Juraeva Nafisa Inoyatovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metodi i algoritmi povisheniya nadyojnosti volokonno-opticheskix sistem peredachi informatsii”(Optik tolali axborot uzatish tizimlarining ishonchliligini oshirish usullari va algoritmlari), 05.04.02–“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T920.
Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Parsiev Saydiaxat Solixodjaevich, texnika fanlar doktori, professor; Usmanova Nargiza Baxtiyorbekovna, texnika fanlar doktori, dotsent; Xakimov Zafar Tulyaganovich, texnika fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi optik tolali axborot uzatish tizimlarining ishonchliligini oshirish uchun elementlarni zaxiralash va rad etishlarni bashorat qilish usullari va algoritmlarini, elementlarni diagnostika qilish qurilmasining ishlash modeli va algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
apparat va dasturiy ta’minotni hisobga olgan holda optik tolali axborot uzatish tizimlarining ishonchliligini baholash imkonini beruvchi analitik modellar ishlab chiqilgan;
tizimning umumiy ishonchliligini eng muhim qismlarning rad etishini minimallashtirish hisobiga oshirishga imkon beradigan elementlarning muhimlik darajasiga asoslangan zaxiralash turini tanlash usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;
rad etishlar intensivligi va tizimning o‘rtacha tiklanish vaqtini taqqoslash hamda zaxiralash usulini tanlash asosida telekommunikatsiya tizimlarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradigan hisoblash algoritmi yaratilgan; 
mashinali o‘qitish algoritmlari va o‘zini tahlil qilish va asosida bashorat qilish aniqligini oshirishni hamda tizimning o‘zgaruvchan sharoitlarga chidamliligini ta’minlaydigan parametrlar va modellarni avtomatik ravishda tanlash imkonini beruvchi rad etishlarni bashorat qilish usuli taklif etilgan;
o‘zini tahlil qilish mexanizmiga ega bo‘lgan, rad etishlarni oldindan aniqlash va tizimning ishonchliligini oshirish imkonini beradigan, statistik ma’lumotlar va bashorat qilinayotgan qiymatlar o‘rtasidagi og‘ishlar asosida optik tolali axborot uzatish tizimi elementlarining rad etishlarini bashorat qilish algoritmi yaratilgan;
o‘lchangan parametrlarni tahlil qilish va mashinali o‘qitish asosida axborotlarni adaptiv qayta ishlash blokiga ega bo‘lgan, elementlarning rad etish ehtimolini bashorat qilish imkonini beruvchi optik tolali aloqa liniyasi elementlarining rad etishini diagnostika qilish qurilmasining takomillashtirilgan modeli va algoritmi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Optik tolali axborot uzatish tizimlarining ishonchliligini oshirish usullari va algoritmlarini amalga oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
optik tolali axborot uzatish tizimlarining ishonchliligini elementlarning rad etishlarini taqsimlash qonunlari asosida baholash imkonini beruvchi apparat va dasturiy ta’minotni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan analitik modellar “O‘zbektelekom” AK, “UNICON.UZ” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi №34-8/4812-son ma’lumotnomasi). Natijada, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash va modellashtirishda optik tolali axborot uzatish tizimlari zaxiralash sxemalarini loyihalash jarayonlariga qo‘llash imkonini bergan; 
rad etishlar intensivligi va tizimning o‘rtacha tiklanish vaqtini taqqoslash hamda zaxiralash usulini tanlash asosida telekommunikatsiya tizimlarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradigan hisoblash algoritmi; tizimning umumiy ishonchliligini eng muhim qismlarning rad etishini minimallashtirish hisobiga oshirishga imkon beradigan elementlarning muhimlik darajasiga asoslangan zaxiralash turini tanlash usuli va algoritmi “UNICON.UZ” MChJ va “FALCON TELECOM EXPERT” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi №34-8/4812-son ma’lumotnomasi). Natijada, zaxiralash turlarini tezkor baholashni ta’minlash va loyihaviy echimlar samaradorligini 1,6-2% ga oshirish, zaxiralashga tanlash xususiyati bilan yondashish, zaxiralash resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish OTAUTning yuqori barqarorligini ta’minlash imkonini bergan; 
mashinali o‘qitish algoritmlari va o‘zini tahlil qilish asosida taklif etilgan bashorat qilish aniqligini oshirishni hamda tizimning o‘zgaruvchan sharoitlarga chidamliligini ta’minlaydigan parametrlar va modellarni avtomatik ravishda tanlash imkonini beruvchi rad etishlarni bashorat qilish usuli, o‘zini tahlil qilish mexanizmiga ega bo‘lgan, rad etishlarni oldindan aniqlash va tizimning ishonchliligini oshirish imkonini beradigan, statistik ma’lumotlar va bashorat qilinayotgan qiymatlar o‘rtasidagi og‘ishlar asosida yaratilgan optik tolali axborot uzatish tizimi elementlarining rad etishlarini bashorat qilish algoritmi “O‘zbektelekom” AK, “UNICON.UZ” MChJ, “NETKA TELECOM” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi №34-8/4812-son ma’lumotnomasi). Natijada rad etishlar to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar va bashorat qilingan natijalar o‘rtasidagi tafovutlarni davriy tahlil qilish, model parametrlarini tuzatish tufayli o‘rtacha kvadratik xatolik dastlabki holatga nisbatan kamaygan va bashorat qilish aniqligi 10% ga oshgan;
o‘lchangan parametrlarni tahlil qilish va mashinali o‘qitish asosida ishlab chiqilgan axborotlarni adaptiv qayta ishlash blokiga ega bo‘lgan, elementlarning rad etish ehtimolini bashorat qilish imkonini beruvchi optik tolali aloqa liniyasi elementlarining rad etishini diagnostika qilish qurilmasining takomillashtirilgan modeli va algoritmi “O‘zbektelekom” AK, “UNICON.UZ” MChJ va “FALCON TELECOM EXPERT” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi №34-8/4812-son ma’lumotnomasi). Natijada OTAUT elementlarining holat parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish, uzlyuksiz yig‘ish va uzatish imkoniyati ta’minlangan, bu nosozliklarni aniqlash tezkorligini 10-12% ga oshirgan va ehtimoliy nosozliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markazlashtirilgan tahlil qilish va saqlash imkoniyatlarini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish