Kadirova Shaxnoza Ilhomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish” 08.00.13 - Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4234
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Arabov Nurali Uralovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ochilov Akram Odilovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida sanoat korxonalarning iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtrish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarida iqtisodiy salohiyatni integral baholash usuli iqtisodiy salohiyatdan foydalanish holatini past (0,001≤Is<0,138), o‘rta (0,139≤Is<0,593) va yuqori (0,594≤Is<1,000) darajali guruhlarga tabaqalashtirish asosida takomillashtirilgan;
real ishlab chiqarish-iqtisodiy va istiqbol talablariga ko‘ra sanoat korxonasi missiyasi ustuvorligida innovatsion loyiha (loyihalar) samaradorligining maqsadli mezonlarini aniqlash va baholash kabilar negizida takomillashtirilgan;
soha xususiyatiga ko‘ra sanoat korxonasi iqtisodiy salohiyatini boshqarish strategiyasi tahlil va istiqbol bosqichlarida ishlab chiqarishni barqaror rivojlanitirishning resurslar ta’minotining sinergetik natijadorligi asosida takomillashtirilgan;
Samarqand viloyatida sanoat ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish tendensiyalari va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami sanoat mahsuloti hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida iqtisodiy salohiyatni boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarida iqtisodiy salohiyatni integral baholash usuli iqtisodiy salohiyatdan foydalanish holatini past (0,001≤Is<0,138), o‘rta (0,139≤Is<0,593) va yuqori (0,594≤Is<1,000) darajali guruhlarga tabaqalashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2025-2026-yillarda hududlar sanoat ishlab chiqarishida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 19-avgustdagi 05-9381-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini baholash aniqligini oishirsh, va shunga ko‘ra boshqaruv qarorlari optimalligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
real ishlab chiqarish-iqtisodiy va istiqbol talablariga ko‘ra sanoat korxonasi missiyasi ustuvorligida innovatsion loyiha (loyihalar) samaradorligining maqsadli mezonlarini aniqlash va baholash kabilar negizida takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2025-2026-yillarda hududlar sanoat ishlab chiqarishida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 19-avgustdagi 05-9381-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish uslubiy jihatdan sanoat korxonasida innovatsion faoliyatni amalga oshirish maqsadli yo‘nalishlarini aniqlash darajasini va korxona innovatsion faolligini oshirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
soha xususiyatiga ko‘ra sanoat korxonasi iqtisodiy salohiyatini boshqarish strategiyasi tahlil va istiqbol bosqichlarida ishlab chiqarishni barqaror rivojlanitirishning resurlar ta’minotining sinergetik natijadorligi asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2025-2026-yillarda hududlar sanoat ishlab chiqarishida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 19-avgustdagi 05-9381-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif uslubiy jihatdan korxona strategik maqsadlarining aniqlik darajasini oshirish va sinergetik samaradorlikni ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida sanoat ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish tendensiyalari va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami sanoat mahsuloti hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2025-2030-yillarda hududlar sanoat ishlab chiqarishida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat. palatasining 2025-yil 19-avgustdagi 05-9381-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif 2030-yilga kelib Samarqand viloyatida jami sanoat mahsuloti hajmini 51,9 % va YaHM hajmini 53,1 %ga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.