taqsimlanish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston hududiga tahdid solayotgan turli genezisli baland tog‘li o‘piriladigan xavfli ko‘llarning masofaviy va balandlik bo‘yicha taqsimlanish qonuniyatlari, baland tog‘ ko‘llarining geografik va morfometrik xususiyatlari Favqulodda vaziyatlar vazirligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 2/4/24-3147-son ma’lumotnomasi). Natijada xavfli ob’ektlarni – baland tog‘ o‘piriladigan ko‘llar monitoringi tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
O‘zbekistondagi o‘piriladigan xavfli ko‘llarni geoinformatsion xaritalash natijalari Favqulodda vaziyatlar vazirligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 2/4/24-3147-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan kartografik materiallar ko‘llarning o‘pirilishidan himoya qilish ob’ektlarini qurish va joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon bergan;
baland tog‘ ko‘llar o‘piriladigan davrlarining ko‘rsatkichi sifatidagi ko‘llarning o‘pirilishi genezisli sellarning paydo bo‘lish xavfining mavsumiy xususiyatlari Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 2/4/24-3147-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘piriladigan xavfli ko‘llar monitoringini optimallashtirish imkonini bergan;
«O‘zbekistonning o‘piriladigan xavfli ko‘llari» ko‘p bosqichli axborot tizimi Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 2/4/24-3147-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p bosqichli axborot tizimini amaliy qo‘llash, ma’lumotlar bazasining mavjudligi, kompyuter texnologiyalaridan va masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanish potensial xavfli ob’ektlar monitoringi samaradorligini oshirgan va xavfli suv toshqinlarining halokatli oqibatlarini kamaytirishga imkon yaratgan.