Berdibaeva Gulshat Sultamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9137.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Otenova Farida Tolegenovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsenti. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirish jarayonini takomillashtirishning amaliy mexanizmlari biologiya fanini o‘qitishda ekologik madaniyatni rivojlantirish mezonlari (motivatsion, shaxsiy, faoliyatli, kognitiv) hamda ekologik madaniyatni rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlari (maqsad, mazmun, jarayon, tashkiliy, umumlashtirish) mazmuniga doir takliflar ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirishning metodik infratuzilmasi motivatsion, kognitiv, kreativ, praksikologik, texnologik tashkilotchilik komponentlarining o‘zaro to‘ldiruvchi pedagogik omillarini  biologiya ta’limida innovatsion faoliyatni amalga oshirishga xizmat qiluvchi samarali usullar (“Fikrlarning uzlyuksiz estafetasi”, “Dunyoqarashlarni shakllantirish”, “O‘z-o‘zini rag‘batlantirish”, “Talabalarning o‘z ustida ishlashi”)ga uyg‘unlarshtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion ekologik faoliyatga tayyorlashda nostandart vaziyatlarda qisqa fursatda maqsadga muvofiq echimni topa olish kompetensiyalari (vaziyatga moslashuvchanlik,  ijodkorlik;  mualliflik) bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishning  istiqbolli yo‘nalishlari (bo‘lajak o‘qituvchilarni ekologik jamoat birlashmalalari faoliyatiga faol jalb qilish orqali amalga oshiriladigan tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish faoliyati, nazorat va ekspertiza faoliyati, amaliyotga yo‘naltirilgan)ga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan auditoriyadan tashqari faoliyat funksiyalari (informatsion va tarbiyaviy, tizimlashtirish, tuzatish, kommunikativ, o‘yin-kulgi, kompetensiya) hamda ekologik madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar doirasida talabalar bilan ishlashning samarali shakllari (individual ekologik ishlar, guruhdagi ekologik ishlar, ommaviy ekologik ishlar)ni aniqlashtirish asosida ekologik ta’lim jarayonlarida innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalanishning optimal usullari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirish jarayonini takomillashtirishning amaliy mexanizmlari biologiya fanini o‘qitishda ekologik madaniyatni rivojlantirish mezonlari (motivatsion, shaxsiy, faoliyatli, kognitiv) hamda ekologik madaniyatni rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlari (maqsad, mazmun, jarayon, tashkiliy, umumlashtirish) mazmuniga doir takliflar ishlab chiqishga doir takliflardan "Qoraqalpog‘iston o‘simliklar dunyosining floraviy tarkibini va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish" mavzusiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarnining vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 18 iyuldagi 02/01-01-285 son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatni o‘zlashtirish faoliyatida tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirish, o‘zini namoyon etish, mas’uliyatlilik, onglilik, o‘z-o‘zini baholash kabi ijobiy sifatlari rivojlantirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirishning metodik infratuzilmasi motivatsion, kognitiv, kreativ, praksikologik, texnologik tashkilotchilik komponentlarining o‘zaro to‘ldiruvchi pedagogik omillarini  biologiya ta’limida innovatsion faoliyatni amalga oshirishga xizmat qiluvchi samarali usullar (“Fikrlarning uzlyuksiz estafetasi”, “Dunyoqarashlarni shakllantirish”, “O‘z-o‘zini rag‘batlantirish”, “Talabalarning o‘z ustida ishlashi”)ga uyg‘unlarshtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Biologiya o‘qitish metodikasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘MPU Kengashining 2025-yil 01-iyuldagi 11/3.2-sonli qarori asosida berilgan 2025-371U-725 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish samaradorligini oshirish hamda biologiya fanidan bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarini innovatsion ekologik faoliyatga tayyorlashda nostandart vaziyatlarda qisqa fursatda maqsadga muvofiq echimni topa olish kompetensiyalari (vaziyatga moslashuvchanlik,  ijodkorlik;  mualliflik) bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari (bo‘lajak o‘qituvchilarni ekologik jamoat birlashmalalari faoliyatiga faol jalb qilish orqali amalga oshiriladigan tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish faoliyati, nazorat va ekspertiza faoliyati, amaliyotga yo‘naltirilgan)ga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Biologiya o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 18 iyuldagi 02/01-01-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan auditoriyadan tashqari faoliyat funksiyalari (informatsion va tarbiyaviy, tizimlashtirish, tuzatish, kommunikativ, o‘yin-kulgi, kompetensiya) hamda ekologik madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar doirasida talabalar bilan ishlashning samarali shakllari (individual ekologik ishlar, guruhdagi ekologik ishlar, ommaviy ekologik ishlar)ni aniqlashtirish asosida ekologik ta’lim jarayonlarida innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalanishning optimal usullari ishlab chiqishga oid takliflar “Biologiya o‘qitish metodikasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘MPU Kengashining 2025-yil 01-iyuldagi 11/3.2-sonli qarori asosida berilgan 2025-371U-725 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining innovatsion ta’lim sharoitida ekologik madaniyatini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish