Muratova Zulfizar Axmadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Ipakning tolali chiqindilaridan tibbiyotda qo‘llaniladigan noto‘qima matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/TS977
Ilmiy rahbar: Umurzakova Xalimaxon Xabibullaeva, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Yuldoshev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Islambekova Nigora Murtazaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O’zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nuqsonli va navsiz pillalarni qayta ishlash orqali tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan noto‘qima matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tabiiy ipak chiqindilaridan foydalanib, navsiz va nostandart pillalarni bug‘lash, barabanga o‘rash orqali to‘shama tayyorlash va qaynatish asosida tibbiy maqsadlar uchun noto‘qima matolar ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan; 
navsiz va nostandart pillalardan ipak to‘shama shakllantirishda uning qobiq xususiyatlariga va nuqson turiga mos serisinni yumshatib ipni ajralish kuchini kamaytirish uchun emulsiya resepti hamda bug‘lashning optimal texnologik parametrlar ishlab chiqilgan;
navsiz pillalar nuqsonlarini va bug‘lash jarayonida emulsiya konsentrasiyasini ta’sirini aniqlash asosida    yupqa qatlamli, bir tekis ipak to‘shama o‘rash vaqtini 8 daqiqadan 3 daqiqaga qisqartirish orqali texnologiya takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan noto‘qima mato ishlab chiqarish va navsiz pillalarni qayta ishlash texnologiyalarida ipak tolalaridan noto‘qima mato shakllanishida uning sifatiga ta’sir qiluvchi omillarning ratsional qiymatlari regression modellarni qurish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ipakning tolali chiqindilaridan tibbiyotda qo‘llaniladigan noto‘qima matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tavsiya etilgan takomillashtirilgan texnologiya Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi “XARIR TOLA” MChJ hamda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi “NURLI TONG SILK” MChJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2025 yil 15 sentyabrdagi “4-2/1538“ -sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalarda davlat standarti talablari bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan ipak momig‘i ko‘rsatkichlari yaxshilanib, noto‘qima mato talablariga mos yuqori sifatli yupqa qatlamli, bir tekis o‘ralgan ipak to‘shama olish imkoniyati yaratilgan. Navsiz pillalarni o‘rash jarayonidagi pillalarning solishtirma sarfi 3,1 dan 2,9 kg gacha, pishirish emulsiyasi 65 litrdan 20 litrgacha kamaytirilib bir kilogramm ipak to‘shama olish uchun sarflanadigan xomashyo sarfi 6,45%, emulsiya miqdori 69,23% ga kamaytirilishiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish